Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Konformizm.
Konformizm — shaxsning guruh yoki ko‘pchilikning 
ta’siriga berilishini tushuntiruvchi hodisadir. Konformizm buyicha sof 
eksperiment Solomon Ash tomonidan 1956-yilda o‘tkazilgan edi. 
U 7 ya talabani tanlab olib, ularning ro‘parasidagi taxtaga ikkita 
qog‘ozni yopishtirgan. Ularning birida etalon sifatida olingan bitta 
vertikal to‘g‘ri chiziq, ikkinchisida esa 3 ta turli uzunlikdagi vertikal 
chiziqdan chizilgan. O‘sha uchtadan qay biri etalonga tengligini aytish 
lozim edi. Gap shundaki, haligi 7 ta talabadan faqat bitgasi haqiqiy 
tekshiriluvchi bo‘lib, qolganlari ataylab taklif etilganlar bo‘lgan. 
Shunday guruhlardan 6 ta bo‘lgan. Birinchi uchta guruhdagi ataylab 
kirgizilgan shaxslar to‘g‘ri javob berishgan, shuning uchun ham 
haligi “sodda” talaba ularning fikriga qo‘shilavergan. Qolgan yana 3 
ta guruhda esa ataylab kiritilgan talabalar ataylab noto‘g‘ri javobni bir 
ovozdan ma’qullayverganlar. Ko‘rib turgan narsasi haqida noto‘g‘ri 
javob berishayotganligiga qaramay, haligidan “sodda” talabalarning 
37%ni noto‘g‘ri javob bilan qo‘shilishavergan. Eksperiment so‘ngida 


301
“soddalardan” “Nega shunday javob berdingiz?” deb so‘ralganda, 
ular aslida to‘g‘ri javobni bilganliklarini, lekin guruhdan ajralib qol-
maslik uchun noto‘g‘ri javobga qo‘shilaverganliklarini aytishgan. 
Shunday qilib, oddiy hayotda tez-tez uchrab turadigan bunday hodisa 
aslida shaxsning o‘z nuqtayi nazari yo‘qligidan emas, balki inson 
ruhiyatida ko‘pchilik qabul qilgan xulq me’yorlariga ergashish, 
o‘z shaxsining ajralib qolishidan cho‘chish hissi borligini isbotlaydi. 
Konformizm hodisasiga teskari bo‘lgan nokonformizm hodisasini o‘rgangan 
rus olimlari G.Andreeva, V.Petrovskiy va boshqalar jamiyatda ko‘pchilik 
fikriga, ta’siriga befarq odamlar deyarli bo‘lmasligini, aslini olganda 
hattoki, o‘sha «qaysar» toifali odamlar ham qo‘shilmasligi bilan ma’lum 
ma’noda o‘zlarida konformizmni namoyon qilishlarini isbot qilganlar. 
Masalan, guruhdoshning tug‘ilgan kuniga bormaslikka qaror qilgan 
talaba birinchidan, hali qarorini o‘zgalarga oshkor qilmay turiboq, 
«qo‘shilmasam nima deb o‘ylasharkin?» deb qayg‘uradi. Ikkinchidan, 
hamma tug‘ilgan kunga ketib, u yotoqxona yoki uyiga ravona bo‘lgan 
takdirda ham tez-tez xayolan o‘sha do‘stlari davrasini eslaydi, «hozir 
nima hakda gaplashish ayotganikin, men to‘g‘rimda g‘iybat qilma-
yotganmikin?» degan xayolga boradi. Bu ham aslida o‘sha shaxsning 
ko‘pchilik ta’siridan tamoman xolos bo‘lolmaganligidan darak beradi.
Demak, vaziyatga qarab, konformizmlikning ham ijobiy, ham 
salbiy jihatlarini tahlil qilish mumkin. Lekin har doim ham uning yon 
bosishlilik sifatidan farqi borligini anglashimiz lozim. Yon bosishlilik 
shaxsdaga o‘z-o‘ziga baho bilan bog‘liq xodisa. Masalan, o‘zi haqida 
juda yaxshi fikrdagi odamlar, odatda, guruh ta’siriga kam berilish
yon berishlari ham ancha qiyin bo‘ladi. Past baholilar esa aksincha, 
ta’sirchan bo‘lib, har narsaga ham yon bosaveradi. Yon bosish, degan 
tushuncha aslida odamdagi shaxsiy sifatlarga ko‘proq aloqador narsa, 
shuning uchun ham uni konformizmning o‘zi deb bo‘lmaydi.
Konformizm va shaxsning o‘zgalarga yon beruvchanlik sifatlariga 
asosan nimalar sabab bo‘ladi?
Avvalo yuqorida ta’kidlanganidek, shaxsning 
o‘ziga beradigan 
bahosi, 
uning qanchalik obyektiv mos kelishiga bog‘liq.
2. Ta’sir ko‘rsatuvchi guruhning hajmi. 
Guruhda odamlar soni 
qanchalik katta bo‘lsa, ayrim shaxslarga kuzatiladigan konformistik 
302
kayfiyat ham ortib boradi. Bu ko‘rsatgich, agar a’zolar soni 5 taga 
yetganda keskin ortsa, 8 taga yetgandan so‘ng, sekin-asta ortib boradi. 
Bu narsalar amerikalik olim Jerar (Oegaga, 1986) kuzatishlarida qayd 
etilgan. Milgram ham bu borada juda qiziqarli eksperimentni odamlar 
ko‘z o‘ngida namoyish etgan. Olti qavatli uyning derazalaridan biriga 
5 kishi turib olib, rosa telmurib qarab turishavergan. Kuzatuvchilar 
yolg‘on «kuzatuvchilarning» qatoriga kelib qo‘shilayotgan tasodifiy 
odamlar sonini qayd etib turganlar. 5 kishi bo‘lib turishganda, qiziqib 
qo‘shilganlar miqdori 16% ni tashkil etgan bo‘lsa, ular soni 15 kishiga 
yetganda bu ko‘rsatgich 40% gacha ortgan. Odamlar gavjum joylarda 
ro‘y beradigan voqealarni eslab turib, bunday hodisalarning guvohi 
bo‘lganligimizni eslashimiz mumkin.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə