Ozbekiston respublikasi oliy va


Golji apparati vazifalari



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə24/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
sitologiya majmua

Golji apparati vazifalari. Golji apparatining membranali pufakchalari endoplazmatik to'rda sintezlangan mahsulotni to'plash, kimyoviy o'zgarishi va etilishida ishtirok etadi. Golji apparati sisternalarida polisaxaridlar va mukoproteidlar sintezi kechadi vaeng muhimi Golji apparati ishtirokida sekret mahsulotlari hujayradan tashqariga chiqariladi.
Endoplazmatik to'rdagi ribosomalarda sintezlangan eksport oqsili endoplazmatik to'r sisternalarida to'planadi va Golji apparati membranalari zonasiga tashiladi. Bu erda endoplazmatik to'rdan oqsilga to'lgan mayda vakuolalar ajralib, Golji apparatining proksimal qismidagi vakuolalar zonasiga kiradi. Bu erda vakuolalar bir-biri bilan va sisternalar bilan qo' shiladi va shu tarzda to'planadi. SHundan so'ng to'plangan oqsil sekretor granulalargaaylanishi yoki suyuq holda qolishi mumkin. Keyin Golji apparati sisternalaridan oqsilli vakuolalar ajralib bir-biri bilan qo'shilib yiriklashadi. Bu vakuolalar plazmatik membrana tomon harakatlanib ularning membranasi plazmatik memebrana bilan qo'shiladi va vakuolar ichi mahsuloti hujayradan chiqariladi. Bu jarayon pinositozga teskari bo'lgan ekzositozdir. Donador endoplazmatik to'rda sintezlangan eksport oqsillari, masalan hazm qilish fermentlari Golji apparatidan hujayraning tashqarisiga passiv holatda (proferment) chiqariladi. Funksional joyiga etib borib bu proferment faollashadi. Masalan, tripsin fermenti o'n ikki barmoqli ichakda faollashadi. Bu jarayon mexanizmlari oxirgacha o'rganilmagan, lekin ularning borishi uchun ATF zarur. Golji apparatida shuningdek, metabolik jarayonlar boradi, oqsillar modifikasiyaga uchraydi.
O'simlikning yangi hosil bo'lgan hujayralarida yadroatrofida Golji apparatining aktivligi oshib unda hujayra devori matriksi polisaxaridlarining sintezi boradi (gemisellyuloza, pektin). Golji apparati pufakchalari hujayra plastinkasining kerakli joyiga mikronaychalar orqali birikib bu erda plazmatik membranaga qo'shiladilar va yangi hujayra devori mahsulotlarini sintezlaydilar.
Golji apparatida musin glikoproteini sintezlanib u shilimshiq moddani hosil qiladi. Bu modda ichak shilimshiq pardasi va nafas yo'llari yuzasidagi hujayralarda hosil bo'ladi. Ildiz qini hujayralaridagi Golji apparatida mukopolisaxaridlargaboy shilimshiq modda ishlab chiqarilib u ichkariga qarab o'sayotgan ildizni tuproq zarrachalariga ishqalanishidan saqlaydi. Hasharotxo'r o'simliklar bargi hujayralaridagi Golji apparati shilimshiq modda va ferment ishlab chiqarib, ularning yordamida bu o'simliklar o'ljasini tutib hazm qiladi. Ko'p hujayralarda Golji apparati mum - o'simlik elimini sintezlaydi.
Ba'zan Golji apparati lipidlar transportida ishtirok etadi. hazm qilish jarayonida lipidlar parchalanib ingichka ichakda yog' kislotalari va gliserol ko'rinishida so'riladi. So'ng endoplazmatik to'rda lipidlar resintezlanadi (qayta sintezlanadi), ular oqsil qobig'i bilan qoplanib Golji apparati orqali plazmatik membranaga tashiladi. Plazmatik membranaga o'tib bu yog'lar limfa tizimiga tushadi.
Qisqaruv vakuolasi bor tuban o'simliklar hujayralarida vakuolalar Golji apparati sisternasining kengayganidan hosil bo'ladi. Qisqarish vaqtida u plazmatik membrana bilan qo'shilib ichidagi mahsuloti ekzositoz yo'li bilan tashqariga chiqadi.
Hujayradan moddalarning chiqarilishi Golji apparatining plazmatik membrana bilan uzluksiz bog'langanligidan sodir bo'ladi. Golji apparatidan plazmatik membranaga yo'nalgan membranalar oqimi mavjud bo'lib, ikkinchi tomondan doimiy ravishdaendopalazmatik to'rdan Golji apparatiga yo'nalgan vakuolalar oqimi mavjud. Uning proksimal qismi membranalari plazmatik membranaga qo'shiladi. Ba'zi olimlarning fikricha plazmatik membrananing yangilanib turishi Golji apparati hisobigaamalgaoshadi: lipidlar sintezi, lipoproteinlarning hosil bo'lishi, ularning lipoproteidlar bilan bog'lanishi shu erda sodir bo'ladi.
Hujayra bo'linishida Golji apparati diktiosomalargaajralib qiz hujayralarga tasodifiu taqsimlanadi. Hujayra o'sgan sari diktiosomalar soni ortib boraveradi. Bu mexanizm oxirgacha o'rganilmagan. Ba'zi olimlarning ta'kidlashicha Golji apparatining o'sishi yadro membranasidan ajralib chiqadigan membranalar evazigaamalgaoshadi.
Golji apparati hamma eukariot hujayralarda uchraydi (sutemizuvchilarning eritrositlaridan tashqari). Lekin hamma hujayralarda ham oqsil, lipid va polisaxaridlar sintezlanavermaydi. Masalan, mushak, leykositlar, qoplovchi, hujayralari. Lekin shunga qaramay bularda Golji apparati yaxshi rivojlangan bo'ladi. CHunki bu hujayralarda lizosomalar hosil bo'lib Golji apparati bunda ishtirok etadi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə