Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə20/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Kalit so`zlar: Yosh guruhlarida ekskursiya, tabiat hodisalari bilan tanishtirish, o’simlik dunyasi, hayvonot dunyosi


Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatga bo`lgan munosabatlar shakillanadi. Tabiatdagi mehnat bolalarda berilgan topshiriqqa ma`suliyat bilan yondashishni tarbiyalaydi. Biroq buning uchun bolalar zarur mehnat malakalarini egallab olgan bo`lishlari, o`z mehnatlarining ahamiyatlarini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnat maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maqsad va natijalarga erishish narsalarning sensor belgilarini nazarda tutishga o`rgatadi. Masalan o`simlikning suvga muhtojligini aniqlash uchun uning holatini barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so`lg`inligi, yumshoqligini, tuproqda esa uning namligi zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim. Mehnat jarayonida bolalar o`simliklar holatining yorug`likka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo`lgan ehtiyojlarining qondirilishiga bog`liq ekanligini anglab oladilar. Bolalar muhitning o`zgarishi qonuniy tarzda o`simliklar holatini ham o`zgartirishini bilib oladilar. Bu munosabatlarni o`zlashtirishlari ularning mehnatga bo`lgan munosabatiga ham ta`sir etadi mehnat ongli va maqsadga yo`naltirilgan bo`lib boradi. Bolalarda mehnatga qiziqish mehnatsevarlik shakllanadi. Tabiatdagi mehnat kuzatuvchanlikni o`stirish usullaridan biridir.Agar kuzatish mehnat bilan bog`langan bo`lsa samaraliroq bo`ladi. Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish. Bolalarning tabiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida va jamoa mehnat tarzida tashkil etiladi. Yakka topshiriq bolalar bog`chasidagi barcha yosh guruhlarda qo`llaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xatti-harakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko`rsatish qo`shimcha tushuntirish maslahat berish topshiriqning bajarilishini nazorat qilish bolaning faoliyatini boshqarish imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko`nikmalarning aniq va mustahkam shakillanishiga shuningdek topshirilgan ish uchun mas`uliyat his etish g`ayrat bilan mehnat qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi. Jamoa mehnat bir vaqtning o`zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va ko`nikmalarini tarbiyalashga imkon yartadi. Mehnatning bu shakli jamoadagi munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir. Bunda mehnatning umumiy maqasadini tushuntirish keishib olish o`z harakatlarini muvofiqlashtirish ishni hamkorlikda rejalashtirish o`rtoqlarga yordam berish ularning mehnatini baholash kabi muhim ko`nikmalar shakllanadi. Bolalar mehnatini tashkil etish shakillaridan biri navbatchilikdir. Tabiat burchagida navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydi. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini takomillashtirish uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.
Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar.
Bunda bolalar tarbiyachining tabiat burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o`simliklarni parvarish qilishga yo`llangan mehnatida ishtirok etadilar. Ular 1-2 ta individual topshiriqlar oladilar( qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxo`rakka solish, o`simliklarni oldindan hozirlab qo`yilgan suv bilan sug`orish va shu kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi asta sekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O`rta guruh.
Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakillari kichik guruhdagi bilan birxildir. Bunda individual topshiriqlar katta o`rin egallasa ham biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o`zini 2-3 kun davomida bajaradilar. Natijada o`rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.
Katta guruhlar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko`nikmasigina emas, balki mehnat topshirig`ini uning natijasini ko`rsatishni topshiriqlarning ketma-ketligini kerakli anjomlarni tanlashni mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida ) ham tarkib toptirish lozim. O`simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo`yicha individual topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi. Navbatchilikni tashkil etishar ekan, tarbiyachi mashg`ulot o`tkazib unda bolalarni navbatchilikning majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2-3 bola navbatchilik qiladi. Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllnamagan bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.
Kuz fasliga tavsiyanoma
Ob-havodagi o`zgarishlar. Kuzda harorat asta-sekin pasayib boradi, buning natijasida o`simlik va hayvonot dunyosi hayotida o`zgarish hamda susayish ro`y beradi(o`simlik barglari sarg`ayadi to`kiladi ba`zi qushlar uchib ketib boshqalari uchib keladi va hokazo). Ana shunday juda issiq vaqtlarda o`simliklar ayniqsa gunafsha dastargul va boshqalar 2 marta gullaydi. Hayvonot dunyosi ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko`rish mumkin: g`urraklar g`urullay boshlaydi, to`rg`aylar sayraydi, qurbaqalar qurillaydi ba`zi bir hashoratlarda esa kuzgi urchish boshlanadi. Odatda sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi ba`zi hollarda esa tunda havoning bulutli bo`lishi kutiladi. Agar kechasi osmon bulutsiz bo`lsa yer ustki qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Agar havo to`lqining harorati nol darajadan past bo`lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Bog`larda kechki olmalar, kechki uzumlar yong`oq pishib yetiladi, shuningdek O`zbekiston uchun xos bo`lgan behi anor pishadi, yovvoyi do`lana olcha va na`matak hamda bolalarning sevimli mevasi bo`lgan jiyda pishadi. Gulxonalarda gultojixo`rozlar, xrizantemalar gullaydi, floks va boshqa gullar esa so`liy bo`shlaydi. Eman chinor va boshqa daraxtlarning bargalari ayrim hollarda qattiq sovuq tushgunga qadar ham ko`m-ko`k bo`lib turadi.
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o`zgarishlar.
Sentabr oktabr oylarida o`lkamizga go`ngqarg`alar uchib kelishadi. Biz ularni bolalar bog`chasi bog`larida ham ko`ramiz. Ular bizga tog`lardan tushib uchib kelishadi( bu qushlar bahor va yoz fasllarida tog`larda yashashadi). Qarg`a turli qoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylarida sentabr oyining ikkinchi yarmida qizilto`shlar(o`rmon sayroqi qushi) paydo bo`ladi. Dastlabki sovuqlar tushishi bilan turnalar va g`ozlar janub tomonga gala-gala bo`lib uchib ketishdi.
Qish fasliga tavsifnoma.
Kalendar bo`yicha qish birinchi dekabrdan boshlanadi. Yerning ustki qatlamini qor qoplashi va suvlarning muzlashi qishning boshlanishidan darakdir. O`zbekistonda qish o`ziga xos xususiyatga ega. Qor qatlamlari muntazam bo`lmay tez eriydi, va qishda bir necha marta qor yog`adi. Odatda qor dekabr oyining boshida yog`adi. Qishning ikkinchi yarmida yanvar oyida fevral oyining boshlarida ko`proq qor yog`adi, mart oyida ham bir oz yog`ishi mumkin. Qishda daraxtlar ``yalang`och`` holda bo`ladilar va nisbiy osayishtalik holatida yashaydilar. Osimliklar yer usti qismi o`sishdan to`xtab, qishki osayishtalikka o`tadi. Dekabr oyida shahar va qishloqlarda aholi yashaydigan punktlarda chumchuqlar, qarg`alar zag`chalar va boshqa qishlaydigan parrandalar yig`iladi. Qor yoqqan vaqtda bu qushlar och qolishadi va hatto ochlikdan o`la boshlaydilar. Qish faslida Sirdayo vohasidagi cho`llarda uchraydigan mahalliy karagan tulkilar junining tusi o`zgaradi. Uy parrandalari ayniqsa tovularda katta jonlanish boshlanib ular tuxum qilishga kirishadilar. Agar havo issiq kelsa fevral oyida ham ekin ekishga kirishish mumkin.
Bahor fasliga tavsifnoma.
Bahor mavsumi kalendar hisobi bo`yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin bahorning kelishi har yili turlicha bo`ladi. Mart oyida qattiq yog`ingarchilik bo`ladi. Harorat +25+29 darajagacha ko`tariladi. Lekin sovuq ham bo`lib turadi. Aprel oyida harorat ko`tarildi. May oyida dalalar ``ko`klam libosini kiyadi``. Boychechak chuchmoma sovrinjon gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o`simliklar lolalarning ko`pgina turlari giatsintlar har xil turli narsislar barg chiqara boshlaydi. Daraxtalar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxt ildizlari yerdagi namlikni o`ziga tortadi. Mart oyida qushlar uchib kela boshlaydi. Qushlarda ko`payish davri boshlanishi sababli ularda uyalariga qaytib kelish zarurati tug`iladi. Qushlar qo`sha – qo`sha bo`lib urchiy boshlaydi.Bolalar bilan mevali bog`larga ekskursiyaga chiqilganda asalarilarning o`rik shaftoli va boshqa o`simlik gullarining biridan ikkinchisiga qo`nib yurganlarini kuzatish mumkin. Mart oyida qurbqalar cho`l baqalari va quruqlikda yashovchi hayvonlar o`z ``konsertlarini,, boshlaydilar. Mart oyida baliqlar ikra yig`ishga va urchishga kirishadilar. Aprel oyida havo yaxshi isiganida tipratikanlar uyqudan uyg`onadilar. Toshkent atrofida va Toshkent viloyatida ``quloqli tipratikan,,lar uchraydi. Bu tipratikan Yevropa tipratikanlaridan kichikroq bo`lib ignalari ham kaltaroqdir. Uning quloqlari katta ( boshining yarmidan ham uzunroqdir) , shuning uchun ham u quloqli tipratikan deb ataladi. Tipratikanlar havzalarda tog`li o`lkalarda va bog`larda yashaydi. Mevali bog`larda qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi kurash olib boriladi.
Yoz fasliga tavsifnoma
Birinchi iyun kalendar hisobi bo`yicha yozning birinchi kuni hisoblanadi. 22-iyun yoz faslida quyoshning eng uzoq nuqtadan o`tagan kuni bo`lib bunda eng uzun kun va eng uzoq nuqtadan o`tgan kuni bo`lib bunda eng uzun kun va eng qisqa tun bo`ladi. Iyun oyida ob-havo yaxshi bo`ladi. Kunlik o`rtacha harorat +20+30 daraja atrofida bo`ladi. Ko`pincha yoz oylarida havo ochiq bo`lib turadi. Bog`larda o`rik olcha erta pishar olma va noklar pishib yetiladi. 3-4 yil ilgari o`tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli olcha hosil bera boshlaydi. Kapalaklar ham gullarga qo`nadilar. Barglarning quyi qismlarida hasharotlarning ignalari izini ko`rish mumkin. Avgust oyida hali kapalak ninachi va qo`ng`izlar bo`ladi. Avgust oyida ko`kqarg`a, jarqaldirg`och ko`rkunaklar singari ba`zi bir qushlar uchib keta boshlaydilar. Laylakalar Toshkentdan sentabr oyida Butun O`rta Osiyodan esa oktabr oylarida uchib ketadilar. Yovvoyi hayvonlarning ham bolalari jumladan bo`ri bolalari ulg`aya boshlaydilar. Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek bo`ri bolalari 5-6 hafta ona suti bilan ovaqtlanadi. Oltinchi haftadan boshlab asta – sekin go`sht yeya boshlaydi. Iyun - iyul oylarida ona echkemar qoyalarning yoriqlariga
1-2 tadan bir necha marta tuxum qo`yadi.Avgust oyida tipratikanlar 5-7 tadan bola tug`adi. Yozda havo issiq bo`lgan taqdirada kechki payt darxtlarga ko`kat devorlarga suv sepiladi. Dalalarda g`o`zalar bedalar kechki makkajo`xori va qish uchun tayyorlanadigan kartoshka hamda boshqa sabzovotlarni parvarish qilish ishlari davom etadi.
Shimol, janub, sharq, g‘arb ufqning asosiy tomonlari, shimoli-sharq, shimoli-g‘arb, janubi-sharq va janubi-q‘arb ufqning oraliq tomonlaridirAqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda jonsiz tabiat, o’simliklar,hayvonlar haqida ma’lumot berish, ularning tabiat vokea-hodisalarini yetarlicha idrok eta olishlariga imkon berish. Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizatorlarni takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo’ladiganhissiy tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. Dastlabki tushunchalarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari - sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuvchanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog’langan bo’lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchunbolalarning tabiat predmet-hodisalari bilan tanishtirish, ularni kuzatilayotgan predmet-hodisalarni tushunishga o’rgatish va ular orasidagi alokava munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash jarayonidagi tabiathodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.
Bola o’zini o’rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini:havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan,havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil ob’ektlarning rangini ko’zibilan, tovushlarni qulog’i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turlisezgisiga ta’sir etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari orqali boshmiyasiga borib etib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to’g’risidabilim paydo bo’ladi, ularning ko’rinishlari, qiyofalari, tasvirlari,manzaralari vujudga keladi. Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalargahayvonlar va o’simliklarni qanday kuzatishni ko’rsatish, ularning diqqatini ularning tashqi ko’rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqattabiat haqida bilimlarni, balki ularga mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi. Faqatgina har doim bolaning yoshini hisobga olish va uningdiqqatini mazkur predmet va hodisadagi predmetlarga qaratishni bilish zarur.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ahloqiy, jismoniy, mehnatva estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.Bolaning ahloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tabiatgaehtiyotkorona munosabatda bo’lish asosiy o’rin tutadi. Bolalarga bu borada engyaqin yo’l ular o’sib ulg’ayotgan joydir. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachibolalar bilan hayvon va o’simliklarni kuzatadilar va parvarishlaydilar. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish va mehnatqilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas’uliyat o’z-o’zidan shakllanadi. Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o’simliklarni sug’orish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiyusullarini o’rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o’zlari bajarayotgan ishjarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarliksifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilantanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarningtabiatda bo’lishi va mehnatidan ularning jismoniy rivojlanishi va salomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning go’zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o’ziga rom qilmasdanqolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e’tiborlarini o’rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o’z hayotida dunyoning barcha va xilma-xil go’zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:
- inson organizmi va uning salomatligi haqida ma’lumot berishi
- jonli va jonli tabiat haqida aniq bilimlar berishi, ularning o’zaroaloqadorligini ochib berishi
- maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatishga doir xulq-atvor ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish
- tabiatdan oqilona foydalanish va uning boyliklarini ko’paytirishga yo’naltirilgan inson mehnat faoliyati bilan tanishtirish
- Ona-tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylashga doir ishtiyoqnitarbiyalash.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilimlar xilma-xil shakllarda: Mashg’ulotlarda, ekskursiyada, kundalik hayotda amalga oshiriladi.
Tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarida bolalarga beriladigan bilimlar bolalarning imkoniyatlari hamda o’rab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda izchil rivojlantirish imkonini beradi. Mashg’ulotlarni ta’limiy ahamiyati bu bolalarga mashg’ulotlarda berilishi yoki aniqlashi hamda umumlashtirilishi lozim. Tarbiyaviy ahamiyati esa bolalarda kattalarga hurmat, Vatanga, o’z o’lkasi tabiatiga mehr-muhabbat tabiatni avaylab- asrash, tabiat bergan ne’matlaridan o’z o’rnida unumli foydalanish kabi hislatlar tarbiyalanadi.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyatlari hamda atrof- muhit tabiatning xususiystlarini nazarda tutgan holda amalga oshirish imkonini beeradi. Tarbiyachi raxbarligida o’tadigan mashg’ulotlarida guruhlarning barcha bolalariga dastur talablariga muofiq oddiy ilmiy bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobilyatlari ma’lum tizim hamda izchillikda o’stiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o’yin, mehnat vaqtida bolalrning shaxsiy bilimlari ko’rib boriladi. Mashg’ulotlarda ularni aniqlash,tizimga solish imkonini beradi. Bolalarni mashg’ulotlarda o’qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Uslub mashg’ulotning turiga qarab aniqlanadi. Ayrim mashg’ulotlarda boshang’ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni kuzatish, badiiy asarni o’qitish, diafilm, kinofilmlarni ko’rsatishdan foydalanadi.Boshqa mashg’ulotlarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi. Yuqorida keltirilgan usullardan tashqari mazkur mashg’ulotda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Mashg’ulotning yana bir muhum vazifasi- bolalarning bilimini umumlashtirish tizimga solish. Mashg’ulotlar barcha yosh guruhlarda kichik va o’rta guruhda, oyda ikki marta, tayyorlov guruhlarida haftada bir marta o’tkaziladi.
Mashg’ulotlarga tayyorlanish hamda uni, o’tkazishda mashg’ulotning tuzilishi uslubini to’g’ri tanlash ta’limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obeyktlarning xususiyatlari va bolalarning oshiga bog’liqdir. Masalan yovvoyi hayvon haqidagi bilimini shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilm, ko’rsatish hayvonlar, o’simliklar bilan tanishtirishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma’qul. Kichik yoshdagi bolalarning mashg’ulotlarida kuzatish qiyin uslub. Og’zaki uslubdan asosan maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan bo’ladigan mashg’ulotlarida foydalanadi. Tanlangan uslub dastur vazifasining to’liq bajarilishini va bolalarning va bolalrning faol aqliy faoliyatlarini ta’minlashi lozim. Mashg’ulot o’tkazishga tayyorlanar ekan, tarbiyachi ishlash uchun qanday ko’rgazmali qurollar tanlashni, gerbariylar, tabiat kalendari va hakozolar.
Qanday o’simlik yosh hayvonni parvarish qilish, ekiladigan ekinning nimaga kerak bo’lishini o’ylab ko’radi. Shundan keyingina u mashg’ulotning borishi ustida fikr yuritadi. Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobilyatini oshirish ularning tabiat bilan tanishtirishdagi mustaqilligini fikr doirasini oshirishda va o’ta faol bo’lishini ta’minlaydi. Bunday qobilyat bolalarga tabiat hadisalarini tushinishga, uning sodir bo’lish sabablarini bilishga imkon beradi. Bolalarga izlanuvchanlik qobilyatini hosil qilish ma’lum tizizm asosida amalga oshiriladi. U bolalarni tabiatda bo’ladigan voqea, hodisalarni ko’rish, taxlil qilish asosida amalga oshiriladi. Shundan keyingina bolalarda fikrlash qobilyati shakillanadi. Turli muammolalar paydo bo’ladi. Bolalar bu muammolarni yechishga o’ylab mulohazalar yuritadilar. Naatijada bolalar tabiatda bo’ladigan o’zgarishlar. Ob- havo, uning o’zgarishlari, sabab- oqibatlari haqida tabiatdagio’zaro bog’liqliklar haqida ilmiy tushunchalar paydo bo’ladi. “Bolalar bog’chasida ta’lim- tarbiya dasturida” belgilangan bolalarga singdirish uchun bolaning bilishga bo’lgan faolligini va amaliy faoliyatini oshirish kerak. Buning uchun tarbiyachi dasturdan izlanuvchanlik faoliyati yo’li bilan o’rganiladigan tabiat haqidagi bilimlarni ajratib olmog’i lozim.
Bolalarni predmetlar (sharchalar, kubiklar, o’yinchoqlar mashinalar) harakatlari bilan tanishtirish, ularning yo’llari va tezliklarini qiyoslashga o’rgatish.
Moddalarning qattiq holatdan suyukdikka aylanishi (muzning, smola(qora saqich)ning erishi) va suyuq holatdan qattiq holatga aylanishi haqida tasavvurni kengaitirish. Suyuklikni parga va aksincha, parni suyuqlikka aylanishi hodisalari bilan tanishtirish. Qattiq moddalarni suyuqlikka va suyuqlikni qattiq moddaga aylanishi haqida tasavvur hosil qilish. Qor yog’ishi. qor bo’roni. muz yurishi. momaqaldiroq, do’l yog’ishi, tuman tushishi va shu kabi tabiat hodisalari bilan bolalarii tanishtirish.
Bolalarga suvning inson hayoti uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik ekanligi, uni asrash bizning burchimiz ekanligi haqida tushuncha berish.
Turli xil predmetlar: o’yinchoqlar, transport harakati haqida va bulutlar, qora bulut, quyosh harakati haqida boshlang’ich tasavvurlarni hosil qilish. Boshlang’ich harakat nuqtasini va jism harakat qilayotgan chiziqni belgilashga, harakat xarakterini aniqlashga(predmetlar sekin, tez xarakat qilayapti) o’rgatishO’simliklar dunyosi. Mahalliy o’simliklar haqida bolalar tasavvurlarini mustaxkamlash. Bolalar daraxtlarning 4-5 turi (tut, terak, kayrag’och, tol)ni (barglariga, po’stlog’iga, mevasiga qarab), butalarning xili(na’matak, maymunjon) ni(barglari, ranglari, mevalariga qarab) nomini aytishlar, farqlashlari, sabzavotlarning 6-8 xilini, mevali daraxtlardan 4-5 xili(olma, nok, anor, anjir, olcha)ning nomlarini, ranglari, shakli, mazasi, ovqatda iste’mol qilishda xarakterli belgilarini bilishlari kerak.
Sabzavotlar va mevalar haqidagi umumlashtirilgan tasavvurlarni quyidagi belgilariga qarab shakllantirish: sabzavot va mevalar ovqatda qo’llaniladi, ularni maxsus yetishtiradilar: sabzavotlar poliz(dala)da o’sadi, mevalar esa bog’da yetishtiriladi.
O’simlik (suv quyish, tagini yumshatish) va hayvonlar (ovqatlantirish, kattalar yerdamida akvarium yoki qafasni tozalash)ni parvarishlashni bilishi xona gullaridan aloe bilan tanishtirishni davom ettirish, ularni parvarish qilish yo’llarini o’rgatish.Hayvonot dunyosi. Kuz-qish davrida olmaxon, kuyon va tipratikan singari hayvonlar xayoti va tabiiy sharoitlari (qayerda yashashi, qanday yurishi, nimalar bilan oziklanishi, dushmanlaridai kanday himoyalanishi) haqidagi tasavvurlarini shakllantirish
Fasllar o’zg’arishi bilan kuyon, olmaxon, tiprashkan kabi hayvonlar hayoti (tabiiy sharoitda ular qayerda yashaydilar, nimalar bilan oziklanadilar, dushmanlardan qanday qutuladilar) bilan tanishtirish. Uy hayvonlari vaularning bolalari (it, kuchukchalar, mushuk, mushukchalar), qushlar (chumchuq, kabutar, musicha va boshqalar), atrof muhitda uchraydigan hasharotlar (chumoli, kapalak, xon qizi, ninachi kabi)ni farqlashga o’rgatish.Uy hayvonlarining hayoti, insonlarning ularni parvarish kilishdagi mehnatlari haqidagi tasavvurlariii aniqlash va kengaytirish.Uy hayvonlari va ularning bolalari haqidagi bilimlarini kengaytirish. Bolalar ularning tana qismlarini, yurish-turish xususiyatlarini ajrata bilishni va to’g’ri xarakterlashni, nima bilan oziklanishini qanday yurishi, qanday foyda keltirishini, odamlar ular to’g’risida kanday gamxo’rlik qilishlari haqida bilimlarini kengaytirish.Bolalarni uy hayvonlari hayoti haqidagi tasavvurlarini boyitish. Uaarni uy hayvonlari va parrandalarni parvarish qilishda kattalarga yaqindan yordam berishga o’rgatishni davom ettirish. Yovvoyi hayvonlar (quyon, olmaxon, tipratikan) haqidagi tasavvurni kengaytirish, ularning bahorgi-yozg’i mavsumdagi tabiiy sharoitdagi hayoti (ovqatlanish, tullash, uya qurish, bolalarni o’stirish, bolalari haqida ota-ona g’amxo’rlig’i xususiyatlari) bilan tanishtirish; tashqi kiyofasi, xatti-harakatig’a ko’ra yosh hayvonlarning kattalaridan farq qilishini ko’rsatish.Kunlar ilishi bilan bolalar diqkatini kushlar ko’payib, hasharotlar paydo bo’la boshlagani, kunlar sovishi bilan hashoratlar butkul ko’rinmay qolganiga, muassasa hovlisidagi qushlar ham kamayib ketganiga qaratish. Sovuq qish kunida qorni ochib ovqat izlayotgan qushchaga naqadar qiyin ekanligini his etishga undash. Bolalarda qushlarga g’amxo’rlik kilish hissini tarbiyalash.Qushlarning nima bilan oziqlanishi, qishlok xo’jaligiga keltiradigan foydasi haqida ham qisqacha ma’lumot berish. Kushlarga xairixoxlik bilan munosabatda bo'lish kerakligini tushuntirish.Tabiat burchagida piyoz o’stirish, parvarish qilish, tashqari sovuq bo’lishiga qaramay, xonada ularning o’sish sababini tushuntirish.O’rmon hayvonlari ularning yurish-turish xususiyatlarini bilishni va to’g’ri xarakterlashni; yashash sharoitlari, nima bilan oziklanishini qanday yurishi, qanday foyda keltirishi haqida tasavvur hosil qilish.Uy hayvonlari hayoti, yoz vaqtida odamlar ularni parvarish qilishdagi mehnatlari (sigir, echki, qo’ylar yaylovlarda o’tlashi, odamlar o’t o’rishi, xashak jamg’arishlari va hokazo) haqidagi tasavvurlarini aniqlash. Yaqin atrofdagi hayvonlarni, hovliga keladigan qush, kapalak, qo’ngiz va ninachilarni bir-biridan farqlashga o’rgatish

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə