Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Birorta e’tiroz bildiruvchining borligi



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Birorta e’tiroz bildiruvchining borligi. 
Yuqorida eslab o‘tilgan Ash 
eksperimentlariga o‘xshash holatlarda ataylab o‘tkazib qo‘yilgan 
odamlardan hech bo‘lmaganda, bittasining sodda tekshiriluvchi 
tarafini olishi, uning o‘ziga ishonchini orttiradi. Ya’ni, ko‘pchilik orasida 
o‘ziga ishongan bitta e’tirozchining bo‘lishi nonkonformizmni 
kuchaytiruvchi omildir.
Omma oldida ochiq gapirish yoki fikrning yashirinligi.
 
Agar 
yuqoridagi holatlarda odamga o‘z nuqtayi nazarini yashirish, yozma 
ravishda berish imkoniyati tug‘dirilganda edi, u unchalik ko‘pchilik 
fikriga va tazyiqqa berilmagan bo‘lardi. Demak, ko‘pchilikning 
ichida dadil bir fikrni ayta olish san’ati tinglovchilarni o‘z tomoniga 
og‘dirishning yo‘llaridan biridir. Shuning uchun ham omma o‘rtasiga 
chiqib va’zxonlik qiladiganlar ko‘pincha o‘zgalar fikriga ta’sir 
ko‘rsata oladilar.
Umuman o‘tkazilgan eksperimentlar va hayotiy kuzatishlar bir 
shaxsning boshqa shaxslar ta’siriga berilishini ko‘rsatadi. Lekin aslida 
biz o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan, o‘z nuqtayi nazarini doimo 
hi
moya 
qila oladigan insonlarni hurmat qilamiz. Ana shunday shaxslar 
odamlar orasidan ajralib chiqadilar va fanda bu hodisani tushuntirish 
uchun liderlik fenomeni mavjud.
Ijtimoiy ta’sir hodisasi
.
Gap guruhning har bir alohida shaxs 
ruhiyatiga ta’siri to‘g‘risida borar ekan, ijtimoiy psixologiyada bu 
narsalarni tushuntirib beruvchi maxsus hodisalar mavjud. Masalan, 


303
shunday holatni tasavvur qiling: Siz kimlarningdir davrasidasiz. Ular 
Sizga g‘anim ham emas, siz bilan raqobat ham qilmayaptilar, sizni 
maqtashgani ham yo‘q, aksincha, jazolashgani ham yo‘q hattoki, ular 
sizga befarqlar, lekin ayni paytda bir makon va vaqtda birgasiz. Ana 
shunday insonlarning yaqiningizda bo‘lishlari sizga qanday ta’sir 
qiladi? «Ularning men bilan ishlari bo‘lmasa, menga qanday ta’sir 
qilishi mumkin?» deb e’tiroz bildirishga shoshilmang. Gap shundaki, 
bizning oldimizda bir vaqtda umuman biror insonning bo‘lishi 
faktining o‘zi baribir, bizga ma’lum ta’sirini o‘tkazadi.
Ijtimoiy psixologiyada ana shunday kimnidir kimgadir ochiq yoki 
yashirin ta’sir ko‘rsata olish hodisasi fasilitatsiya hamda ingibitsiya 
hodisalari orqali tushuntiriladi. Fasilitatsiya inglizcha 
«facililate» 
so‘zidan olingan bo‘lib, «yengillashtirmoq» degan ma’noni 
anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘zgalarning borligi tufayli shaxs 
faolligining ortishi, ishining yengillashuvi va samaradorligining 
ortishini tushuntirish uchun amerikalik psixolog Ollport (1920) bu 
terminni fanga kiritgan. Lekin bu fikrni tasdiqlovchi eksperimentlar 
XIX asrning oxirlaridayoq boshlangan edi. Masalan, Norman 
Triplet (1898) velosiped poygasi jarayoni bilan qiziqib, poygachilar 
tezligining ortishi ko‘proq sekundomerni tasavvur qilganliklari uchun 
emas, balki o‘zaro bir-birlarini, qolaversa, tomoshabinlarni tasavvur 
qilganliklariga bog‘liq ekanligi isbotlandi. Ya’ni, uning ekspe ri-
mentlarida poygachilarning tezligi tomoshabinlar tig‘iz bo‘lgan 
yerlarda ular kam yoki yo‘q bo‘lgan joylardagiga nisbatan 20% 
gacha ortib ketgan. Keyinchalik maorif, sog‘liqni saqlash, sport, sof 
ilmiy psixologik sohalarda o‘tkazilgan o‘nlab tadqiqotlar fasilitatsiya 
hodisasining borligi va uning shaxs faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini 
isbotladi. Darhaqiqat, yolg‘iz o‘tirib dars qilgandan ko‘ra, ba’zan 
yaxshi ko‘rgan kursdoshimiz yoki o‘rtog‘imiz bilan dars qilganimizda 
yoki guruh sharoitida biror mavzu yuzasidan munozara qilganimizda 
yaxshi, noyob fikrlar miyamizga oqib kelayotganligini sezamiz. 
Go‘yoki, fikrlash jarayonlarimiz tezlab ketayotganday. Bunday holat 
ko‘plab pedagogik kuzatishlarda isbotini topgan.
Lekin o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqotlar guruhi har doim ham 
birovlarning yonimizda borligi ishning samaradorligiga ijobiy 
304
ta’sir ko‘rsatmasligini isbotladi. Ingibitsiya — shaxs faoliyati sa-
maradorligiga o‘zgalarning borligi tufayli salbiy ta’sir ko‘rsatishi, 
masalan, ma’nosiz so‘zlarni yodlashda, labirintli masalalarni 
yechishda, ko‘paytirish bilan bog‘liq, murakkab arifmetik misollarni 
bajarishda boshqa odamlarning aralashuvi va ularning borligi faqat 
fikrlash jarayoniga tormozlovchi salbiy ta’sir ko‘rsatishi tushuniladi. 
Demak, bu narsa ham ijtimoiy psixologik omillarning nechog‘li 
murakkabligini ko‘rsatadi.
Boshqa bir ijtimoiy psixolog Robert Zayens ushbu ikkala 
hodisadagi qarama-qarshilikni tushuntirib berish uchun eksperimental 
psixologiyadagi oddiy bir qonuniyatni ishlatdi: qo‘zg‘atish ustunlik 
reaksiyasini kuchaytiradi. Ya’ni, ijtimoiy hayotga bu ayniyatni 
ko‘chirib, u insoniy munosabatlarda tashabbus bera olish yoki 
erishilgan oddiy muvaffaqiyatlardan ham ruxlanishni fasilitatsiyaning 
sababidir, deb tushuntirdi muallif. Demak, agar hamkorlikda faoliyat 
muhitida odamga tashabbus berilgan bo‘lsa, u o‘zgalarning borligidan 
ruxlanib, katta shijoat bilan ishlay boshlaydi. Oddiy misolda 
tushuntiradigan bo‘lsak, agar krossvord yoki skanvord yechayotgan 
bo‘lsangiz-u, oddiy bir jumboqning yechimini topa olganligingizdan 
ruxlanishingiz, ko‘pchilik ichida o‘zingiz bilmagan holda boshqa 
paytda aytolmaydigan yoki eslolmaydigan yechimlarning ham 
miyangizga kelayotganligini his qilasiz. Lekin bunday juda xursand 
bo‘lib, hayajonlanib ketsangiz, ishingiz samarasi o‘sha zahoti pastlay 
boshlaydi. Xuddi shunday, katta auditoriya oldiga chiqqan voiz 
odamlarning uni tinglayotganliklari va samimiy yuz bilan kutib 
olganliklaridan ruhlanib, ko‘tarinkilik bilan ma’ruzasini o‘qisa, 
yangi fikrlar kelaverayotganligini sezsa, agar mabodo biror sabab 
bilan tanglik paydo bo‘lsa, yoki kimnidir noo‘rin luqmasi unga 
sezilarli xalaqit berishi, hattoki, qog‘ozdagi yozuvni ham eplab 
o‘qib berolmasligi mumkin. Demak, o‘zgalarning borligi fakti o‘sha 
muhitdagi odamlarning bizga munosabatiga va o‘zimizning bu 
munosabatdan ruhlanib, tashabbusni qo‘lga ola bilishimizga bevosita 
bog‘liq ekan. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə