Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə21/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
sitologiya majmua

Nazorat uchun topshiriq: prokariot va turli eukariot hujayralarning tashqi apparatining tuzilishini solishtiring.

Hujayra tashqi apparati komponentlari

Bakteriya

O'simlik

Hayvon

Zamburug'

Membranaysti tuzilmalari

Shilimshiq kapsula

+

+





Hujayra
devori (qobiqi)

+
mureindan

+
sellyulozadan



+
Xitindan

Glikokaliks





+






Plazmalemma

+
mezosomalar hosil qiladi

+

+

+

Submembranali tuzilmalar



+

+

+

MAVZU:ENDOPLAZMATIK RETUKULUM (EPT).


Reja:

  1. Endoplazmatik to'rning yaratilish tarixi

  2. Endoplazmatik to'rning tuzilishi

  3. Silliq (agranulyar) endoplazmatik to'r.

    1. Endoplazmatik to'rning yaratilish tarixi. Bu organoidni kashf etilishi elektron mikroskopiya davrining rivojlanishiga to'g'ri keldi. 1945 yilda K.Porter (AQSH) o'z shogirdlari bilan fibroblast hujayralarini maxsus bo'yoqlar bilan bo'yab elektron mikroskop ostida qaraganda sitoplazmaning ektoplazma qismi och bo'yalib endoplazma qismi to'q bo'yalganligiga e'tibor beradi. To'q bo'yalgan qismida mikroskop ostida ko'p sonli mayda vakuolalar, kanalchalar yig'indisi to'rga o'xshash (retikulum) tuzilmani hosil qilganligini ko'rinadi. Bu vakuola va kanallarning devori yupqa membranadan iboratligi ko'rinadi. SHu tarzda endoplazmatik retikulum yoki to'r kashf qilinadi. Uning bunday nomlanishiga birinchi marta endoplazmada topilganligi sabab bo'lgan. Keyinchalik sitoplazmaning turli uchastkalarida topishgan, lekin nomi qolgan. Uning topilishigacha sitoplazmaga tirik dinamik tuzilmasiz tizim sifatida qaralgan.

    2. Endoplazmatik to'rning tuzilishi. Elektron mikroskopiya usuli bilan endoplazmatik to'rning 2turi aniqlandi: donador (granulyar) va silliq ( agranulyar).

Donador endoplazmatik to r ingichka kanallar, sisternalar, xaltachalardan iborat bo'lib uzulmas (yopiq) membrana bilan chegaralangan. Sisternalar kengligi 20nmni tashkil etadi. Membranalar yuzasi mayda 20nm tuzilmalar bilan qoplangan bo'lib, bu tuzilmalarni birinchi marta J. Palade (Palade granulalari) ta'riflagan va ular ribonukleoproteidlardan tuzilganligini aytadi. Endoplazmatik to'rning tuzilmasi va vazifalarini o'rgangani uchun u 1974 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi. Hozirda bu tuzilmalar endoplazmatik tor membranalari bilan bog'langan ribosomalar ekanligi ma'lum. Bu erda ribosomalar polisomalar ko'rinishida joylashadi(8 rasm).
Hujayralarda endoplazmatik to'rning ikki xil ko'rinishi - siurak joylashgan membranalar yoki bir tutam membranalar yig'indisi - ergastoplazma uchraydi. Birinchi ko'rinishi metabolik jarayonlari sust boradigan hujayralar uchun xos bo'lsa, ergastoplazma faol sintezlovchi hujayralar uchun xosdir. Masalan: jigar yoki nerv hujayralarida siurak joylashgan membranalardan iborat bo'lsa, oshqozonosti bezi hujayralarida endoplazmatik to'r zich joylashgan(8rasm).
Membranalari yuzasida polisomalarning joylashganligi uning oqsil sintezida ishtirok etishidan dalolat beradi. Endoplazmatik to'r elementlarida hujayraning bir qism oqsillari sintezlanadi.
Olimlar shu narsaga e'tibor berishganki, aktiv o'suvchi, ko'payuvchi, faol oqsil sintezlovchi hujayralar bazofil sitoplazmaga ega (asosiy bo'yoqlarni qabul qiluvchi) sitoplazmaning bunday bazofiliyasi RNK ko'p bo'lishi bilan boqliq. SHuni aytib o'tish kerakki, hujayra RNKsining asosiy miqdori ribosomal RNKdir. Demak sitoplazmaning bazofil qismi ribosomalargaboy bo'lib ularda faol oqsil sintezi boradi. Ribosomalarning joylashish tartibi hamma hujayralarda turlicha. Masalan: emyurional, regenirasiyalanuvchi, shish ya'ni bo'linuvchi hujayralarda ribosomalar endoplazmatik to'r bilan kam miqdorda bog'lanadi. Ularning asosiy soni gialoplazmada polisomalar ko'rinishida joylashadi.
Bo'linish qobiliyatini yo'qotgan, yuksak darajada takomillashgan, faol oqsil sintezlaydigan hujayralar (oshqozonosti bezi) gialoplazmasidaerkin ribosomalar kam uchraydi , ularning asosiy qismi endoplazmatik to'r membranalariga birikkan bo'ladi.
Bu kuzatuvlardan shu narsa malum bo'ldiki, gialoplazmadagi polisomalar ko'rinishidagi ribosomalarda hujayraning o'z hayot faoliyati uchun kerak bo'lgan oqsillarni sintezlanadi. Endoplazmatik to'r bilan bog'langan ribosomalarda hujayradan tashqariga chiqariladigan "eksport" oqillari sintezlanadi. Masalan: oshqozonosti bezi hujayralari ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan oqsil- fermentlarni lipaza, nukleaza kabilarni sintezlab chiqaradi, jigar hujayralarida qon albumini, so'lak bezidaamilaza sintezlanadi.
O'simlik hujayralarida ham bu narsa kuzatiladi. Oqsilli mahsulotni ishlab chiqaruvchi bezli hujayralar ergastoplazmagaboy.
Boshqacha qilib aytganda, ko'p hujayrali organizmlarda ergastoplazmaga boy hujayralarda hujayradan chiqariladigan va boshqa hujayralar faoliyati yoki umuman organizm uchun kerak bo'lgan oqsillar sintezlanadi.
Bir hujayralilarda ham eksport oqsillari ishlab chiqaruvchi donador endoplazmatik to'rni ko'rish mumkin.Ular orasida hujayradan tashqarida ro'y beradigan hazm jarayonlarida ishtirok etadigan oqsili va glikokaliks oqsillari mavjud.
Undan tashqari donador endoplazmatik to'r hujayra ichi hazm jarayonlarida ishtirok etuvchi oqsil-fermentlar sintezida ishtirok etib, bu fermentlar fagositar yoki pinositar vakuolga tushib makromolekulalarni parchalaydi.
Donador endoplazmatik to'r membranalarida sintezlangan oqsillar hujayraning o'zi uchun kerakmas bo'lib, xatto zararlidir. Ovqat hazm qilish bezlarida ko'p miqdorda gidrolitik fermentlar sintezlanadi. Bu fermentlar gialoplazmaga chiqsa hujayraavtolizga (o'z-o'zini eritishga) uchraydi. Lekin bu xol ro'y bermaydi, chunki sintezlangan mahsulot granulyar endoplazmatik to'r membranalardan oraliq endoplazmatik to'r vakuola bo'shliqlariga o'tadi va gialoplazmadan izolyasiyalanadi (ajratiladi). Bunday oqsillarning to'planishi yopiq membranalar ichida ro'y beradi. Oraliq endoplazmatik to'r, granulyar va silliq endoplazmatik to'rlar orasida joylashib uning yuzasida ribosomalari bo'lmaydi.
Demak, oraliq endoplazmatik to'r sintezlangan oqsillarni hujayraning boshqa tuzilmalaridan izolyasiyalashda (alohidalashda) ishtirok etadi. Oraliq endoplazmatik to'rdan bu oqsillar Golji apparati membranalariga o'tib hujayradan chiqariladi. Oraliq endoplazmatik to r bu oqsillarni kanallar va vakuolalar bo'ylabtashiydi, bu jarayon ATF sarfi bilan boradi.
Undan tashqari donador endoplazmatik to'r kanalchalari va vakuolalari ichida sintezlanagan oqsilning konsentrasiyalanishi, ya'ni yirik sekret granulalarigaaylanishi kuzatiladi.
Umumlashtirib aytganda, donador endoplazmatik to'r vazifasi membralalari yuzasida joylashgan polisomalari ishtirokida eksport oqsillarini sintezlash, ularni hujayraning boshqa tuzilmalaridan membrana bo'shliqlari ichida izolyasiyalash- ajratish, bu oqsillarni hujayraning boshqa kompartmentlariga tashish va ularning kimyoviy modifikasiyasida ( o'zgarishida) ishtirok etish.
Prokariotlarda endoplazmatik to'r tizimi yo'q , lekin ko'pgina bakteriya hujayralari tashqi muhitga plazmatik membrana yuzasidagi makromolekulalarni parchalashda ishtirok etadigan ekzofermentlar ishlab chiqaradilar. Bakteriya hujayrasidagi ribosomalarning bir qismi plazmatik membrana bilan bog'langan. Taxmin qilinishicha bu ribosomalarda eksport oqsillari sintezlanadi. Sitoplazmadagi erkin ribosomalardaesa hujayra ichidagi metabolik jarayonlar uchun kerakli oqsillar sintezlanadi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə