Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Mustaqil ta’lim uchun mavzular



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Mustaqil ta’lim uchun mavzular
1. Muloqot inson hayoti tutgan o‘rni va uning salomatligiga ta’siri. 
2. Noberval muloqot va uning samarali insoniy munosabatlarni 
tashkil etishdagi ahamiyati. 
3. Ishbilarmonlik muloqotining samarali ta’sir vositalari. 
4. 
Ijtimoiy psixologik trening nima va unga qanday talablar 
qo‘yiladi?
5. 
Shaxsda liderlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish 
masalalari.
6. Zamonaviy boshqaruv psixologiyasi masalalari.
7. Jamoada psixologik moslashuvchanlik va muvozanatni baholash 
mezonlari.
310
GLOSSARIY (Psixologiya bo‘yicha)
Avtoritar usul
– bunda shaxslararo teng huquqlilik, erkin xatti-
harakat qilish, tashabbuskorlik o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Adaptatsiya –
(lot. «adapto» – moslanmoq)
– sezgi a’zolari, ya’ni 
a’zolari (analizatorlar)ning taassurot kuchiga moslashuvi natijasida 
muayyan sezgirlikning o‘zgarishidan iborat bo‘lgan holatdir. 
Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin.
Antipatsiya
– 
(lot. «anticipatio» – oldindan sezish, payqash, 
oldindan idrok qilish, hodisa mohiyatini ochishdagi topqirlik)
inson 
tomonidan faoliyat maqsadini ro‘yobga chiqarish rejasini va modelini 
yaratishda ifodalanadi.
Appersepsiya
– idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, 
shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari 
va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan 
belgilanishidir.
Aralashtirib yuborish
– shaxs xavotiriga sabab bo‘lgan obyektga 
nisbatan yuzaga keluvchi hisslarni boshqa obyektga yo‘naltirilishini 
ifodalovchi himoya mexanizmi.
Attraksiya –
insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda 
namoyon bo‘ladigan) o‘ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettiradigan, 
ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasi 
bo‘lib, bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar, motivlar 
ta’sirida vujudga keladi.
Affekt 
– (
hissiy portlash, jazava
) kishini tez chulg‘ab oladigan 
va shiddat bilan o‘tib ketadigan holat bo‘lib

ular ongning anchagina 
darajada o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilgan-
ligi, odamning o‘zini o‘zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning 
butun hayoti va faoliyati o‘zgarib qolganligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə