Reja; Tafakkur operatsiyalari



Yüklə 463,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü463,09 Kb.
#153538
1   2   3   4   5
Tafakkur operatsiyalari shakllari

3.Tafakkur shakllari
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. 
Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va 
tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Hukmlar Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida 
tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Hukmlar ob'ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato 
bo’ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq 
bo’lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib 
berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib 
ko’rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini 
o’tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin 
hukmlardir. Chunki elektr tokini o’tkazish qizdirilganda kengayishi 
metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq 
qilib ko’rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir 
tashqarida yomg’ir yog’yapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan 
misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror 
hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi 
turlarga bo’linishi mumkin:
• Hukmlar sifatiga ko’ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;
• Hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juz'iy, xususiy va umumiy 
hukmga;
• Hukmlarning munosabatiga ko’ra: shartli, ayruvchi, va qat'iy 


hukmlarga;
• Hukm taxminiy ko’rinishga ega bo’lishi ham mumkin. 
Xulosa chiqarish
Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog’lanishi natijasida hosil bo’lgan 
yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. 
Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan 
biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. 
Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat 
shaklidir, degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan, demak 
issiqlik materiya harakatidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda 
birinchi hukm hamisha umumiy hukm bo’lib, ikkinchi hukm yakka 
hukm bo’ladi. Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, mulohaza 
yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning 
asosiy shakli sifatida namoyon bo’lgan oldingi ikki hukmga asoslanib, 
uchinchi hukm chiqariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib 
ko’rishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Shu sababdan xulosa 
chiqarishda fikr o’rtasidagi shunday bog’lanish natijasida bir yoki 
undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm keltirib chiqariladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo’linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy 
usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy 
hukmga o’tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o’rganish asosida 
umumiy qonun va hoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini 
o’tkazadi, po’lat elektr tokini o’tkazadi, mis elektr tokini o’tkazadi, 
ruh elektr tokini o’tkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini 
o’tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz. Deduktiv xulosa 
chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz'iy hukm 
keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini 
o’tkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini 
o’tkazadi. Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, 
bunda biz ikki predmetning ba'zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu 
predmetlarning boshqa belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa 
chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash 
bo’lgan ba'zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa 


chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan xulosa chin
taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday 
shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz'iy ikki 
yakka hukmlarga asoslanib, juz'iy yoki yakka hukm keltirib 
chiqaramiz. Masalan, bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza 
yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular 
sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu bolaning mulohazasini tahlil 
qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda taraqqiy 
etganligini shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib 
kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib 
kelganlar, deb xulosa chiqaradi. Shunday qilib, analogik yo’l bilan 
xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar to’g’risidagi bilimlar 
o’zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabhalarida undan 
foydalanib turiladi. Tushunchalar Tafakkur tushunchalar shaklida 
ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng 
muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. 
Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning 
mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to’g’ri 
keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan 
bo’lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi 
ekani qayd qilinyapti.
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi 
jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi 
o’qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida 
tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga 
nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz bo’ladi.
Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt 
tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador 
tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, 
qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy borliqdagi narsalardan fikran 
ajratib olingan ba'zi xususiyat, sifat, holatlarga, shuningdek narsalar 
o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan 
tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, og’lik, uzunlik, 
balandlik, kenglik, harakat, yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar 
va hokazo. Tushunchalar ko’lami jihatidan 3 turga: yakka 


tushunchalar, umumiy tushunchalar va to’planma tushunchalarga 
bo’linadi. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi 
tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo 
Ulug’bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo’ladi. Yakka 
tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq 
obraz mavjud bo’ladi.

Yüklə 463,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə