Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Modellashtirish metodi
kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki 
boshqa usullar yordamida olingan natijalar qoniqtirmagan vaziyatda 
qo‘llaniladi. Bunda o‘rganilayotgan hodisaning umumiy xossasi 
yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida 
tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi.
Muloqot
– odamlar o‘rtasida birgalikda faoliyat ehtiyojlaridan 
kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.
Muloqot faoliyati
– shaxsning individual rivojlanishi jarayonida 
namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri bo‘lib, u 
insondagi kuchli ehtiyojlardan biri – inson bo‘lish, odamlarga 
o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni 
muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. 
Muloqotning interaktiv jihati
 –
munosabatga kirishuvchilarning 
nutq jarayonida axborotni faqat so‘zlar bilan emas, balki 
xatti-
harakatlar
bilan ham almashinuvi nazarda tutiladi.
Muloqotning kommunikativ jihati
 –
muloqotda hamkorlikdagi 
faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga 
olib, ma’lumot almashinuv sifatida ta’riflanadi.
Muloqotning perseptiv jihati

 
munosabatga kirishuvchilarning 
bir-birlarini idrok eta olishlari tushuniladi. 
Nutq 
– inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi 
zamon va kelajakka oid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, 
ma’lumot berishi.
Ong va faoliyat birligi tamoyili
– psixologiya fanida ong bilan 
faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas, ular aynan bir-biriga 
o‘xshash ham emas, biroq ular bir butunlikni tashkil etishi bilan 
izohlanadi.
Ongsizlik
– shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o‘zi 
bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi. 
Bu xatti-harakatlar avtomatik tarzda kundalik hayotda, uyquda, 
ya’ni tush ko‘rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi. 
Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog‘liq bo‘lmagan holat.
316
Oreol effekti
– shaxs muloqot jarayonida o‘z obyektiga nisbatan 
ijobiy taassurotga ega bo‘lsa, subyektga ma’lum bo‘lmagan fazilatlarni 
ijobiy baholashga yoki aksincha, obyekt salbiy taassurot qoldirgan 
bo‘lsa, subyektga ma’lum bo‘lmagan xislatlarini salbiy baholashdir.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə