Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Liderlik nazariyalari va ularning ish uslublari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Liderlik nazariyalari va ularning ish uslublari. 
Har bir rahbarmi 
yoki lidermi, uning o‘z ish uslublari va mehnatni tashkil etishga 
qarashlari bo‘ladi. Ilmiy adabiyotda ushbu masala yuzasidan ko‘plab 
qarashlar mavjud. Biz xorijda keng tarqalgan va ko‘plab shov-
shuvlarga sabab bo‘lgan bir nazariyaga to‘xtab o‘tmoqchimiz. Bu 
Mak-Gregorning 
Iks va Igrek nazariyalaridir. 
Nazariyaning mohiyati 
u yoki bu liderning odamlarga ta’sir ko‘rsatish va ular mehnatini 
tashkil etishdagi konsepsiyasini nazarda tutadi.
306
Iks nazariyasi inson tabiatiga ishonmaslik, uning loqaydligini 
ta’kidlashga asoslanadi. Nazariyaning mohiyati shundaki, inson 
tabiatan dangasa, tashabbussiz bo‘lib, uning o‘ziga qo‘yib berilsa, 
hech bir foydali ish qilolmaydi, uni boshqarish, har bir ishini qat’iy 
nazoratda ushlash kerak.
Unga qarama-qarshi o‘laroq, Igrek nazariyasi insondagi tashab-
buskorlik va mustaqil ishlashga moyillik, faollikni yoqlaydi. Shu 
fikrni yoqlagan har bir lider odamlarga erkinlik berib, ularni jazolash 
bilan qo‘rqitmaydi va qat’iy nazorat qilishdan o‘zini tiyadi.
Mak-Gregor nazariyasini rivojlantirib, yana bir olim Oushi (1981) 
liderning odamlarga munosabatani tushuntiruvchi 
Zet naza riyasini 
ilgari surdi. Unga ko‘ra, aslida odamlarda faollik bi lan ishlashga 
ishtiyoq bor. Lekin agar ularning faoliyati samarali bosh qarilmasa, 
natija baribir yaxshi bo‘lmaydi. Shuning uchun rahbar odamlarni 
hamkorlikda ishlashga unday olishi, ularga ishonch bildirishi va 
jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgata olishi kerak.
Yuqorida nazariyalar ta’sirida liderlikning turli xil uslublari 
to‘g‘risidagi qarashlar paydo bo‘ldi:
Avtoritar lider.
Ba’zan bu uslubni «avtokratik» ham deb atashadi. 
Chunki bunday lider doimo o‘z irodasiga ko‘pchilikni bo‘ysundira 
oladi. Barcha mas’uliyatli qarorlar faqat u tomonidan qabul qilinadi 
va uning bajarilishini o‘zi shaxsan nazorat qiladi, kerak bo‘lsa, 
xodimlarni qattiq jazolaydi. Odamlar bunday liderdan borgan sari 
uzoqlashib boraveradilar.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə