Referat bajardi: Quvondiqov Furqat Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish



Yüklə 42,62 Kb.
səhifə6/9
tarix19.05.2023
ölçüsü42,62 Kb.
#111484
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Referat bajardi Quvondiqov Furqat Moliyaviy Rejalashtirish va t

Bu Moliyaviy Rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va Moliya tizimining boshqa bо‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, nobyudjet fondlar, sug’urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul mablag’lari tarkibida Rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy Rejalashtirishning balans myetodi mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida Moliyaviy resurslar defisitini aniqlashga, barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar о‘rtasida mablag’larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha Moliyaviy Rejalarni yagona tizimga birlashtiradi. Uning kо‘rsatkichlari byudjet va kredit Rejalarini, Shuningdyek boshqa Moliyaviy Rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.

Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va xarajatlarining balansi - davlatning yig’ma Moliyaviy balansi (Moliyaviy resurslar balansi) bevosita bog’langandir. Unda naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati о‘z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari о‘zining manbasiga kо‘ra quyidagi uch guruhga bо‘linadi:
ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mо‘ljallangan mablag’lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan sosial xarakterdagi tо‘lanmalar;
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga ishtirok etish, shaxsiy mulk bilan opyerasiyalar va Moliya-kredit opyerasiyalaridan olinadigan daromadlar;
sosial transfyertlar - davlat pyensiyalari, nafaqalar, stipyendiyalar va Shunga о‘xshashlar.
Xuddi Shuningdyek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bо‘ladi:
istye’mol xarajatlari;
soliqlar, boshqa majburiy tо‘lovlar va ixtiyoriy badallar;
pul tо‘planmalari va jamg’armalar.
Moliyaviy Reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pyensiya ta’minotining о‘sganligi, tovarlar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tuShumlari, kredit resurslarini Rejalashtirish uchun muhim rol о‘ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va Moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.


Yüklə 42,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə