Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Muloqotda manipulatsiya
Muloqot jarayonidagi manipulyasiyada suhbatdoshga ta’sir 
ko‘rsatib, uning xohishiga qarshi ravishda o‘z fikriga ko‘ndiriladi. 
Bunda biryoqlama ustunlikka erishiladi.
 
9.1.7-rasm
Manipulatsiya shakllari: ijobiy, salbiy, bevosita, bilvosita.
Manipulatsiyaning universal iboralari:
Men sizdan buni kutmagandim….
Sizning o‘rningizda men bunday qilmasdim 
Men ishonaman, bu qo‘lingizdan keladi 
Qobiliyatlaringiz sizga yordam beradi 
Men sizga ishonaman….
Siz tez fahmlay olasizku, qani bo‘ling!
Meni ogohlantirishgan edi, bu guruh/talaba…
Sizni ishontirib aytamanki…., To‘g‘risini aytsam…
294
Javob bermay qo‘ya qoling, ko‘zlaringiz sizni fosh etib turibdi 
Nutqda quyidagi so‘z iboralarining mavjudligi: agar…, bundan 
kelib chiqadiki, chunki, shu bilan birga…
Xushomad va maqtov
Nufuzli insonlardan havola: … ta’kidlaganidek,… aytganidek 
(olim, mutafakkir, avtoritet insonning nomi)
Men yana takrorlayman...
Men haqimda nima deb o‘ylayotganingizni bilaman...
9.2. Jamoa va guruh psixologiyasi
Bir vaqtning o‘zida shaxsga turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri 
bo‘lib, ma’lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta’siri 
sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sal kamroq bo‘ladi. 
Masalan, o‘quvchilik-yillarida maktabdagi o‘quvchilar guruhining 
ta’siri mahalladagi o‘rtoqlar davrasinikidan kuchliroq bo‘lishi, yangi 
xonadonga kelin bo‘lib tushgan qiz uchun yangi oila muhitining 
ta’siri talabalik guruhinikidan kuchliroq bo‘lishi tabiiy. Lekin har bir 
alohida daqiqada biz doimo ma’lum guruhlar ta’sirida bo‘larkanmiz, 
bunda guruhning o‘zi nima? 
Guruh
 – 
ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to‘plangan, 
muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasi bo‘lib, bunda 
ikkita asosiy mezon mavjud, ya’ni biror faoliyatning bo‘lishligi 
(muloqot, o‘yin, o‘qish, mehnat) hamda u yerda odamlarning o‘zaro 
muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
Referent guruh
– shunday odamlar guruhiki, ular har bir shaxs 
uchun ideal insonlar bo‘ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari
harakat normalari, g‘oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo‘ladi, 
harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi. Referent guruhlarning 
bir necha turlari mavjud:
1. Normativ guruhlar
– bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki, 
ularning normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha 
tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda oilani, diniy 
yoki milliy uyushmalarni, professional guruhlarni kiritish mumkin. 
Masalan, o‘zbek xalqi uchun dasturxon atrofiga o‘tirgan zahoti 


295
yuzga fotiha tortish, mezbonlarning mehmonlarga “Xush kelibsizlar” 
deyishlari norma hisoblanadi va har bir oilada shunday harakatlarga 
nisbatan ijobiy ustanovka shakllanadi. Bunda bola uchun referent 
rolini ota-onasi, kattalar, mahalladagi hurmatli insonlar o‘ynaydi.
2. Qiyoslash guruhlari
bu shunday guruhki, shaxs o‘sha 
guruhga kirishni, uning ma’qullashiga muxtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z 
harakatlarini yo‘lga solishda unga asoslanadi va korreksiya qiladi. 
Masalan, talabalar guruhida shunday yoshlar bo‘lishi mumkinki, 
shaxs ular bilan umuman muloqotda bo‘lmaydi, ularning fikrlari 
yoki qarashlarini yoqlamaydi, lekin bu guruh aynan o‘shalarga 
o‘xshamaslik va o‘z ustida ko‘proq ishlashga o‘zini safarbar qilish 
uchun kerak bo‘ladi, yoki talaba-yoshlar sessiya yakunlariga ko‘ra 
differensial stipendiya oladilar. O‘rtacha o‘zlashtiruvchi talaba uchun 
«hamma talabalar» oladigan stipendiya miqdorini nazarda tutib
o‘zini tinchlantiradi, a’lochi esa, o‘zinikini nafaqat oddiy, o‘rtachalar 
bilan balki, davlat stipendiyalarini oladiganlar bilan ham solishtiradi. 
Ko‘rsatgichlar qanchalik yuqori bo‘lsa, shunga mos da’vogarlik 
darajasi ham yuqori bo‘ladi, shaxsning qiyoslash guruhlari ham 
ortiqroq bo‘ladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə