Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Psixologiya 
– yunoncha psychelogos so‘zi “jon”, “ruh” haqidagi 
fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi.
Psixofiziologiya 
– odamlarning individual-psixologik va 
psixofiziologik farqlarini tadqiq qiluvchi, psixikaning genetikasini 
o‘rganuvchi psixologiya sohasi. 
Rad etish –
individning atrofdagilar tufayli unga tahdid solayotgan 
kechinmalardan, ularning mavjudligidan o‘zini chetga tortish yo‘li 
bilan himoyalanishida namoyon bo‘ladigan himoya mexanizmi. 
Ratsionalizatsiya –
individga o‘z muvaffaqiyatsizliklarini 
haqiqatga yaqinroq oqlab izohlashga imkon beradigan himoya 
mexanizmi sanaladi. 
Reaktiv qurilma
(reaksiya shakllanishi) – himoya mexanizmi 
bir xil impuls va hissiyotlarni cheklash, ularga qarama qarshi impuls 
va hissiyotlarni kuchaytirish yuli bilan xavotirlanish darajasini 
pasaytirishga imkon beradi. 
Reaktivlik –
 
aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki 
taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaksiya qilishiga 
qarab munosabat bildiriladi va uning yorqin ro‘yobga chiqishi – 
emotsionallik, ta’sirchanlikda ifodalanadi. 
Reaksiya tempi
 –
turli xususiyatli psixik reaksiyalar va 
jarayonlarning kechish tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq 
sur’atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqarishdir. 
Regressiya 
– individning stressni bartaraf qilishga urinishda bir 
muncha soddaroq usullardan foydalanishi. Masalan, tang vaziyatlarda 
bolalikka qaytishi yoki o‘zini yosh boladek tutishidir. 
Repressiya (
siqib chiqarish) – noxush fikrlarni ong darajasiga yetib 
borishiga to‘sqinlik qiladigan himoya mexanizmi. Bunda ong uchun 
iztirobli bo‘lgan mazmun birmuncha yengilroq narsaga ko‘chadi. 
Referent guruh
– shunday odamlar guruhiki, ular har bir shaxs 
uchun ideal insonlar bo‘ladiki, shaxs ularning niyatlari, qiziqishlari, 
harakat normalari, g‘oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo‘ladi, 
harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə