T o sh k e n t d a V l a t iqtisodlyot universiteti sa m a r q a n d iq t iso d iy o t va servis


 Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/418
tarix22.03.2024
ölçüsü4,01 Mb.
#183992
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   418
avtotransport korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralarini tashkil qilish hisobi.305-page

1.2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari
Q urilish tashkilotlari o ‘z faoliyatini x o ‘jalik hisob-kitobi asosida 
yurituvchi, ya’ni o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlovchi, oigan daromadlari 
evaziga barchaxarajatlarini qoplovchi va pirovard natijada foyda oluvchi 
korxonalar sifatida buxgalteriya hisobining muhim subyektlari b o ‘lib 
hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari xo‘jalik faoliyatining turlari, ulami tashkil 
qiluvchi jarayon va muomalalar, erishilgan moliyaviy natijalar, shuningdek 
xo‘jalik faoliyatini olib borilishini ta’minlovchi aktivlar, bu aktivlami tashkil 
topish m anbalari buxgalteriya hisobi obyektlarini tashkil etadi. Bu 
obyektlami kuzatish, ular to‘g ‘risidagi axborotlami nazorat va tahlil qilish 
hamda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida yig‘ish, qayd 
etish, guruhlash, jamlash va foydalanuvchi larga yetkazib berish buxgalteriya 
hisobining asosiy funksiyalari bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari bevosita ular 
tomonidan bajariladigan qurilish, qurilish-montaj, jihozlam i o ‘matish, 
kengaytirish, rekonstruktiya qilish, obodonlashtirish, kapital v ajo riy
ta ’mirlash ishlarining o ‘zigaxos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ushbu 
ishlam i loyiha-sm eta hujjatlariga muvofiq olib borilganligi va bunda 
belgilangan m e’yor va tartiblarga amal qilinganligini nazorat qilish, qurilish 
ishlariga ketgan sarf-xarajatlami to‘g ‘ri va o‘z vaqtida hujjatlashtirish, ular


asosida qurilishjarayonlari sintetik va tahliliy hisobini yuritish, tiigallanmagan 
qurilish ishlari qiymatini to‘g‘ri aniqlasli. tugallangan ishlarqiymatini aniq 
baholash va kalkulyatsiya qilish, ularni hisobot davri darom adlariga 
hisoblash tamoyiliga asosan kiritish, o ‘zaro hisob-kitoblami o ‘z vaqtida 
amalga oshishini ta’minlash buxgalteriya hisobi oldida turgan eng miihim 
vazifalardir.
Qurilish ishlarining xususiyatlari qurilish tashkilotlarida ulaming mulki 
hamda bu mulkni tashkil qi lish manbalari hisobi oldiga ham muhim vazifalami 
qo‘yadi. Chunonchi, asosiy vositalar hisobi va hisobot tizimi ushbu aktivlar 
tarkibidagi narxi qimmat maxsus texnikaturli mexanik vaelektrjihozlar, 
yuk tashish mashinalari, maxsus bino va inshootlaming holati va harakati
ulaming ish faoliyati, amortizatsiyalanishi va boshqajihatlari to‘g ‘risida 
batafsil maiumotlami berishi lozim.
Qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishi tegishli qurilish 
materiallarining qurilish maydonchalariga o ‘z vaqtida kelib tushishiga, ular 
bo‘yichatasdiqlangan limitning mavjudligi, butligi va sifatigabevosita 
b o g iiq d ir. Bundan tashqari kelib tushayotgan m aterialiar qiym atini 
(tannarxini) to‘g‘ri baholash, ular hisobini baholashning u yoki bu usulda 
yuritilishi qurilish ishlarining tannarxiga, ularni bajarishdan olinadigan 
daromadlar va to‘ lanadigan sol iqlarga, quriiish tashkilotining sof foydasiga 
bevosita ta ’s irk o ‘rsatadi. B ularning barchasi qurilish tashkilotlarida 
materiallar hisobi oldiga ular qiymatini to‘g‘ri baholash, materiallar holati 
va harakati ustidan usluksiz nazoratni olib borish, ular kirimi va chiqimiga 
doir hujjatlami to ‘g ‘ri va o ‘z vaqtida rasmiylashtirish, ushbu boyliklar 
ombor va buxgalteriya hisobi registrlarini belgilangan tarti bda yuritishdek 
muliim vazifani qo‘yadi.
Qurilish ishlari hajmi va qiymatiga ko‘ra katta miqdorda mablag4 talab 
qiladigan faoliyat hisoblanadi. Shu bois ham qurilish ishlarining o‘z vaqtida 
va sifatli bajarilishi ularni moliyalashtirilish manbalarining mavjudligiga 
bevosita bogiiqdir. Qurilish ishlari, odatda, buyurtmachidan oldindan 
olingan to io v va keyingi to io v lar, Shuningdek pudratchi tashkilotning 
o ‘z mablagiari yoki ular tomonidan olingan bank kreditlari evaziga amalga 
oshiriladi. Qurilish ishlarini moliyalashtirilishining ushbu xususiyatlari 
p u d ratch i ta sh k ilo tla rd a p u l m a b la g ia r in i m a x su s sc h o tla rd a
akkumulyatsiyaqilishni (to‘plashni), ulardan oqilonafoydalanishni, oldindan 
to io v va keyingi to io v summalarini buyurtmachilardan o ‘z vaqtida kelib


tushishini, bank kreditlari va boshqa qarz m ablagiam i olish va qaytarish 
muom alalarini usluksiz nazorat qilishni, ularni to ‘g‘ri v a o ‘z vaqtida 
rasmiylashtirishni, pul mablagiari. debitorlik va kreditorlik qarzlar hisobini 
belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda olib borishni taqozo qiladi.
Qurilish ishlari boshqa ishlardan farqli o i aroqj amoa mehnatiga tayanadi
ya’ni ularni olib borishda mehnatni tashkil qilishning brigada shakli keng 
qoilaniladi. Mos ravishdabajarilgan ish va xizmatlarga haq toiashda ham 
mehnatning brigada shakli asos qilib olinadi. Qurilish ishlarining yaxlit brigada 
a’zolari tomonidanbajarilishijami hisoblangan ishhaqini, ungaqo‘shimchalami 
brigada a’zolari o‘rtasida ulaming mehnatdagi haqiqiy ishtirokiga mos tarzda 
to‘g‘ri taqsimlab chiqish va hisobini yuritish vazifasini qo‘yadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish tashkilotlari, ulaming ta’sischilari, 
investorlari va boshqa ishtirokchilariningpirovard maqsadi b o iib foyda 
olish hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari hisobtizimi foyda ko‘rsatkichlarini 
milliy pul birligida real aniqlash imkonini berishi va aks ettirishi lozim.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   418




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə