Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə57/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
sitologiya majmua

3. Amitoz bo'linish.Hujayraning to'g'ri bo'linishi yoki amitoz mitozdan oldin ta'riflangan. Bu bo'linish mitozga nisbatan kam uchraydi. Amitoz yadrosi interfaza holatida bo'lgan hujayraning bo'linishi. Amitoz ikkita hujayraning hosil bo'lishigaolib kelishi kerak, lekin ko'p hollarda u bir nechta yadroli hujayralar hosil bo'lishigaolib keladi.
Deyarli barcha eukariotlarda uchraydi. Odatdaamitotik bo'linish yadrocha shakli va soni o'zgarishidan boshlanadi. Ular fragmentasiyaga uchraydi yoki uzayib ko'payadi-shunda gantellalar shakliga kiradi.
Yadrochalar bo'linishidan keyin yadro bo'linadi. Yadro to'g'ri bo'linishining bir qancha usullari bor.

  1. Tortmaning hosil bo'lishi. Bunda yadro ham gantel shaklida cho'zilib tortmaning uzilishi natijasida ikkita yadro hosil bo'ladi.

  2. Yadro yuzasida chiziq paydo bo'lib, u kattalashib yadroni ikkiga bo'ladi.

  3. Fragmentasiya (bo'laklanish). YAdro yuzasida ichkariga qaragan bo'rtma hosil bo'lib u yadro ichiga botib kirib uni turli kattalikdagi fragmentlargaajratadi.

Amitoz bo'linish hayotini tugatayotgan, o'layotgan, degenerasiyaga uchragan hujayralargaxos. O'simliklarda yuqori takkomillashgan, vaqtinchalik to'qimalarda: tugunaklar, endosperm, perispermlargaxos.
Amitoz bo'linish turli patologik jarayonlarda uchraydi ( shamollash, shish).
Amitoz natijasida hosil bo'lgan yadrolarda genetik material notekis taqsimlangan bo'ladi. SHuning uchun bunday hujayralar amitozdan keyin mitoz yo'li bilan ko'paymaydi.


  1. Yüklə 3,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə