Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Determinizm
 
prinsipi
– (lot. determinata-belgilayman degan 
ma’noni bildiradi)
tabiat va jamiyat hodisalari, xususan, psixik 
hodisalarning obyektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir.
Diqqat –
inson his-tuyg‘usini va ongini bir nuqtaga to‘plab, 
muayyan bir obyektga faol qaratilishiga aytiladi.
Diqqatsizlik
– diqqatni obyektga yo‘naltira olmaslik va to‘play 
olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan 
iborat shaxsning salbiy xarakter hislatidir.
Differensial psixologiya
– shaxslar o‘rtasidagi tafovut va farqlarni 
hamda guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik 
jihatlarini, ya’ni psixologik farqlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. 
312
Yosh psixologiyasi
– shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini 
inson tug‘ilishidan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrini, ya’ni 
ontogenezni o‘rganadigan psixologiya sohasi.
Identifikatsiya –
(aynan o‘xshatish) kishi hamkorlikda harakat 
qilish vaziyatida sherigi o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rib, uning ichki 
holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, xohish-istaklari haqida taxmin qilinadi, 
bunda ular anglanilgan yoki anglanilmagan bo‘lishi mumkin.
Idrok –
 
sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik 
jarayon bo‘lib, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar 
va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar
ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi va bevosita aks 
ettirishda ishtirok etadi.
Ijtimoiylashuv
– inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, 
hayot – faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni bo‘lib, 
bunda har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning me’yorlari, 
talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati 
va muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi 
bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishdek murakkab 
jarayondir.
Izolatsiya 
– uyat, aybdorlik, shodlik, qayg‘u bilan bog‘liq 
tasavvurlar bo‘lib, shaxs ular bilan bog‘liq affektlardan uzoqlashtiriladi 
(ajratiladi).
Illyuziya 
– hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa 
va hodisalarni noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan 
iborat jarayonning noyob hodisasi.
Ingibitsiya 
– shaxs faoliyati samaradorligiga o‘zgalarning borligi 
tufayli salbiy ta’sir ko‘rsatish, masalan, ma’nosiz so‘zlarni yodlashda, 
labirintli masalalarni yechishda, ko‘paytirish bilan bog‘liq, murakkab 
arifmetik misollarni bajarishda boshqa odamlarning aralashuvi va 
ularning borligi faqat fikrlash jarayoniga tormozlovchi salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi tushuniladi.
Intellekt 
– 
(lot. «intellectus» – tushunish, bilish, «intellectum» 
– aql)
aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib, 
rivojlantirib boriladi. Bu intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar 
ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Qobiliyatlar va 


313
intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar
yashash davri ta’sir ko‘rsatadi.
Intellekt karta
– (
ing. mind maps
) taniqli ingliz psixologi, xotira 
va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodikalar muallifi Toni Byuzen 
tomonidan ishlab chiqilgan.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə