Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Demokratik lider.
U guruh a’zolaridan fikrlar to‘playdi. Tashabbus 
ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlarni yaratadi. Demokrat lider guruh 
oldiga umumiy masalani qo‘yadi, ishning konsepsiyasini belgilaydi, 
lekin ishni qanday amalga oshirish yo‘llarini guruhning a’zolari hal 
qilishlari lozim.
Liberal tipli lider.
Bunday shaxs guruhga barcha mas’uliyatni 
yuklaydi, ular ishni bajarayotganda muvofiqlashtiruvchi rolini 
o‘ynaydi, lekin qabul qilingan qarorlarni tuzatish, ularni rad etish 
holatlari juda kam uchraydi. Qaysi boshqaruv uslubi samarali ekanligi 
xususida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Olingan umumiy natija 
shundayki, qaysi uslubning samaraliroq ekanligi avvalo 
guruhning 


307
ish tajribasiga, vaziyatga, yoshga va hattoki, jinsga bog‘liq ekan. 
Masalan, rahbar ayollar ko‘proq demokratik boshqaruv uslubini 
qo‘llaydilar, ular uchun jamoadagi shaxslararo munosabatlar, 
a’zolarning unga samimiy muno sabatda bo‘lishlari katta ahamiyatga 
ega. Lekin aksariyat ayollar ning o‘zlari avtoritar erkak rahbar qo‘l 
ostida ishlashni ma’qul ko‘rarkanlar.
Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuell o‘zining «Industrialno-
organizatsionnaya psixologiya» (2001-yil) kitobida 
liderlik
masalasiga 
o‘zining o‘ziga xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan 
bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko‘rsatish 
uchun ochiq maydonlar yo‘q bo‘lgan sharoitda liderlik xislatlarining 
namoyon bo‘lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning fikricha, 
zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo xodimlar 
rolini oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog‘i, 
kamaytirish hisobiga ro‘y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha 
bo‘g‘inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar 
rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi – 
guruhning samarali faoliyat ko‘rsatish yo‘llarini belgilab berishdir.
Mazkur darslikda ahamiyatli bo‘lgan tushunchalardan biri bu – 
«superlider»
tushunchasidir. Superlider kim va qachon oddiy lider 
superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mans va Simslarning 
fikricha, eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, 
u o‘z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o‘zlari 
uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g‘oya shundan 
iboratki, agar odam eng avvalo o‘zi

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə