|
![](/i/favi32.png) S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)Dorivorlik xususiyati:
Xalq tabobatida kovulning yer ustki qismi, mevasi va ildizi ishlatiladi.
Yer ustki qismi o‘simlik gullagan vaqtda yig‘iladi va soya yerda quritiladi. Gulini o‘simlik
to‘liq gullaganda, mevasini - yetilganda teriladi. Guli soyada, mevasi esa ochiq havoda
quyoshda quritiladi. Kovul ildizi erta bahorda yoki kcch kuzda kovlab olinadi, suvda yuvib,
tuproqdan tozalanadi va quyoshda quritiladi.Kovulning yer ustki qismi tarkibida 0,32% rutin,
kversetin, 150 mg% gacha S vitamin, staxidrin, tioglikozid, saponinlar, bo‘yoq moddalar,
mevasida-36% gacha qandlar, 25-25,6mg% S vitamini, 1,46% flavonoidlar, tioglikozid;
urug‘ida 25-36% yog‘; ildizida - 1,2% alkaloidlar (staxidrin); 0,44% flavonoidlar, 4,5% qand,
kumarinlar va boshqa biologik faol moddalar bor . Abu Ali ibn Sino kovul o‘simligini nafas
qisishi, me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun hamda og‘riq qoldiruvchi, yaralarni
tuzatuvchi va gijja haydovchi vosita sifatida qo‘llagan. Xalq tabobatida ildizidan tayyorlangan
qaynatma shamollaganda, falaj, sariq, bod, taloq kasalliklarini davolashda, yer ustki qismi
damlamasi mc’da-ichak kasalliklari, yaralar va astmani davolashda, siydik haydovchi vosita
sifatida qo‘llaniladi. Gulining shirasi bilan yaralar davolanadi, meva qaynatmasi milkni
mustahkamlash, tish og‘rig‘ini qoldirish, bavosil va boshqa kasalliklami davolash uchun
ishlatiladi. Ildizining nastoykasi va qaynatmasi qon ivishini tezlatish tasiriga ega.
Tur.
Tikonakli kovul -Capparis spinosa L
.
kovuldoshlar oilasiga mansub yarim buta. Poya va
shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli yirik, oq yoki och pushti. Mevasi qizil etli, koʻp
urugʻli.
Mevasi-ko‘p urug‘li, dukkak shaklli ko‘sakcha. Aprel-iyun oylarida gullaydi va mevasi
pishadi
. Qrim, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Shim. Afrika va Oʻrta dengizning toshloq yerlarida koʻp
tarqalgan. Janubiy Yevropada ekiladi. K.ning gʻunchasi, mevasi sirkalab yoki toʻzlab ovkatga
solinadi. Mevasida 18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor. Cho‘l va adirlarda, yo‘l bo‘ylarida,
devorlar ustida, ekinlar orasida o‘sadigan kovul ko‘p urug‘li rezavor bo‘lib, mevalari etdor,
uzunligi 2 smga boradi. Iyul-avgust oylarida urug‘lari pishadi. Bu dorivor o‘simlikning
mevalari tarkibida saponinlar, alkaloidlar, 32,9 foiz uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3,75
foiz moy, ildiz po‘stlog‘ida staxidrin alkaloidi mavjud.Kovul yoki kavar o‘simligi tabiiy holda
O‘rtayer dengizi, Yevropa janubida, Kavkazda, O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda,
Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu o‘simlik Fransiya, Ispaniya, Italiya , Gretsiya va
Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan bo‘lib, landshaftlarning bezagi hisoblanadi.
O‘simlikning nomi Erondagi Dashti-Kavir cho‘li bilan bog‘liq holda atalgan. Chunki kovul bu
hududlarda eng ko‘p uchraydigan o‘simlik sifatida ajralib turadi.
Oʻzbekistonning barcha
viloyatlarida uchraydi, asosan kovul yoʻl boʻylarida, togʻoldi adirlarida, aholi yashash
punktlarida, temir yoʻl boʻylarida oʻsadi. Oʻsimlikning madaniy plantatsiyalarini tashkil etish
uchun iyul-noyabr oylarida oʻsimlikningpishib yetilgan mevalari terib olinib, urugʻlari ajratilib
olinadi.
Kovul dorivor o‘simlik bo‘lishi bilan bir qatorda oziq-ovqatda ham ishlatiladi. Kovulning
g‘unchali novdalari, g‘unchalari, rivojlanayotgan mevalari sirka kislotasida marinovat qilinadi
68
hamda oziq-ovqatda «kaperslar» nomi bilan mashhur dori-darmon ko‘rinishida foydalaniladi.
Hindular kovulni kobra, kabra yoki kabarra nomlari bilan atashadi hamda o‘simlik organlari
qo‘shib tayyorlangan oziq-ovqatlarni yoqtirib iste’mol qilishadi. Tabobatda pishgan mevasi,
barglari, novda va ildiz po‘stlog‘i ishlatiladi. May-avgust oylarida ochilmagan g‘unchalari,
barglari terib olinadi. Shu bilan birga yosh, yog‘ochlasha boshlagan novdalari va ildizining
po‘stlog‘i shilib olinadi, maydalanadi hamda quyoshda yoki 50-60ºS haroratda quritiladi.
Po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama ishtaha ochuvchi ta’sirga ega. Xalq tabobatida yiringli
yaralarni davolash uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|