Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Talabalarning kichik guruhlarda ishlashini tashkil etishga doir o‘quv



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/28
tarix25.08.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#120906
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
BLI Nodira

Talabalarning kichik guruhlarda ishlashini tashkil etishga doir o‘quv 
topshiriqlarini ishlab chiqish 
“O‘tkir Hoshimov asarlarida o‘zbek onasi obrazi” mavzusida esse yozing. 
Topshiriqni bajarish tartibi: 
1.
 
Mavzu yuzasidan o‘z nuqtai nazaringizni bayon eting. 
2.
 
Fikrlaringizni asoslash maqsadida asar matnidan misollar keltiring. 
3.
 
Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring. 
 
4-topshiriq 
Individual bajarishga mo‘ljallangan topshiriqlarni ishlab chiqish uchun 
mavzular: 
1. 
“O‘zbeklar” hikoyasida milliylikni ifodalashda obrazlarning ahamiyati.
 
2.
Iskandar obrazining voqealar rivojidagi o’rni. 
3.
Ermon buva va Habiba buvi obrazlarining o‘ziga xosligi.
4.
Yozuvchi asarlarida o‘zbekona to‘ylar tasviri.
Topshiriqni bajarish tartibi: 
1.
Mavzu yuzasidan o‘z nuqtai nazaringizni bayon eting. 
2.
Fikrlaringizni asoslash maqsadida dalillar kiriting. 
3.
Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring. 
5-topshiriq 
Talabalarning kichik guruhlarda ishlashini tashkil etishga doir 
topshiriqlarni ishlab chiqish 
“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi” metodi 
Talabalar o‘zlari tanlagan sevimli ranglariga ko‘ra 3 guruhga 
ajratiladi. Har bir guruhga bir asarni tahlil qilish va prezintatsiya bilan izohlab 
berish topshiriladi:
1 – guruh “O‘zbeklar” hikoyasidagi milliy xususiyatlarni tahlil qiladi.
2 – guruh “Dunyoning ishlari” qissasidagi milliy qadriyatlar va 
obrazlarni tahlil qiladi.


3 – guruh “Ikki eshik orasi” romanida milliy marosimlar va obrazlarni 
tahlil etadi. 
Natija:
1.
“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi” metodi orqali 
asarlardagi o‘ziga xosliklar tasniflanadi, ijodkor badiiy niyati aniqlanadi
sharhlanadi. 
2.
Tuzilgan matn asosida talabalar o`zaro bilimlarini solishtiradilar va tahlil 
qiladilar.
3.
Ushbu usul orqali o`qituvchi tomonidan berilgan yangi ma’lumotlarni 
talabalar chuqurroq anglaydilar va hosil bo`lgan bilimlari mustahkamlanadi.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari 
1.
Yozuvchi asarlarining mavzusi va g’oyasi.
2.
O‘.Hoshimov asarlarida yaratgan milliy va o‘ziga xos xususiyatlardagi 
farqlar, farqlanuvchi tomonlar. 
3.
Asardagi obrazlar xarakterlarida o‘zbek xalqiga xos xususiyatlar. 
4.
“Dunyoning ishlari” qissasidagi obrazlar haqida ma’lumot. 



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə