Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Psixologik tadqiqotlar natijalarini matematik-statistik qayta



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Psixologik tadqiqotlar natijalarini matematik-statistik qayta
ishlash metodlari
Tadqiqotdan olingan m a’lumotlarni (miqdoriy) tahlil qilish va 
tavsiflashga kirishishdan avval ularni umumlashtirish, bir tizim- 
ga solish va ixcham shaklga keltirish zarur. Buning uchun esa 
matematik statistika tushunchalarini albatta bilish va ular bilan 
ishlay olish talab qilinadi.
Odatda, o‘lchov natijalarini aks ettiruvchi sonlar statistikada 
variantlar deb ataladi va 
x 1
bilan belgilanadi. Barcha o‘lchovlar,
40


ya’ni o‘sib borish yoki kamayish tartibida joylashgan o‘lchovlar 
variatsion qatorni tashkil qiladi. Variatsion qator tarkibida tak- 
rorlanadigan o'lchovlar soni chastota deyiladi.
Masalan, tadqiqotchi «Sening fikr va qarashlaring sinfdosh- 
laringniki bilan ko‘pincha mos keladimi?» kabi anketa savoliga 36 
o'quvchidan javob olingan deylik. Bunda 5 xil javob ko‘zda tutil- 
gan: «har doim», «ko‘pincha», «ba’zida», «kamdan kam», «hech 
qachon». Agar har 1 javob varianti uchun son belgisi berilsa («har 
doim» — 5, «ko‘pincha» — 4, «ba’zida» — 3, «kamdan kam» — 2, 
«hech qachon» — 
1
).
Hamda sonlarning kamayib borish tartibi bo‘yicha bir qator- 
ga joylashtirilsa, biz quyidagicha variatsion qatorga ega bolam iz: 
555555444444444333333333333222222211 
Olingan ma’lumotlarni qayta ishlash oson bo‘lishi uchun jad- 
val shakliga keltiramiz:
Anketa savollariga o‘quvchilar bergan javoblaridan chastota 
bo‘yicha taqsimlanishi.
1-jadval

з 

Variantlar
Chastota
1.
H ar doim
6
2.
K o'pincha
9
3.
Ba’zida
12
4.
K am dan kam
7
5.
H ech qachon
2
Jam i
36
Chastota bo‘yicha jadvalda keltirilgan m a’lumotlarni grafik 
shakliga keltirish mumkin. Bunda grafik tuzish 2 yo‘l bilan amal­
ga oshirilishi mumkin. Gorizontal chiziqqa variantlar, vertikal 
chiziqqa ular chastotasi joylashtirib, shtrix chiziq bilan birlashtir- 
sak, chastotalar poligoni egri chizig‘iga ega bolam iz.
Tadqiqotdan olingan ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun 
o‘rtacha arifmetik qiymat, moda va medianani hisoblash zarur. 
0
‘rtacha arifmetik qiymat olingan natijalar yig‘indisini topib, uni 
variatsion qator a’zolari soniga bolish orqali hisoblab chiqiladi:
41



Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə