Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Shaxs yo‘nalganligi
– psixologiyada ijtimoiylashuv jarayonida 
shaxs faoliyatini yo‘naltirib turadigan hamda real vaziyatlarga 
nisbatan turg‘un va barqaror motivlar majmuiga ega bo‘lish deb, 
ta’riflanadi. 
Shaxs
– muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi 
bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga 
kirishuvchi ongli individdir.
Ekzopsixika –
shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabati, 
shaxsga qarama-qarshi bo‘lgan barcha jihatlari, shaxslararo va 
obyektiv munosabati ifodalanadi.
Eksperimental psixologiya
– eksperimental metodlar yordamida 
psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. XIX asrning 
o‘rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental-
psixologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. V.Vundt eksperimental psixologiya-
ning fan sifatida ajralib chiqishiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan. 
Eksterioretseptiv sezgilar
– tashqi muhitdagi narsa va hodisa-
larning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari 
tananing sirtqi qismida joylashgan bo‘ladi.
Eksteriorizatsiya
– aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi 
harakatlarga yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishidir.
Ekstravertlik
 
– shaxs faoliyati va reaksiyasi ko‘p jihatdan 
favquloddagi tashqi taassurotlarga asoslangan holda munosabat 
ifodasidir.
Emotsiyalar 
– «hissiyot» («emotsiya») va «his-tuyg‘u» so‘zlari 
ko‘pincha sinonimlar sifatida qo‘llaniladi. «Emotsiya» so‘zini 
o‘zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy 
harakatlanish degan ma’noni anglatadi. 
322
Endopsixika 
– shaxs psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida 
psixik elementlar va funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligida aks etadi. 
Ehtiros
 
– uzoq davom etadigan va barqaror bo‘lgan emotsional 
holatdir. Kayfiyatdan ehtirosning farqi shundaki, ehtiros muayyan 
harakatga, muayyan obyektga muttasil intilishda kuchli sur’atda 
ifodalangan holatdir. Bular – ijobiy ehtiroslarga misol bo‘lib, odamni 
ulkan ijodiy faoliyat yo‘liga yetaklovchi kuchdir.


323

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə