Ozbekiston respublikasi oliy va


Gaploidiya va geteroploidiya



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə54/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
sitologiya majmua

4.Gaploidiya va geteroploidiya. Hujayrada xromosomalar miqdorining ayrim sonlarga o'zgarishi geteroploidiya yoki aneuploidiya deb ataladi. Ba'zan bunday o'zgarishni polisomiya deb ham yuritiladi. Xromosomalar miqdorining ayrim sonlarga o'zgarish hodisasini birinchi marta drozofila pashshasida jins bilan birikkan holda irsiylanadigan belgilarni o'rganish natijasida oddiy genetik yo'l bilan birinchi marta K.Bridjes tomonidan aniqlangan. Jinsiy xromosomalar tuxum hujayrasida XX yoki O bo'lganda va ular X yoki Y xromosomali sperma bilan
89
urug'langanda, XXX yoki XO urg'ochi pashshalar va XXY va YO erkak pashshalar (YO-erkak pashshalar o'lib ketadi) paydo bo'ladi. Bu natijalar sitologik yo'l bilan ham isbotlangan. Haqiqatan ham ayrim urg'ochi pashshalarning tana hujayralari sitologik tekshirib ko'rilganda ularning xromosomalar to'plamida bitta X xromosoma ortiq ekanligi, yoki X xromosomalar 3 ta-XXX ekanligi, XXY xromosomali hujayralarda X-xromosoma ortiqchaligi aniqlangan. X0 xromosomali urg'ochi pashshalarning hujayralarida Y xromosoma etishmasligi aniqlangan.Xromosomalar sonining hujayrada ayrim songa kam bo'lishi yoki ortiq bo'lishi mitoz jarayonida ayrim buzilishlar, ya'ni juft xromosomalarning qutblarga normal tarqalmasligi natijasida sodir bo'ladi. Bunday buzilishlar tana hujayralarida ham, jinsiy hujayralarda ham ro'y berishi mumkin. SHuning uchun ham geteroploidiya mitotik va meyotik bo'lishi mumkin. Lekin gomologik xromosomalarning tarqalmasligi va bivalent-larning hosil bo'lishi meyozda ro'y berish ehtimolliklari ko'proq. Bivalentning bitta hujayraga tarqalishi mumkin, natijada ikkinchi hujayrada bu xromosoma etishmaydi.
Bitta xromosomasi oshiq gameta normal gameta bilan qo'shilsa, zigotada bitta xromosoma ortiq bo'lib qoladi xromosomalar miqdori diploid to'plamda 2n+1 bo'ladi. Bitta xromosomasini yo'qotgan gameta normal gameta bilan qo'shilsa, xromosomalarning to'liq diploid to'plamiga ega bo'lmagan zigota hosil bo'ladi, xromosomalar miqdori diploid to'plamda 2n-1 bo'ladi.
Xromosomalar to'plami 2n+1 bo'lgan organizmlar trisomiklar deb, 2n-1 bo'lgan organizmlar esa monosomiklar deb ataladi. Kam hollarda xromosomalar to'plamida ikkita, uchta xromosoma ortiq bo'lishi mumkin. Agar xromosomalar to'plamida 2 ta xromosoma ortiq bo'lsa (2n+1+1) tetrasomik, 3 ta xromosoma ortiq bo'lsa (2n+1+1+1) pentasomik va hokazo deb ataladi. Ayrim hollarda xromosomalar to'plamida gomologik xromosomalardan bir jufti etishmasligi (2n - 2) mumkin. Bunday xromosomalar to'plamiga ega organizmlar nullisomiklar deb ataladi.Geteroploidiyaning kashf qilinishi birinchi marta xromosomaning genotipdagi rolini aniqlash imkoniyatini berdi. Bitta yoki bir juft xromosomaning qo'shilib qolishi, aksincha tushib qolishi - etishmasligi fenotipda katta o'zgarishlarning sodir bo'lishiga sabab bo'ladi. SHundoq ham ma'lumki, geteroploidiyada birinchi navbatda genlar muvozanati buziladi, natijada birinchi navbatda ular hayotchan bo'lmaydilar, yoki hayotchanliklari juda kam bo'ladilar. Drozofila pashshasining bitta xromosomasi kam bo'lgan formasi aniqlangan. Bu nuqtasimon shakldagi IV xromosoma. Aniqlangan pashshada ana shu nuqtasimon xromosomaning bittasi etishmagan organizm gaplo - IV deb nomlangan. Bunday pashshaning xromosomalar to'plami hujayrada 2n-1 bo'lgan, ya'ni monosomik bo'lgan. Etishmagan xromosomada joylashgan gen allellari o'zlarining dominant allellari yo'qligi uchun fenotipda namoyon bo'ladi. Bunday monosomik pashshada qator belgilar fenotipda yuzaga chiqa-di. Masalan, pashsha tanasi kichraygan bo'lib, kam pushtli, morfologik belgilaridan qanotlari, ko'z shakli, muguzsimon
90
tuklari va boshqa belgilari o'zgargan holatda bo'ladi. Aksincha, IV xromosomaning bittaga oshishi (2n+1)-triplo-IV ham jiddiy morfologik o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Xromosomalar to'plamida IV xromosomaning bittasi etishmasligi hayotchanlikka ta'sir qilmagan holda boshqa xromosomalar, masalan II va I, III xromosoma etishmasa letal holat yuz beradi, ya'ni pashshalar halok bo'ladi. Bu xromosomalar genetik jihatdan bir xil mavqega ega emasliklarini ko'rsatadi.Geteroploidiya hodisasi bangidevona (Datura stramonium) o'simligida xromosomalar to'plami 2n=24 ekanligi A.Bleksli va D.Belling tomonidan aniq ko'rsatib berilgan. Ular bu o'simlikda tajribalar o'tkazib, har bir juftga xromosoma qo'shilganda, ya'ni har bir juft xromosoma bo'yicha geteroploidlar olinganda, ularda ma'lum belgilar bo'yicha, masalan, ko'saklarning hajmi kichrayishi, tuzilishining o'zgarishi yoki bir vaqtning o'zida bir qancha
MAVZU:HUJAYRA REPRODUKSIYASI.
MITOZ, AMITOZ VA MEYOZ BO'LINISH
Reja

  1. Hujayralarning bo'linishi xillari.

  2. Mitoz bo'linish va uning fazalari.

  3. Amitoz bo'linish.

  4. Meyoz va uning bosqichlari.

  5. Ko'payish turlari klassifikasiyasi.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə