R r e e f f e e r r


Mafkuraning falsafiy ildizlari deganda



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix15.06.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#89550
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3- v guruh talabasi

Mafkuraning falsafiy ildizlari deganda
, uning falsafa ilmi xulosalariga 
asoslanishi nazarda tutiladi. Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir.
Bu haqda Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «dunyoviylik», ayrim 
aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz 
bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz»
1
. Darhaqiqat
yaqin 
o‘tmishimizda - dahriylik siyosati hukmronlik qilgan, diniy qarashlar va qoidalar 
xurofot deb atalgan. Diniy aqidaparastlar esa dunyoviy ilmlarni dahriylik, 
xudosizlik deb insonni e’tiqodidan ayirishga urindi.
Mafkuraning diniy ildizlari
- inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog‘liq 
ekani va shu bois uning g‘oyaviy ildizlari diniy ta’limotlariga borib taqalishi 
tushuniladi. YA’ni, ko‘pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, Injil va 
qur’on kabi kitoblarda zikr etilgan ezgu g‘oyalar muayyan darajada o‘z ifodasini 
topganini ko‘ramiz. Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g‘oyalar, 
mafkuralar bilan bog‘liqligiInsoniyat tarixidan ma’lumki, er yuzida dastlabki 
odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi 
ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va 
mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «CHunki, 
mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning 
intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi». Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir 
2
Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни - халқ, миллатни - миллат қилишга хизмат этсин. -
Т.: «Ўзбекистон», 1998, 11- бет
1
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. -Т., 
«Ўзбекистон», 2000, 26 - бет. 


15 
davlat, xalq, jamiyatning o‘ziga xos g‘oyasi va mafkurasi bo‘lgan. CHunki 
jamiyatning, xalqning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda 
jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g‘oyasi va mafkurasi 
bo‘lmasa u muqarrar ravishda halokatga mahkum bo‘ladi.
 
G‘oya, mafkura jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi bo‘lib, busiz jamiyat 
o‘z yo‘lini yo‘qotadi. «Maqsad degani,- deb yozgan edi Prezident I.A.Karimov, - 
xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq 
butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa qudratini, orzu-
intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning
el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan 
hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-
millat qila bilsin, qo‘limizda engilmas bir kuchga aylansin»
1

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, o‘zbek tom ma’noda bunyodkordir, 
do‘ppisida suv tashib bo‘lsa ham daraxt ko‘kartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik 
yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ma’naviy sohalarda 
amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari bunyodkorlik ishlariga 
yorqinmisol bo‘ladi.

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə