Ozbekiston respublikasi oliy va


Hujayralarning bo'linishi xillari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə55/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89
sitologiya majmua

1. Hujayralarning bo'linishi xillari. M.Shleyden va T.Shvannlar yaratgan hujayra nazariyasini R.Virxov to'ldirib "har bir hujayra faqat hujayradan" deb aytadi.
1879 yilda T.Boveri va V.Flemminglar hujayrada yangi hujayralarning hosil bo'lishiga olib keladigan jarayonlarni ta'riflaydilar. 1887 yilda A.Veysman gametalar hosil bo'lishida hujayra bo'linishning boshqa turi (meyoz) kechishini aniqlaydi.
Hujayra bo'linishining har qanday shaklida DNK replikasiyasi kuzatiladi.
Hujayraning bir bo'linishidan ikkinchi bo'linishigacha bo'lgan vaqt oralig'i hujayra sikli deyiladi. Turli hujayralar uchun uning davomiyligi har xil. Bakteriya hujayrasi har 20 minutda bir marta bo'linadi.
Ko'p hujayrali organizmlar hujayralari har xil bo'linish xususiyatiga ega. Erta embriogenezda hujayralar tez-tez bo'linsa, yetuk organizmda bu xususiyatini yo'qotadilar. Ko'p hollarda hattoki bo'linish xususiyatini yo'qotadilar: mahsuslashgan, differensiasiyaga uchragan hujayralar (nerv).
Organizmda doimiy yangilanib turuvchi to'qimalar (epiteliy, qon, biriktiruvchi) bo'lib, ularning hujayralari doim bo'linib turadi. O'simlik organizmida bunday to'qima kambiydir.
Hujayra sikli uchta bosqichdan iborat: 1. interfaza. 2. mitoz 3. sitokinez.
Hujayra siklining turli davrlari bir-biridan DNK, RNK, oqsil miqdori bilan ajraladi.
Interfaza uchta davrdan iborat: sintezdan avvalgi G1, sintez S, sintezdan keyingi G2 davri.
Sintezdan avvalgi davr hujayra hajmining ortishi va DNK sinteziga tayyorgarlik davri. Bu davrdagi hujayra hajmining ortishi sintez davridagi DNK sintezi uchun sharoit hisoblanadi. G1 davrda DNK va RNK metabolizmi fermentlari sintezlanadi.
Sintetik davr hujayra siklining asosiy davri. Uning blokadasi (qurshovi) siklni to'xtatib qo'yadi. DNK sintezisiz hujayralar mitotik bo'linmaydi. Bundan ikkita bo'linish orasida replikasiyaning bo'lmasligi mustasnodir. S davrning davomiyligi DNK replikasiyasining o'tish tezligiga bog'liq, har xil hujayralarda turlicha 30 minutdan 7 soatgacha.
S davrning o'tishi uchun zarur RNK va oqsillar sintezi G1 davrda boshlangan bo'lib, bu erda davom etadi. DNK sinteziga parallel ravishda sitoplazmada gistonlarning sintezi va ularning yadroga migrasiyasi (o'tishi), ularning DNK bilan bog'lanishi amalga oshadi. Bu darvda rRNK sintezlanib, u G2 davrda mitozning borishi uchun ishlatiladi.
Possintetik yoki premitotik davr G2. Interfazaning boshqa davrlariga nisbatan qisqa. Ba'zi hollarda bo'lmasligi mumkin. Ayrim hujayralar esa bu darvda uzoq qolib ketadi.
Budavrda hujayra RNK lari va oqsilari sintezi davom etadi. Mitozning borishi uchun kerak bo'lgani RNK sintezi boradi. Undan avval hujayra bo'linishini belgilab beruvchi oqsillar sintezida ishtirok etadigan ribosomalarning Rrnk sisintezlanadi. Mitotik bo'linish dukining oqsili tubulin ham shu davrda sintezlanadi. Bu davrda keyingi G1 davrning kechishi uchun kerak bo'lgan RNK sintezlanadi.
Ko'rinib turibdiki darvlar bir-birini to'ldirib boradi.
O'simlik va hayvonlarning o'suvchi hujayralari orasida sikldan tashqari hujayralar mavjud. Bular G1 ga kirmaydi va S va G2 davrlarini o'tmaydi. Bunday hujayralar G0 davri hujayralari deb ataladi. Bular tinim holatdagi yoki ko'payish xususiyatini yo'qotgan hujayralar. Bu hujayralarning bo'linish xususiyatining yo'qolishi ularning maxsus vazifani bajarishga moslashishi bilan bog'liq. Lekin, ko'pincha bu holat vaqtinchalik bo'ladi. Masalan, jigar hujayralarining ko'pchiligi G0 davrda bo'lib, DNK sintezida qatnashmaydilar va bo'linmaydilar. Lekin, jigarning bir bo'lagi olib tashlansa, hujayralar G1 davrga o'tib ko'paya boshlaydilar.
Boshqa a'zolarda hujayralar hujayra siklidan chiqib differensiasiyalashib (shakllanib) bo'linish qobiliyatini butunlay yo'qotadi. Masalan, nerv hujayralari emyurionda bir necha marta bo'linish siklini o'tgandan keyin bo'linishdan to'xtab differensiasiyalashib bo'linish qobiliyatini yo'qotadi va shu holatda organizm umrining oxirigacha saqlanadi. Teri epiteliysi hujayralari ko'payishdan keyin bir oz vaqt faoliyat ko'rsatib so'ng o'ladi. Bunday holat yangilanib turuvchi to'qimalarda uchraydi: ichak epiteliysi, suyak iligi, taloq, limfa tugunlari. O'simliklarda bu holatni o'sish konusida ko'rish mumkin. Kuzatuvlar shunday xulosaga olib keladiki : hujayra oldida ikkita yo'l turadi ko'payish yoki maxsus vazifani bajarish - differensiasiyalanish va hujayra bu ikki yo'lning birini tanlashi kerak.
Keyingi vaqtda G0 bosqichining qaytuvchanligi aniqlandi. Qurbaqaning bosh miyasida G0 davrida turgan nerv hujayrasi olinib, qurbaqa oositiga joylashtirilsa, qandaydir faktorlar ta'sirida yadroda DNK sintezi boshlanadi. Demak G0 davridagi yadro majburiu ravishda hujayra sikliga o'tadi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə