Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/192
tarix26.05.2022
ölçüsü4,98 Mb.
#87985
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida ularning 
o‘zaro bog‘liqligi. 
Inson faoliyatining hamma asosiy turlari (mehnat, 
fan, san’at, o‘yin va sport) uning tevarak-atrof olamni va o‘z-o‘zini 
bilish bilan bog‘langan. O‘qish tevarak-atrofdagi olamni bilishning 
maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik qiladigan alohida 
turidir. Bu jarayonning mohiyati – bilim, ko‘nikma malaka va 
kompetensiyalarni hosil qilish, o‘quv fanlari mazmunini o‘zlashtirib 
olish va bilish kuchlarini rivojlantirishdir.
O‘rgatuvchilik faoliyati yoki o‘qitish, tahsil oluvchilarning o‘quv 
faoliyatini boshqarishdan iborat bo‘ladi va ularni mashg‘ulotlar uchun 
uyushtirishda, ularning diqqati, tafakkuri, xatti-harakati va hokazola-
riga rahbarlik qilishda, ular oldiga ularning faoliyatini tobora 
murakkablashtirilgan vazifalarni izchillik bilan qo‘yib borishda
ularni tekshirib borish kabilarda o‘z ifodasini topadi.
O‘quv faoliyati
yoki o‘qish bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib, tahsil oluvchilarning 
intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g‘ayratini talab etadi hamda 
ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi. O‘qituvchining oqilona biror 
maqsadga qaratilgan rahbarligi va tahsil oluvchilarning esa faol ongli 
ishtirokisiz, ta’lim jarayonida ijobiy natijalar bo‘lishi mumkin emas. 
Ta’lim jarayonining bu ikki tomoni (o‘qitish va o‘qish) bir maqsad: 
ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalangan holda 
o‘quv materialni egallab olish maqsadi bilan birlashgandir.
Ta’lim jarayoni qonuniyatlari.
Pedagogikada qonuniyatlar – bu 
qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy 
xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter 
berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni 
hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.


97
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi obyektiv, mavjud, 
barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi.
Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
− ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va dara ja si, 
jamiyatning talablari va imkoniyatlari, pedagogika fani hamda ama -
l i yo tining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda aniq-
lashtiriladi;
− ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari 
va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, tahsil 
oluvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining 
rivojlanish darajasiga asoslaniladi;
− ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi 
bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material xususiyati va 
hajmi, tahsil oluvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish, tahsil 
oluvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog‘liq;
− ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga, tahsil 
oluvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga, ta’lim muassasa-
sining moddiy-texnik ta’minotiga bog‘liq;
− ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqa-
larning intensivligi va korreksiyaga, ta’sir ko‘rsatishning asos-
langanligiga bog‘liq;
− ta’limda rag‘batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimul-
larning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liq.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə