Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tibbiyot psixologiyasi
– bemorlarning davolanishi, gigiyena, 
profilaktika, diagnostika jihatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi 
320
bo‘lib, unda tadqiqotlar tizimiga kasalliklarning kechishi, ularning 
shaxs psixologiyasiga ta’siri qonuniyatlari, insonning kasallikdan 
sog‘ayishiga mikroijtimoiy guruh ta’siri o‘rganiladi.
O‘yin faoliyati
– bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar 
yaratishni nazarda tutmasada, lekin uning jarayonida jamiyatdagi 
murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik 
andozalari taqlid qilish orqali bola tomonidan o‘zlashtiriladigan 
faoliyatdir.
O‘qish

faoliyati
– shaxs kamolotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.
Umumiy psixologiya
– umumiy psixologik qonuniyatlar, 
mexanizmlar, murakkab ichki bog‘lanishlar, nazariy va metodologik 
tamoyillar, ilmiy tadqiqot metodlari, psixikaning filo va ontogenetik 
o‘zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish 
jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan o‘rganadigan fan sohasidir. 
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi
– inson xotirasi, 
tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida 
psixologiyada keng qo‘llaniladi.
Faollik –
inson qandaydir faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir 
etishi va maqsadlarini amalga oshirishida obyektiv hamda subyektiv 
qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishidir. 
Fasilitatsiya 
– inglizcha 
«facililate» 
so‘zidan olingan bo‘lib, 
“yengillashtirmoq” degan ma’noni anglatib, o‘zgalarning borligi 
tufayli shaxs faolligining ortishi, ishining yengillashuvi va 
samaradorligi tushuniladi.
Frustratsiya
– doimiy stress oqibatida maqsadning yo‘q bo‘lib 
qolishi, rejaning izdan chiqish holatidir. 
Xayol –
inson ijodiy faoliyatining tarkibiy qismi sifatida talqin 
qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy 
mahsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, 
noma’lumlik alomatlari vujudga kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta 
ko‘rib chiqishni ta’minlash imkoniyatiga ega. 
Xarakter 
– ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi 
voqelikka va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan, 


321
muayyan sharoitda tipik xulq-atvor usullarini belgilab beradigan 
barqaror individual psixik xususiyatlar yig‘indisidir.
Xotira
– individning o‘z tajribasini esda olib qolishi (fiksatsiya), 
esda saqlashi (retensiya) va keyinchalik uni yana esga tushirishi 
(reproduksiya) yoki unutishi jarayoni.
His-tuyg‘u
– kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, 
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga 
nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə