S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Turkum.  Qovun (Melo Hill.) - Дыня  Tur. Itqovun ( Melo. agrestis)



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Turkum. 
Qovun (Melo Hill.) - Дыня 
Tur. Itqovun ( Melo. agrestis)
yovvoyi, begona o‘tlar jumlasiga kiradi. Bir yillik
o‘simlik bo‘lib, palagi boshqa o‘simliklarga chirmashib o‘sadi. Mevasi olxo‘ridek mayda
qovun bo’lib, hidsiz, taxir yoki nordon mazali bo‘ladi. Markaziy Osiyo Eron va 
Afg‘onistonda uchraydi. Poliz sabzovot, tokzor va paxtazorlarda begona o ‘t sifatida
o‘sadi. Poliz ekinlarida madaniy nav qovun tarvuzlar bilan chatishib ularning nav sifatini 
buzadi. 
Itqovun - Melo agrestis
Dorivorlik xususiyati:
Oddiy eshakbodring qovoqdoshlar oilasiga mansub, poyasining 
uzunligi 20-50 sm ga etadigan, palak otib o‘sadigan bir yillik o‘t. Tibbiyotda yer ustki qismi va 
mevasi ishlatiladi. Tarkibida glikozidlar (elateritsin A, V va boshqalar), alfa va beta-elatrinlar, 
vitaminlar, oz miqdorda alkaloidlar va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida mevasi istiqo, 
chaqaloqlarning sarg‘aymasida, o‘zgaruvchan isitma, bod, podagra, nevralgiya, bavosil va 
boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Kuchli surgi, gijja va siydik haydovchi vosita 
sifatida qo‘llaniladi. O‘simlikning surgi, shuningdek, rakka qarshi ta’sir ko‘rsatishi uning 
tarkibida elaterinlar bo‘lishiga bog‘liq. Lekin u zaharli bo‘lib, ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa, 
qustiradi, qorin og‘ritadi va yurak urishini tezlatadi. 
Turkum. 
Bodring (Cucumis L.) - Огурец 
Bularning 30 ta turi bo‘lib, 1-yillik o‘simliklar hisoblanadi. Mevasi cho‘zinchoq va har xil 
yirik -maydalikda bo‘ladi. Afrika va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Vatani Shimoliy sharqiy
Hindiston boiib hisoblanadi. Yovvoyi holda o‘sadigan bodring turi uchramaydi. U uzoq
yillardan buyon ekib kelinadi. MDH hududida keng tarqalgan. 


65 
Ekma bodring- Cucumis sativus L 
Tur. Ekma bodring
- Cucumis sativus L. Bodring - bu qovoq oilasiga mansub bir yillik 
o‘simlik. Uzunligi 2,5 m gacha yetadigan palak otuvchi o‘simlik. Barglari poyada navbatma-
navbat, joylashgan, 3-5 ga bo‘lingan, kamdan-kam hollarda butun. Bir jinsli sariq gullar, yakka 
barglar qo‘ltig‘ida joylashgan. Meva cho‘zinchoq, ko‘p urug‘li, suvli qovoqmeva. Aprel-avgust 
oylarida gullaydi, may-sentyabrda meva beradi. Ekma bodring O‘zbekistonning barcha 
hududlarida keng tarqalgan.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə