R r e e f f e e r r


Milliy istiqlol g'oyasidan kutilgan maqsad nima?



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix15.06.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#89550
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3- v guruh talabasi

Milliy istiqlol g'oyasidan kutilgan maqsad nima? 
"Maqsad degani - xalqni, mtllalni birlashtiruvchi, yo'lga boshlovchi bamisoli bir 
bayroq. Bu bayroq butun O'zbekiston xalqining ruxini, g'urur-iftixorini, kerak 
bo'lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug' kuchdir... Toki bu 
maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo'limizda yengilmas bir kuchga 
aylansin". 
I.A. Karimov. "Tafakkur" jurnali. 1998 yil, 2-soni. 
I. A. Karimov jamiyat mafkurasini qanday tushunasiz degan savolga quyidagicha 
javob berdi:"Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va 
mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko'zlagan 


29 
va uning dunyodagi o'rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, 
kechagi va ertangi kun o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishga qodir g'oyani men 
jamiyat mafkurasi deb bilaman". 
I. A. Karimov. "Tafakkur" jurnali. 1998 yil, 2-soni. 
Milliy mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga 
chiqishi kerak? "Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning 
tayanchi bo'lmish, oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda otishi, xalqimizning 
bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g'ayrat 
manbayi bo'lishi lozim". 
I. A. Karimov. "Tafakkur" jurnali. 1998 yil, 2-soni. 
Prezident I. A. Karimov suxbatda "Xo'sh, milliy g'oya, milliy mafkura nimalarni 
o'zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?" degan 
savolni qo'yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy axamiyatga molik fikr-
muloxazalarni, vazifalarni ilgari suradi: milliy mafkura, avvalambor, o'zligimizni, 
muqaddas an'analarimizni anglash tuyg'ularini, xalqimizning ko'p asrlar davomida 
shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'yilgan oliy maqsad va 
vazifalarni qamrab olishi shart jamiyatimizda bugun mavjud bo'lgan xilma-xil 
fikrlar va g'oyalar, erkin qarashlardan, ular qanday toifalar va guruxlarning 
intilishlari va umidlaridan, xar qanday insonning e'tiqodi va dunyoqarashidan 
qat'iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, 
xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk 
maqsadlar sari chorlaydigan yagona g'oya - mafkura bo'lishi kerak, milliy 
mafkuramiz xar qanday millatchilik va shunga o'xshagan unsurlardan, boshqa elat 
va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli 
bo'lib, qo'shni davlat va xalqlar, umuman jaxon xamjamiyatida, xalqaro maydonda 
o'zimizga munosib xurmat va izzat qozonishda poydevor va raxnamo bo'lishi 
darkor; milliy g'oya birinexi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga 
sadoqat ruxida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik 
fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo'lishi zarur; 
beshinchidan, u Vatanimizning shonli o'tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog'lab 
turishga, o'zimizni ulug' ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb xis 
qilish, shu bilan birga, jaxon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa 


30 
yo'l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da'vat qiladigan g'oya bo'lishi 
kerak. 
Jamiyat ma'naviyatini yangilash va yanada yuksaltirish bugungi kunda xam 
mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib turibdi. 
Yurtboshimiz o'zining "O'zbekiston 21 asrga intilmoqda", "Ozod va obod Vatan, 
erkin va farovon xayot - pirovard maqsadimiz" ma'ruzalarida isloxotlarning yangi 
bosqichida ma'naviyat soxasidagi vazifalarni asoslab berdi. 
"Ma'naviyat soxasidagi eng asosiy vazifamiz milliy qadriyatlarni tiklash, 
o'zligimizni anglash, milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas 
dinimizning ma'naviy xayotimizdagi o'rnini va xurmatini tiklash kabi mustaqillik 
yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi 
bosqichga ko'tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir". 
Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo 
bo'lgan bo'shliq vaziyatida begona g'oyalarning O'zbekistonga xuruji kuchaydi. 
Bunday mafkuraviy ta'sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish 
kerak?"Buning yo'li - odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-e'tiqodini 
muslaxkanilash, irodasini baquvvat qilish, ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan 
barkamol insonlar etib tarbiyalash... Farzandlarimiz yuragida ona-Vatanga, boy 
tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror 
toptirishimiz, ta'bir joiz bo'lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz 
zarur". I. A. Karimov. "Donishmand xalqimizning mustaxkam irodasiga 
ishonaman". "Fidokor" gazetasi. 2000 yil 8 iyun. 
SHunday qilib, Islom Karimov O'zbekistonning milliy istiqlol g'oyasini 
yaratish tashabbuskori va ijodkori bo'ldi. Ma'nomazmuni ozod va obod Vatan, 
erkin va farovon xayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq 
farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy xamkorlik, millatlararo 
totuvlik va dinlararo bag'ri kenglikni ta'minlash kabi insonparvar tamoyillarni 
o'zida uyg'unlashtirgan milliy istiqlol g'oyasi shakllandi.Mamlakatimizda milliy 
istiqlol g'oyasining asosiy tamoyillari ta'lim muassasalari, ommaviy axborot 
vositalari, adabiyot va san'at, maxallalar va mexnat jamoalari tomonidan odamlar 
ongi va qalbiga singdirilmoqda. Barcha ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga 
"Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" fanini o'qitish joriy etildi. 
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, 
qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga bo’lgan qiziqishi ortib bormoqda. 


31 
Bu – tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib 
voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Hozir 
O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki 
umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bio’lganini butun jahon tan olmoqda. 
Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozil-u fuzalolar, olim-u 
ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy 
bilimlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan Ota-
bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, diniy, ahloqiy, ilmiy 
qarashlarini o’zida mujassam etganbu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri 
keldi. Chunki, o’zingizga ma’lum, sho’rolar zamonida tarixiy haqiqatni 
rag’batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan 
manbalar xalq ko’zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. Ahvol shu darajaga borib 
yetdiki, o’z tariximizni o’zimiz yozish huquqidan mahrum bo’lib qoldik. “SSSR 
tarixi” deb atalgan darslikda O’zbekistonday mamlakatga 3-4 sahifa o’rin berilib, 
tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar haqida noxolis fikrlar ayilgan yoki umuman, 
lom-mim deyilmasdi. Fandagi bunday soxtakorlik, ko’z bo’yamachilikni bugun 
eng olis qishloqda yashayotgan fuqaro ham, maktab o’quvchisi ham yaxshi biladi. 
Endi, mustaqillik tufayli yaqqol namoyon bo’layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, 
o’zligini anglashga chanqoqligining tub sabablari mana shunda, deb o’ylayman. 
Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy 
mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yartilmoqda. Ommaviy axborot 
vositalari ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ’ib qilayotgani, suhbatlar, 
muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo’layotgani diqqatga sazovor. 
Yoshlarning Vatan, millat taqdiri uchun o’zlarini ma’sul sezib, bu bahslarda 
daxldorlik tuyg’usi bilan ishritok etayotganini meni, ayniqsa, quvontiradi.Endi ikki 
og’iz og’iz so’z ommaviy axborot vositalari oraqali tarix mavzusini yoritish 
haqida. Bizning matbuotimiz, televideniyamiz ham tarixga oid maqolalar chop 
etganda, ko’rsatuvlar tayyorlanganda bir kishining fkirini yagona haqiqat sifatida 
qabul qilinishiga yo’l qo’ymasligi darkor. Muayyan masalada turli fikrlarni berish, 
bahs orqali haqiqat oydinlashuviga erishish lozim. Tarixiy voqealarni, shaxslar 
faoliyatini izohlash yo’li bilan odamlarni asl haqiqatdan ogoh etishimiz kerak. 
Chunki, biz shakllantirayotgan jamiyatimiz mafkurasi ham tarix buloqlaridan 
oziqlanadi. Yana bir muhim masala shuki, men “Tafakkur” jurnalidagi suhbatda 
ta’kidlaganimdek, siyosatda ham, ijtimoiy hayotda ham vacuum – bo’shliq paydo 


32 
bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Ya’ni, agar o’z g’oyang bo’lmasa, o’z 
davlatimiz, xalqimiz, millatimiz tarixni o’zimiz tiklamasak, o’zimiz xolisona 
yozmasak, uni boshqalar boshqacha qilib yozadi. Yozish bilan cheklansa mayliku-
ya, bizni, o’sib kelayotgan avlodni, hatto olimlarimizni ham yo’rig’iga solishga 
harakat qiladi. Men qaysi xalq qayerdan kelib chiqqan, kimning tarixi ko’hnaligi 
xususida bahs yuritish, bu borada bir millatni boshqa bir millatga qaram-qarshi 
qo’yishga mutlaqo qarshiman. Bu narsa bizga also kerak emas. Faqat bizning 
dalvlatmiz tarixini yoritishda o’zga g’oya humronlik qilishga yo’l qo’yib bermaslik 
bo’lmasligini ta’kidlamoqchiman. Bu masalada, ya’ni uzoq o’tmishimiz, tarixiy 
tomirlarmiz bo’yicha o’z mustaqil fikrimizga ega bo’lishimiz shart. Tarixchi 
olimlarimiz, ilmiy muassalarimiz oldida turgan dolzarb vazifa shundan iborat.
XULOSA 
O`zbekiston va u bilan birga markaziy osiyo mintaqasidagi boshqa davlatlar 
kechirayotgan murakkab g`oya keskin muammolar xafsizlik rivojlanishni 
ta`minlash barqarorlik va sobitqadamlik muammolari xaqida gapirish zarurati bomi
Yosh kelajak avlodlar bizdan shu o`lkani shu muqaddas zaminni yana ham 
boy kuchli va qudratli xolda qabul qilib olishlari uchun milliy mafkura va g`oyaviy 
dunyoqarashni shakillantirish lozimki buda biz buyuk ajdodlarimizga nisbatan 
qanday minnatdorchilik tuyg`usini xis etayotgan bo`lsak o`g`il-qizlarimiz kelajak 
avlodlar xam biga nisbatan shunday minnatdorchilik tuyg`ularini xis etishlari 
uchun lozim bo`lgan hamma ishni qilish fuqorolik burchimizdir
Ayni chog`da men ana shu hissiyot bilan birga har birimiz xalqimizga o`z 
mehnati bilan mamlakatimizni milliy mafkurasini va g`oyasini shakillantirishda 
o`z hissasini qo`shgan kishilarga samimiy minatdorchiklik tuyg`ularini his 
etishimizni juda-juda istar edim
Prizdentimiz I.A.Karimov tarixning ahamiyati xaqida maxsus ta`kidlab 
o`tadilar; Milliy mafkurani shakillantirishdagi eng kata manba bu xaqqoniy 
yoritilgan tarixdur. Tarixni bilmay turib mafkuraning falsafiy negizlarini anglab 
bo`lmaydi. 
Yurtboshimiz 
xalqimizning 
tarixiy-madaniy 
an`analari 
va 


33 
insonparvarlik qadiryatlari asosida tarkib topayotgan milliy istiqlol mafkura 
zaruriyatni assoslab uning moxiyatini ochib beradi.
O`zbekistonning barcha fuqorolari manfaatlariga xizmat qiladigon milliy 
g`oya mamlakatimizni bugungi va istiqboldagi tarraqiyoti uning rivoji va gullab 
yashnashi bilan uzviy bog`landi. Bu xar bir fuqaro butun jamiyatning faol xarakat 
qilishining taqqazo etadi zero ular respublika mustaqilligi belgilab bergan maqsad 
va vazifalarini ro`yobga chiqarish uchun safarbar etiladilar. Mustaqillik mafkurasi 
erkin jamiyat ko`rishining ma`naviy asoslarini ko`rsatib beradi bunday erkin 
jamiyat barcha fuqorolarning orzu-istagidir. Kishilar ongidagi bunday intilishning 
shakllanishini ham mafkuraning integratsiya birlashtiruvchi vazifasi belgilaydi. Bu 
borada tarixiy ongni shakillantirishning ahamiyati beqiyosdir. Xuquqiy davlatning 
va demakratik jamiyatning shakillanishda gumanitar ta`lim muxum o`rin tutadi.


34 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
I.A.Karimov – “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Toshkent “Sharq” 1998 
2. 
I.A.Karimov – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008 
 
3. 
A. Sa’diyev – “ Maktabda tarix o’qitish metodikasi” Toshkent. “O’qituvchi” 1988 
4.
T. Toshpo’latov, Y.G’afforov – “Tarix o’qitish metodikasi” Toshkent 2002 
5.
I. A. Karimov. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent. O‘zbekiston;
1992 yil, 23 - bet. 
6.
Internet ma’lumotlari
 

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə