S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

Dorivorlik xususiyati. 
Tarvuz - xalq tabobatida diuretik, jonlantiruvchi dori sifatida 
ishlatiladi. U ishtahani kuchaytiruvchi, o‘t toshlarini davolashda, yurak-qon tomir tizimi va 
siydik chiqarish organlari kasalliklarida tavsiya etiladi.
Kovuldoshlar (Capparaceae)oilasi. 
Bu oila 45 ta turkumga oid 850 tur kiradi. Ular tropik va 
subtropik hamda issik iqlimli hududlarda tarqalgan. O‘zbekistonda 2 ta turkumga mansub 6 turi 
o‘sadi. Chiqib kelishi jihatidan kovullar gunafshadoshlarga yaqin turadi. 
 
Sistematikasi 
Bo‘lim
. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simlikIar (Magnoliophyta yoki
Angyospermae) -Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf).
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar)(Magnoliopsida yoki Dicotyledones)
- Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha) -
Dalachoykabilar (Dillemidae) 
-
Диллениевые
 
Qabila. 
Kovulnamolar (Capparales) 
-
Каперцовые
 
Oila. Kovuldoshlar 
(Capparaceae Juss.) 
-
Каперцовые
Turkum. 
Kovul (Capparis L.) - Каперцы
Tur. Kovul (Каперцм колючие) - 
Capparis spinosa 
L. 
Kovul kavardoshlar - 
Capparidaseae 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 2,5 m gacha yetadigan sershox tikanli, yer bag‘irlab o‘suvchi 
poyali ko‘p yillik lianasimon o‘t o‘simlik. Barglari yumalnq, teskari tuxumsimon yoki 
ellipssimon bo‘lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida ketma-ket o‘mashgan. Oq rangli, 


67 
yirik to‘rt bo‘lakli gullari uzun bandi bilan barg qo‘ltig‘iga joylashgan. Mevasi ko‘p urug‘li, 
teskari tuxumsimon, sershira bo‘lib, ho‘l mevaga o‘xshab ketadi. Kovul may-iyun oylarida 
gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Markaziy Osiyo, Qrim, Kavkazda dalalarda, adirlarda, 
yo‘l 
bo‘ylarida, 
ariq 
va 
kanallarning 
qirg‘oqlarida, 
tepaliklarda, 
ba’zan 
ekinzorlarda o‘sadi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə