Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Shaxsning liderlik fazilatlari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Shaxsning liderlik fazilatlari. 
Har bir alohida guruhda 
shunday shaxslar paydo bo‘ladiki, ular aynan boshqa shaxslardagi 


305
konformlilik yoki ta’sirlanishning manbaiga aylanib qoladi. Ularning 
fikrlari, xatti-harakatlari go‘yoki boshqalar uchun etalonday ibratli 
bo‘lib, ular bu nufuzlarini saqlash uchun o‘sha guruhning hayotida 
o‘z mavqelarini yo‘qotmaslikka harakat qiladilar. Bunday shaxslarni 
tavsiflash uchun psixologiyada “Lider” tushunchasi ishlatiladi. 
Demak, lider guruhning shunday a’zosiki, u go‘yoki barcha guruhiy 
jarayonlarning boshida turadi va o‘z xulqi bilan o‘zgalarga ta’sir qila 
oladi. G‘arb psixologiyasida guruhning xoh rasmiy, xoh norasmiy 
boshlig‘ini tavsiflash uchun lider tushunchasi ishlatilaveradi. Lekin 
aslida bizning gushunchamizda guruhdagi rasmiy munosabatlarni 
mu vofiqlashtiruvchi, uning boshqa tashkilot va insonlar guruhi ol-
didagi vakolatini amalga oshiruvchi, ish berib, ishni nazorat qi luv chi 
shaxs rahbar deb ataladi. Lider esa shunday shaxski, u o‘zi dagi ayrim 
ijobiy va kuchli fazilatlari tufayli kundalik muloqot va muomala 
jarayonlarida obro‘ ortgirgan mavqeyi baland kishidir. U aslida rah-
barlikka da’vo qilmaydi, lekin yurish-turishlari ko‘pchilikka ma’ qul 
bo‘lgani sababli, uni odamlar saylovlarda tanlashlari yoki rah barlikka 
zaxira tanlashganda, aynan uning nomzodini qo‘yishlari mum kin.
Bir guruhda uning hajmi va katta kichikligiga qarab, odatda, bitta 
rahbar va bir nechta lider bo‘lishi mumkin. Biri – jamoadagi mehnat 
yoki o‘qish faoliyati maqsadlarini hammadan ham aniq anglagani 
uchun ishchan lider bo‘lishi, boshqasi – qarorlar qabul qilish va 
mas’uliyatli vazifalarni yechish vaqtlarida hammaga aql o‘rgatadigan 
intellektual lider, yana biri – turli vaziyatlarda odamlar kayfiyatini 
ko‘taruvchi, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlashga usta emotsional lider 
bo‘lishi mumkin. U yoki bu turli liderning mavjudligi o‘sha guruhdagi 
real vaziyatlarga, guruhiy faoliyatning maqsadlariga bog‘liq. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə