Ozbekiston respublikasi oliy va


Lizosomalarning hosil bo'lishi va tuzilishi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə25/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89
sitologiya majmua

3. Lizosomalarning hosil bo'lishi va tuzilishi. Lizosomalar membranali hujayra ichi tuzilmalari sifatida 1955 yilda belgiyalik bioximik De Dyuv tomonidan topilgan bo'lib, ularni o'rgangani uchun olim Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan. Kallamush jigaridan olingan fraksiyalarni o'rganish mobaynidaolim ularning ba'zilari turli moddalarni parchalash xususiyatiga ega bo'lgan gidrolitik fermentlarga ega ekanligini pauqaydi. Bu fermentlar maxsus sitoplazmatik tanachalar lizosomalar ekanligi va ularning fermentlari faqatgina lizosoma membranasi shikastlanganda, shok holatlari yuzaga kelganda, yoki lizosomalarning o'zi boshqa bir vakuola bilan qo'shilganda faollashadi.
Lizosomalarning membranasi polisaxaridlardan tuzilgan. Lizosomalarda 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar bo'lib, turli moddalarni parchalash xususiyatiga ega. Yangi hosil bo'lgan lizosomalar birlamchi lizosomalar deyiladi, ularning fermentlari passiv bo'ladi. Lizosomalar turli organ hujayralarida jumladan buyrak hujayralarida topilgan. Bu erda lizosomalar organizmga kirgan begonaoqsillarni konsentrasiyalash vazifasini bajaradi. YA'ni, ular hujayraga pinositoz va fagositoz yo'l bilan kirgan begona moddalarni detoksikasiyalash va parchalash xususiyatiga ega.
Morfologik jihatdan lizosomalarning 4 tipi farqlanadi: birlamchi lizosomalar, ikkilamchi lizosomalar, autofagosomalar, telolizosomalar ( qoldiq tanachalar) .
Birlamchi lizosomalar - mayda 100nm kattalikdagi vakuolalar bo'lib, ichi fosfataza fermentiga to'lgan bo'ladi. Bu ferment donador endopalazmatik to'rda sintezlanib, diktiosomalarning proksimal qismiga o'tadi va u erdagi mayda vakuolalar tarkibiga kiradi va birlamchi lizosomalarlarni hosil qiladi.
Keyinchalik birlamchi lizosomalarlar fagositoz yoki pinositoz vakuolasi bilan qo'shilib ikkilamchi lizosomalarni yoki hujayra ichi hazm qilish vakuolasini hosil qiladi. Bunda birlamchi lizosomalar ichidagi fermentlar faollashib vakuola ichidagi mahsulotni parchalay boshlaydi. Vakuolalarning kattaligiga qarab ikkilamchi lizosomalar turli hajmda bo'ladi.
Lizosomalar bir-biri bilan qo'shilish xususiyatiga ega va ularga tushgan biogen moddalar monomerlargacha parchalanib gialoplazmaga chiqariladi va u erdan hujayraning turli joylariga tashiladi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə