Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Laboratoriya eksperimenti



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Laboratoriya eksperimenti
– tekshiruvchi kishi tekshiriladigan 
psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa, o‘sha vaqtda ataylab vujudga 
keltirilib, tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda 
sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar eksperiment mobaynida 
o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir tarzda 
bog‘lanishi, kuchi, tezligi, hajmi va boshqa shu kabi jihatlari o‘lchab 
ko‘rilishi mumkin.
Layoqat
– qobiliyatlar taraqqiy etishining dastlabki tabiiy sharti 
sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a’zolari va 
harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlari.
Liberal
 
usuli
– bu usul muloqot jarayonida murosasiz, ko‘ngilchan 
bo‘lish, tashqi ko‘rinishdan iliq psixologik iqlimni, guruhiy moslikni 
o‘zida aks ettirgandek tuyulsada, har qanday vaziyatni til topib hal 
qilishga, prinsipiallikdan uzoqlashishga, subutsizlikka olib keladi.
Lider
– guruhning shunday a’zosiki, u go‘yoki barcha guruhiy 
jarayonlarning boshida turadi va o‘z xulqi, qobiliyati bilan o‘zgalarga 
ta’sir qila oladi. 
Manipulatsiya
– muloqot jarayonidagi manipulyasiyada suhbat-
doshga ta’sir ko‘rsatib, uning xohishiga qarshi ravishda o‘z fikriga 
ko‘ndiriladi. Bunda biryoqlama ustunlikka erishiladi.
 
Maxsus psixologiya
– normal psixik rivojlanmagan tug‘ma yoki 
keyinchalik orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta’siri ostidagi insonlarning 
psixologiyasini tadqiq qilish sohasi.
Mehnat psixologiyasi
– insonning mehnatga munosabati, 
mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladigan 
psixologiya sohasi.


315
Mehnat
 
faoliyati
– tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, 
uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni 
yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə