R r e e f f e e r r


 G‘oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati



Yüklə 402,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix15.06.2022
ölçüsü402,5 Kb.
#89550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 3- v guruh talabasi

2. G‘oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati. 
 
Uyushtirish, safarbar etish, tarbiya va yot va zararli g‘oyalarga 
nisbatan immunitetni shakllantirish, ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish. Ozod 
va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida keng jamoatchilikda 
millatparvarlik, o‘zligini anglash va qadrlash, fidoiylik, komil insonga xos 
fazilatlarni shakllantirish. Milliy istiqlol g‘oyasi ko‘p millatli O‘zbekiston 
xalqining ezgu g‘oya, asriy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini o‘zida aks 
ettirishi. 
G‘oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati Inson va jamiyat hayotida 
muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi. 
Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat 
hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi jamiyatda qanday g‘oyalar 
hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi kimlarning ya’ni 
qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan 
bog‘liqdir. 
G‘oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
Inson o‘zining aql – zakovati, iymon – e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa 
barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.Inson tafakkuri voqelikni idrok etish 
mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak, 
birinchidan,
g‘oya inson tafakkurining mahsulidir. 
Ikkinchidan,
g‘oya oldin mavjud bo‘lmagan o‘zida yangilikni tashuvchi fikrdir. 
Uchinchidan,
oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, 
mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» 
tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda 
rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan 
olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr 


12 
ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea- g‘oya. Tushuncha, iogos – ta’limot) atamasi 
esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi. 
- g‘oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi 
va ilmiy soha hisoblanadi; 
- muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari 
tizimini anglatadi. 
Sog‘lom va nosog‘lom, ezgu hamda yovuz, bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalar 
bo‘lishi mumkin. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi 
tafakkurda paydo bo‘lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. 
Ularning ishonchi va e’tiqodiga aylanib, e’tirof etilganligini bildiradi, inson (va 
jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi.

Yüklə 402,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə