Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə23/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Kichik yosh guruhi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish. Quyosh va oy haqida tasavvur hosil qilish.
Bolalarni uy hayvonlarining nomini atashga, ularning tovushiga taklid qilishga o’rgatish. Bolalarni hayvonlar gavdasining asosiy qismlari, ba’zi bir o’ziga xos alomatlari, xarakatlariga dikkatlarini jalb etish. Hayvonlarni parvarish qilish haqida tasavvur uyg’otish.
Bolalarni daraxt, gul va o’t-o’lshshi farqlashga o’rgatish. Ularning diqqatini xonada o’stiriladigan gullarning chiroyiga jalb kilish, ularni sugorib turish zarurligini tushuntirish. Nomlari tanish bo’lgan sabzavot va mevalarni farqlashga o’rgatish. O’simliklarni ehtiyot kilishga odatlantirish.
Bolalar bilan fasllar almashishi va ob-havodagi ayrim o’zgarishlar (yomg’ir, qor yog’ishi, quyosh charaqlab turishi)ni kuzatish.
Gurux xonasida akvariumdagi baliqlarni, qushni kuzatish. Ularni parvarishlashga kiziqish uygotish. Butun jonli tabiatga nisbatan gamxo’rlik hissini tarbiyalash.
O'rta yosh guruhi.
Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish
Jonsiz tabiat. Bolalarga ob-havo holatini (sovuq, issiq, iliq, quyoshli, bulutli, shamol esayapti, yomgir yog’ayapti, do’l yog’ayapti), suv va qorning ayrim xususiyatlarini(suv tiniq, qor yumshoq bo’lishi, undan qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynash mumkin va hokazo; qor quruq ham bo’ladi) farqlashni o’rgatish.
Ayrim predmetlar suvda cho’kishini, ayrimlari cho’kmasligini: issiq kunda ko’lmak suv tez, sovuq kunda sekin qurishini anglab olishlariga yordam berish.
Jonsiz tabiatning ayrim xususiyatlari (tosh-qattiq, qum-sochiluvchan)ni farqlashni o’rgatish.Bolalarga ob-havodagi o’zgarishlarni (sovuq shamol esayapti, yomg’ir, qor yog’ayapti) farqpashgao’rgatish. Qorning' xususiyatlari (sovuq, yumshoq, yopishkoq, ho’l, quruq) bilan tanishtirish.
Bolalarni tong, kunduz, kechqurun, kechasi tushunchalari bilan tanishtirish, kun qismlarida insonlar va bolalarning harakatlari hakida suhbatlar o’tkazish.
O’simliklar dunyosi. Sabzavotlar (baqlajon, karam, sholg’om, turp, piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi uzum, o’rik) bilan tanishtirishni davom ettirish. Bolalarga sabzavot va mevalarning nomlarini, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining (xomligicha. pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilarini bilishlari: Sabzavotlar polizda mevalar esa daraxtda o’sishi bilan tanishtirish. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha berish.
Sabzavot va mevalar yetishtirishda kattalarning mehnati haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Kuzda daraxtlar bargining to’kilishi, o’tlarning sargayishi, dala va boglarda yig’im-terim ishlarining boshlanishi haqida suhbatlar uyushtirish.
Kuzning oxirida daraxtlarning bargi butkul to’kilib bo’lishi, o’t-o’lanlarning esa xazonga aylanishi, faqat igna bargli archalargina har doimgidek ko’m-ko’k qolishi haqida tushuncha berish. Urugdan o’simliklar o’stirish (o’sishidagi izchillik, o’sish uchun zarur sharoitlar. parvarish qilish) haqida; o’simliklar hayoti va o’sishiiing ayrim shartlari (ular yerda o’sadi, ularni suv bilan sug’orish kerak, tuproq ser ozuqa bo’lishi uchun uni o’g’itlash, yorug’lik kerak) haqidag'i tasavvurlarini shakllantirish.
Bolalar diqqatini kunlar ilishi bilan daraxtlarning kurtak chiqarishi, gullashi, barg yozishi, o’t-o’lanlarning ko’karishi kabilarga jalb etish. Gilos va shaftoli daraxtining gulini qiyoslash va farqlashga o’rgatish.
O’simliklarning tuzilishi haqidagi tasavvurni aniqlash va mustahkamlash. Daraxtlarda bitta tana, yo’g’on va ingichka shoxlar, yaproqlar bor. Butalar va bir necha ingichka tana, shox, barglari borligi, o’tsimon o’simliklarda poya, barg, gullar borligi, o’simliklar ildizlari bilan o’zlarini yerda tutib turishi va yerdan suv hamda ozuqa moddalarini olishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Atrofdagi o’simliklarning quyidagi belgilariga qarab tanish: daraxtlar, butalarning barglari, po’stlog’iga; o’tsimon o’simliklarning rangi va gulining shakliga qarab tanish.
Yumshok mevalar, sabzavotlar bilan, o’simliklar o’sadigan joylar (xiyobon, maktabgacha ta’lim muassasasi, bog’) bilan tanishtirish. Tanish o’simliklar nomlarini eslab qolishga o’rgatish. Maktabgacha ta’lim muassasasida sabzavotlar o’stirilishi haqidagi tasavvurlarni aniqlash, kengaytirish.
Hayvonot dunyosi. Kuz-qish davrida olmaxon, kuyon va tipratikan singari hayvonlar xayoti va tabiiy sharoitlari (qayerda yashashi, qanday yurishi, nimalar bilan oziqlanishi, dushmanlaridan qanday himoyalanishi) haqidagi tasavvurlarini shakllantirish
Fasllar o’zgarishi bilan quyon, olmaxon, tipratikan kabi hayvonlar hayoti (tabiiy sharoitda ular qayerda yashaydilar, nimalar bilan oziklanadilar, dushmanlardan qanday qutuladilar) bilan tanishtirish. Uy hayvonlari vaularning bolalari (it, kuchukchalar, mushuk, mushukchalar), qushlar (chumchuq, kabutar, musicha va boshqalar), atrof muhitda uchraydigan hasharotlar (chumoli, kapalak, xon qizi, ninachi kabi)ni farqlashga o’rgatish.
Uy hayvonlarining hayoti, insonlarning ularni parvarish qilishdagi mehnatlari haqidagi tasavvurlarini aniklash va kengaytirish.
Uy hayvonlari va ularning bolalari haqidagi bilimlarini kengaytirish. Bolalar ularning tana qismlarini, yurish-turish xususiyatlarini ajrata bilishni va to’g’ri xarakterlashni, nima bilan oziqlanishini qanday yurishi, qanday foyda keltirishini, odamlar ular to’grisida kanday gamxo’rlik qilishlari haqida bilimlarini kengaytirish.
Bolalarni uy hayvonlari hayoti haqidagi tasavvurlarini boyitish. Ularni uy hayvonlari va parrandalarni parvarish qilishda kattalarga yaqindan yordam berishga o’rgatishni davom etshrish.
Yovvoyi hayvonlar (quyon, olmaxon, tipratikan) haqidagi tasavvurni kengaytirish, ularning bahorgi-yozgi mavsumdagi tabiiy sharoitdagi hayoti (ovqatlanish, tullash, uya kurish, bolalarni o’stirish, bolalari haqida ota-ona g’amxo’rligi xususiyatlari) bilan tanishtirish; tashqi kiyofasi, xatti-harakatiga ko’ra yosh hayvonlarning kattalaridan farq qilishini ko’rsatish.
Kunlar ilishi bilan bolalar diqqatini kushlar ko’payib, hasharotlar paydo bo’la boshlagani, kunlar sovishi bilan hashoratlar butkul ko’rinmay qolganiga, muassasa hovlisidagi qushlar ham kamayib ketganiga qaratish. Sovuq qish kunida qorni ochib ovqat izlayotgan qushchaga naqadar qiyin ekanligini his etishga undash. Bolalarda qushlarga gamxo’rlik qilish hissini tarbiyalash.
Qushlarning nima bilan oziqlanishi, qishloq xo’jaligiga keltiradigan foydasi xaqida ham qisqacha ma’lumot berish. Qushlarga hayrixoxlik bilan munosabatda bo’lish kerakligini tushuntirish.
Tabiat burchagida piyoz o’stirish, parvarish qilish, tashqari sovuq bo’lishiga qaramay, xonada ularning o’sish sababini tushuntirish.
O’rmon hayvonlari ularning yurish-turish xususiyatlarini bilishni va to’g’ri xarakterlashni; yashash sharoitlari, nima bilan oziqlanishini qanday yurishi, qanday foyda keltirishi haqida tasavvur hosil qilish.
Uy hayvonlari hayoti, yoz vaqtida odamlar ularni parvarish qilishdagi mehnatlari (sigir, echki, qo’ylar yaylovlarda o’tlashi, odamlar o’t o’rishi, xashak jamgarishlari va hokazo) haqidagi tasavvurlarini aniqlash. Yaqin atrofdagi hayvonlarni, hovliga keladigan qush, kapalak, qo’ngiz va ninachilarni bir-biridan farqlashga o’rgatish.
Bolalarni uy hayvonlari hayoti haqidagi tasavvurlarini boyitish. Ularni uy hayvonlari va parrandalarni parvarish qilishda kattalarga yaqindan yordam berishga o’rgatishni davom ettirish.
O’quv yili oxirida bola:
• muassasa hovlisidagi 3-4 xil daraxt;
• madaniy va begona o’tsimon o’simliklardan 1-2 xili, ba’zi sabzavot va mevalar, uy hayvonlari, ularning bolalari, kush va hashoratlarni tanishi va ularni guruhlay olishi;
• 4-5 xil xona o’simliklarini nomini bilishi;
fasllar almashishi va ob-havodagi ayrim o’zgarishlar (yomg’ir, qor yog’ishi, quyosh charaqlab turishi)ni payqashlari va tabiatni muhofaza qilish haqida dastlabki tushunchaga ega bo’lishlari;
• jonsiz tabiatning ayrim xususiyatlari (tosh-qattiq, kum-sochiluvchan)ni farqlay olishlari; • predmetlarni kuzatadi, oddiy tajribalar (cho’kadi-cho’kmaydi, yirtiladi-yirtilmaydi) o’tkazishni bilishi lozim. mayda motorika tizimida ijobiy o’zgarishlar amalga oshadi (chaqqonlikning ortishi )

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə