O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
Asosiy adabiyotlar 
1. Газман В.Д. Лизинг: теория, практика, комментарии. Учебник – 
М.: Фонд “Правовая культура”, 2000.
2. Горемыкин В.А. Лизинг – М.: Дашков и К
о
,
2003. 
3. Мезенцев Е., Маъмуров А. Лизинговые операции и этапы их 
проведения. // Рынок, деньги и кредит, 2000, №1. 
4. Рекомендации по проведению лизинговых операций, УЛК 
“Барака”- Т.: 1999. 
5. Лещенко М.И. Основы лизинга. Учебное пособие – М. Финансы и 
статистика, 2001.
 
 
 
 
 
 
 


44 
IV bob. LIZING BITIMLARINING IQTISODIY ASOSI 
4.1. Lizing to‘lovlarining turlari 
Lizing oluvchi va beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarning asosi 
lizing to‘lovlaridan iborat bo‘lib, ular ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish, 
ulardan foydalanish, sotish va egalik huquqini berish munosabatlarini aks 
ettiradi. Iqtisodiy jihatdan lizing vositalariga egalik qilish hamda bitim 
maqsadini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish huquqi 
lizing obyekti uchun pul to‘langandan so‘nggina yuzaga kelishi mumkin. 
Lizing to‘lovlarining iqtisodiy jihatdan asoslangan tarkibi va hajmi lizing 
bitimlarini tashkil etishning markaziy, eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. 
Lizing 
uchun to‘lov
bu mulk egasi va ijarachining lizing obyektidan foydalanish 
jarayonida yaratilgan daromadni taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar 
shaklidir.
1
U lizing obyekti qiymatini qoplash, kapital jamg‘arish va tadbirkorlik 
faoliyatini rag‘batlantirish, daromadlarni qayta taqsimlash vazifalarini bajaradi. 
Umuman

lizing to‘lovlari mulkka egalik huquqini amalga oshirishning 
iqtisodiy shakllaridan biridir. Asbob-uskunalar yoki boshqa obyektlarni lizingga 
berishda mulk egasi uning qiymatini kapitalga belgilangan % qo‘shgan holda 
qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Mulkning holati va qiymati, amortizatsiya muddati va normalari, ssuda 
foizlari, soliq imtiyozlari va faoliyat turi lizing to‘lovlarini belgilashning 
obyektiv asosi hisoblanadi. Lizing to‘lovlarida uchta asosiy tarkibiy qismni 
ajratib ko‘rsatish mumkin:
2

iqtisodiy elementlar bo‘yicha to‘lovlar tarkibi; 

to‘lovlar darajasi yoki hajmi; 

hisob-kitoblar usuli. 
Ijaraga berilgan vositalarning mos keluvchi qo‘shimcha mablag‘lar bilan 
qaytarilishi lizing to‘lovlarini aniqlashning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. 
Lizing to‘lovlari hajmini belgilab beruvchi uslubiy asos bo‘lib lizing oluvchi 
tomonidan yaratilgan yalpi daromadni taqsimlash mexanizmi xizmat qiladi. U 
foyda normasi o‘rtacha bo‘lganda lizing obyekti egasi va ijarachi 
manfaatlarining bir-biriga mos kelishini ta’minlashi mumkin. Lizing 
to‘lovlarining haqiqiy hajmi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi.
1
Лещенко М.И. Основы лизинга: Учебное пособие – М.: Финансы и статистика, 2001, 64 c.
2
Горемыкин В.А. Лизинг: Учебник. – М.: Дашков и К
о
, 2003, 236 c.


45 
Lizing to‘lovlarini ularni amalga oshirish shakli va uslubiga asosan 
turlarga ajratish mumkin. Lizing to‘lovlarini amalga oshirishning turli usullari 
mavjud bo‘lib, ularga asosan quyidagi to‘lov turlarini sanab o‘tishimiz mumkin: 


Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə