Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

uchun lider bo‘la
olsa, o‘zidagi bu 
malaka yoki mahoratni boshqalarga yetkaza olsagina, bu odam uchun 
shunday vaqt-saot yetib keladiki, jamoa o‘zi mustaqil ishlaydigan, 
bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo‘lmagan 
mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir. 
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha 
bosqichlarda kechadi:
I – o‘zi uchun lider bo‘lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o‘zini o‘zi 
kuzatish, o‘zini o‘zi rag‘batlantirish, hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar
308
orqali o‘zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o‘zida boshqalarga 
o‘rnak bo‘luvchi sifatlar borligini anglash;
II – yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o‘zgalarga 
namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish;
III – xodimlariga o‘zlarida tashabbus va o‘ziga ishonchni namoyon 
etish uchun sharoit yaratish;
IV – mustaqil qobilyat egalari bo‘lgan xodimlarni rag‘batlantirish, 
kerak bo‘lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;
V – o‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil 
etish va ishlarga xadeb aralashaverishdan o‘zini tiyish.
Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga 
oshirishning eng namoyishkorona ko‘rinishidir. Shu ma’noda, liderlik 
– avval shaxsning o‘ziga, so‘ngra o‘zgalarga bera oladigan ta’sirida 
ko‘rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta’riflanadi.
Bob yuzasidan nazorat savollari:
1. Muloqot va uning mazmun va mohiyatini tushuntiring.
2. Muloqotning kommunikativ jihati nima?
3. Muloqotning interaktiv jihati nima?
4. Muloqotning perseptivtiv jihati nima?
5. Muloqot turlarini tushuntiring.
6. Muloqot qanday usullarda tashkil qilinadi?
7. Noberval muloqotning tahlil qilish qoidalarini tushuntiring.
8. Manipulyasiyaning salbiy va ijobiy jihatlari.
9. 
Psixologik effektlarning o‘zaro idrok etishdagi ta’siri.
10. 
Tinglash texnikasi va uning turlari, qoidalarini izohlang.
11. Guruh va unga qo‘yiladigan talablarni tushuntiring.
12. 
Referent guruh nima va uning qanday turlari mavjud?
13. Guruhlarning qanday turlarini bilasiz?
14. 
Psixologik moslik deganda nima tushuniladi uning qanday 
mezonlari mavjud?
15. 
Psixologik muhit deganda nima tushuniladi?
16. Sotsiometriya usuli qanday qo‘llaniladi?
17. Konformizm va uning sabab hamda oqibatlarini izohlang.
18. Fasilitatsiya va ingibitsiya hodisasini tushuntiring.


309
19. Liderlik va uning nazariyalari, uslublarini izohlang.
20. Liderning superliderga aylanish bosqichlarini tushuntiring.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə