Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə56/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89
sitologiya majmua

2. Mitoz bo'linish. Birinchi marta hujayralardagi yadroning bo'linishini 1874 yilda rus olimi I.D.CHistyakov aniqlagan. Mitoz atamasini birinchi marta 1882 yilda V.Flemming qo'llagan. Bo'linish sikliga kirgan hujayralarda mitoz davri ko'p vaqtni egallamaydi. Masalan: ildiz meristemasi hujayralarida interfaza 16-30 soat, mitozni o'zi - 2-3 soat davom etadi. Ichak epiteliysi hujayralarida interfaza 20 soat, mitoz - 1 soat kechadi. Tuxum hujayraning maydalanish bosqichida butun hujayra sikli 1 soatga bormaydi.
Mitoz quyidagi fazalardan iborat: profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Fazalar orasida aniq chegara yo'q. Chunki mitozning o'zi silliq kechadi. Faqat anafazaning boshini aniqlash mumkin.
Profaza
Unga interfazadagi G2 davrni o'tgan hujayralar kiradi. Ular replikasiyadan keyin 4s DNK miqdoriga ega.
Profaza boshida yadroda ingichka iplar-profaza xromosomalari ko'rina boshlaydi. Ular kondensasiyalana boshlab transkripsion faolligi susayadi. Profaza mobaynida xromosomalar qisqarib yo'g'onlashadi. Profaza xromosomalari ikkilangan lekin ikkita xromatidlar bir-biriga shunday zich birikadiki, bitta bo'lib ko'rinadi. Demak, xromotidalar soni DNK miqdoriga teng -4n-4s.
Xromosomalar kondensasiyalanishiga parallel ravishda yadrochaning yo'qolishi va yadro qobig'ining erishi kuzatiladi: yadro poralari yo'qolib, yadro qobig'i avval fragmentlarga (bo'lakchalarga) keyin mayda membrana pufakchalariga aylanadi.
Mitozdagi yadrochaning roli haqida turli olimlarning fikri mavjud. Ba'zilar yadrocha erib ketib uning moddasi xromosomalar bilan birga qiz hujayralarga taqsimlanadi deb hisoblaydi, ba'zilar esa yadrocha bo'linish dukini hosil qilishda ishtirok etadi, deudi yoki yadrocha komponentlari yadro va sitoplazma o'rtasidagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Endoplazmatikto'rhajminingkichrauishikuzatiladi. U kalta sisterna va vakuolalarga parchalanib yuzasidagi ribosomalar soni kamayadi.
Mitozning yana bir muhim hodisasi- bo'linish dukining hosil bo'lishi ham profazada kuzatiladi. Bo'linish duki sentriolalar yoki ular ishtirokisiz hosil bo'ladi (o'simliklarda). Profazada S davrda duplikasiyaga uchragan sentriolalar hujayraning ikki qutbi harakatlanadi. Har bir qutbga bittadan diplosoma boradi. Ular orasida mikronaychalar shakllanadi.

Erta profazada kondensasiyalanayotgan xromosomalarning sentromera uchastkalarida kinetoxor qismlari ko'rina boshlaydi. Bu joy bilan bo'linish duki mikronaychalari birikadi.
Profaza yadro qobig'ining erib karioplazma bilan sitoplazma aralashib cetishi bilan tugaydi(23rasm).

д e ж з



14.1.-rasm. Piyoz ildizchasi hujayralarida mitoz (x1500) a - interfaza; b - profaza; v,g - metafaza; d - anafaza; e,j - telofaza;
z - ikkita qiz hujayra.
Metafaza
Bo'linish dukining shakllanishi tugaydi va xromosomalar ekvatorial chiziqda to'planadilar.
Erta prometafazada xromosomalar hujayra markazidaoldingi yadro o'rnida notekis yotadilar. Ularning xaotik (betartib) harakati kuzatiladi.
Metafaza davomida xromosomalar hujayra ekvatorida bir chiziqda tizilib metafaza plastinkasini hosil qiladilar. Plastinkada yirik xromosomalar hujayraning chekkalarida maydalari hujayra markazida joylashadi. Bu fazadaxromosomalar maksimal qisqarib, qalinlashgani uchun ularni sonini va morfologiyasini xuddi shu davrda o'rganishadi. Metafaza mitozning tinim davri hisoblanadi, chunki bu vaqtga kelib xromosomalar harakati to'xtaydi. Kechki metafazadaxromosomalar harakatdan to'xtab bir tekis yotadilar: ularning sentromera uchastkalari dukning markaziga, elkalari hujayra chekka qismiga qaragan bo'ladi. Xromosomalar tarkibidagi xromatidlar bir-biridan ajraladi. Ular orasida faqat sentromera uchastkasida bog'lanish saqlanadi, shuning uchun X ko'rinishiga ega bo'ladi.
Anafaza
To'satdan boshlanib,xromatidlar orasidagi sentromera bog'lari uzilib, bir- biridan hujayraning ikki qutbi tomon tez harakat qila boshlaydilar. Anafaza- mitozning eng qisqa fazasi. Xromosomalar V ko'rinishiga ega bo'lib, uchi bo'linish qutblariga elkalari bo'linish markaziga qarangan bo'ladi. Sentromeradagi kinetoxor uchastkalari xromosomalar harakatini boshqaradi. Bu harakat tortuvchi iplarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Anafazaoxirida bo'linish duki zichlashib ekvator chizig'ida to'planadi va fragmoplastni hosil qiladi.
Telofaza
Xromosomalarning qutblarga tortilib bo'lgandan keyin boshlanadi. Erta telofazadaxromosomalar dekondensasiyalanadilar (iplari yoyiladi) va hajmlari ortadi. Ularning sitoplazmadagi pufakchalarga tegib turgan joyida yadro membranasi hosil bo'la boshlaydi. Yadro qobig'i tiklangandan keyin xromosomalarning SAT zonalaridan yadrocha shakllanadi.
Bo'linish duki buzilib uning moddalari hujayraekvatorida fragmoplastni hosil qilib, undan o'z navbatida yangi plazmatik membranaelementlari hosil bo'lib, ikkita hujayraorasida to'siq hosil qiladi. Endoplazmatik to'r elementlari anafazada hujayraekvatoriga joylashib, bu erda zich o'ramni hosil qiladi va qiz hujayralarning orasida to'siq hosil qilishda ishtirok etadi.
Telofazaning muhim hodisasi- sitokinez. O'simliklarda hujayra ichida to'siq hosil bo'lishi bilan boradi. Hujayra markazida endoplazmatik to'r elementlaridan tuzilgan fragmoplast hosil bo'ladi. Endoplazmatik to'r elementlari pektin moddasini sintezlay boshlaydilar, ular pufakchalar ko'rinishida hujayra markazida to'planib chekkalarga qarab tortiladi. Vakuolalar qo'shilib plastinkani hosil qiladi. Plazmatik membrana plastinka bilan qo'shilib yangi membranani hosil qiladi.
Hayvonlarda plazmatik membrananing ichkariga botib kirishi haqida "qisqaruvchi xalqa" farazi mavjud. Ungaasosan hujayraning kortikal qatlamida plazmatik membrananing ostida mushak hujayralaridagi fibrill tolalariga o'xshash tuzilmalar joylashgan bo'lib, ularning qisqarishi plazmatik membrananing ichkariga botib kirishini ta'minlaydi. Mitoz har doim ham sitokinez bilan tugamaydi. Ba'zi hujayralarda(endosperm) bir necha marta bo'linish sikli takrorlanib, sitokinez ro'y bermaganligi uchun yirik ko'p yadroli hujayralar hosil bo'ladi.
Hujayra va yadro bo'linishini stimullovchi faktorlarga DNK , RNK vaoqsillarning faol sintezi, tashqi muhitning ijobiu ta'siri, moddalar almashinuvi jarayonining yuqori darajada bo'lishi kiradi. Mitozni tormozlovchi faktorlarga keskin harorat (shok), zaharli moddalar, narkotiklar kiradi.
Mitoz butun hujayraning bo'linishi bo'lgani uchun hujayraning hamma komponentlari bunda ishtirok etadi. Endoplazmatik to'r membranalari maydaelementlarga, Golji apparati alohida diktiosomalargaajraladi. Hujayra markazi mikronaychalar bilan to'lgani uchun hujayra komponentlari vaorganoidlari chekka qismlarga suriladi. Hujayra bo'lingandan keyin organoidlar passiv ravishda ikkita hujayraga taqsimlanadilar.
Mitozning ahamiyati
Mitoz natijasida ikkita yangi yadrodagi xromosomalar soni bo'linishga kirgan yadrodagi songa teng. Bu xromosomalar ota-onaxromosomasining replikasiyasi natijasida hosil bo'lganligi uchun undagi genlar ota-ona genlarining o'zidir, ya'ni o'zgarmasligicha qoladi. Mitoz genetik ma'lumotga hech qanday o'zgarishlar kiritaolmaydi, ya'ni genetik stabillikni ta'minlaydi. Mitoz natijasidaorganizmdagi hujayralar soni ko'payib boradi. SHuningdek, buzilgan, yo'qolgan organizm qismlarini tiklanishini ta'minlaydi, ya'ni hujayralar o'rnini to'ldiradi.
Mitoz xillari. Orto va plevromitoz
Turli organizmlarda mitozning borishi turlicha bo'ladi. Yuqorida ta'riflangan mitoz ochiq ortomitoz (yadro qobig'i eriydi, bo'linish duki hujayraning 2 qutbida joylashadi). Ko'p hujayrali hayvon, o'simlik va ba'zi soddaorganizmlarda uchraydi.
Ba'zi sodda organizmlarda hujayra markazini hosil qiluvchi mikronaychalar yadroning bir tomonida V-simon shaklni hosil qilib joylashadi. Bu usul plevromitozdir. Ba'zida mitoz yadro qobig'i buzilmasdan sodir bo'ladi (yopiq mitoz). Bunda bo'linish duki yadro ichida yoki uning membranalarida hosil bo'ladi.
Ba'zan mitoz vaqtida yadro qobig'idayirik tirqish paydo bo'ladi, ular orqali yadroga bo'linish duki iplari kiradi (yarim yopiq mitoz)
Hujayra sikli sentriolalarga ega yoki ega bo'lmasligi mumkin. SHunga qarab sentriolyar vaasentriolyar mitozlar farqlanadi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə