Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Biogenetik konsepsiya
– inson shaxsining taraqqiyotini biologik 
omil, ya’ni nasliy omil bilan belgilaydigan yo‘nalish.
Biografiya (tarjimai hol)
 
metodi
– yordamida inson hayoti, 
faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar 
o‘rganiladi. Bunda kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, 


311
esdaliklari, o‘zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari 
alohida o‘rin egallaydi. 
Boshqaruv psixologiyasi
– jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 
shaxslar, guruhlar va jamoalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan nazorat, baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar 
faoliyati va xarakteri, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladigan 
ijtimoiy psixologiyaning sohasi.
Gallyusinatsiya 
– yaqqol voqelikdagi idrok va hodisalarning tana 
analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlar-
ning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran 
paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) 
hodisasi.
Guruh
 – 
ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlar asosida to‘plangan, 
muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasi bo‘lib, 
bunda ikkita asosiy mezon mavjud, ya’ni biror faoliyatning bo‘lishi 
(muloqot, o‘yin, o‘qish, mehnat) hamda u yerda odamlarning o‘zaro 
muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi kuzatiladi.
Demokratik usul
– bu usulda suhbatlar, munozaralar, mulohazalar 
o‘zaro tenglik, o‘zaro hurmat ruhiga bo‘ysundirilib, ta’sir o‘tkazish 
sohalari yashiringan holda bo‘ladi.
Depressiya
– bu hozirgi kunga va kelajakka ishonchsizlik bilan 
qarash, doimo past kayfiyatda bo‘lish, horg‘inlik, hech narsa qilishga 
intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir. Depressiya (tushkunlik) – 
bu siqilish, ma’yuslik va g‘amginlik kayfiyatdir.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə