Ozbekiston respublikasi oliy va


Golji apparatining o'rganilish tarixi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə23/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
sitologiya majmua

Golji apparatining o'rganilish tarixi. Yuqorida aytib o'tilganidek hujayrada hosil bo'lgan ko'pgina moddalarning tashqariga chiqarilishida hujayraning yana bir tuzilmasi Golji apparati bajaradi.

1898 yilda italiyalik olim Kamilio Golji (1844-1926) mushukni nerv hujayralarida to'rsimon tuzilmalarni ko'rib ularga ichki to'rsimon apparat deb nom beradi. Keyinchalik sitologik usullarning rivojlanishi bilan bu tuzilma barcha hayvon hujayralarida topilgan vaolimning nomi bilan atala boshlangan. O'simlik hujayralarida Golji apparati 1957 yilda Byuva va Porterlar tomonidan topilgan. O'simlik hujayrasidaalohida joylashgan diktiosomalardan iborat.

    1. Golji apparatining tuzilishi va funksiyasi.

Golji apparatining ikki xil strukturaviy holati mavjud: to'rsimon va o'simlik hujayralari uchun xos bo'lgan alohida tuzilmalardan iborat - diffuz shakli. Elektron mikroskop yordamida Golji apparati uch xil bo'limlardan tuzilganligi aniqlandi:

      1. Sis bo'lim - silliq membrana bilan o'ralgan va yadro yaqinida joylashgan sisternalardan iborat. Ularda tranzit oqsillar fosforlanib medial bo'limga o'tadi. Bu erda doimiy ravishda sisternachalar yangilanib turadi. Ular silliq endoplazmatik to'rdan hosil bo'ladi.

      2. Medial bo'lim sisternachalari uchlarida joylashgan mayda pufakchalardan iborat bo'lib tranzit oqsillari o'zgarishlarga uchrab trans bo'limga o'tadi.

      3. Trans bo'lim - kengaygan sisternalar va ularning markaziy qismida joylashgan vakuolalardan iborat bo'lib plazmatik membranaga yaqin joylashgan.

Golji apparatida ikki zonaajratiladi: proksimal va distal.
Proksimal qism turli sekret jarayonlari borayotgan hujayralarda sitoplazma va yadroga, distal qism hujayra tashqarisiga qaragan bo'ladi.
Proksimal qismda mayda pufakchalar va kalta sisternalar joylashib bu joy endoplazmatik to'rdan Golji apparatiga o'tish joyi hisoblanadi. Distal qism yirik vakuolalarga ega bo'lib ularning ichi sekresiya mahsulotiga to'lgan.



5.1.-rasm. Golji apparati. 1. SHoxlanib ketgan kanalchalar; 2. Sisternalar; 3. Medial bo'limning kanallari; 4. Trans bo'limning kengaygan sisternalari.




Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə