Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа


Maktabga tayyorlov guruhi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə25/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Maktabga tayyorlov guruhi .
Jonli va jonsiz tabiat to’g’risida tasavvurga ega bo’lish
Jonsiz tabiat. Bolalarda jonsiz tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlarini shakllaitirish. Havo, magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish. Bolalar uchun tushunarli vositalar yordamida havo hamma joyda: suvda, g’ishtda, yerda va shu kabilarda mavjudligini tajribalar orkali ko’rsatish. Havoning qayishqok bo’lishi, ma’lum hajmni egallashi (sovun ko’iiklarini nuflash, sharlarni puflash) mumkinligini ko’rsatish. Havo harakatlanadi(shamol) va u harakat qilib, predmetlarni joydan-joyga ko’chirishi va shuningdek, harakatga karshilik ko’rsatishi mumkin(parashyut).
Bolalarni magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish. Magnit o’ziga metall buyumlarni tortishi, magnitning xususiyatlari to’siklar orqali ham namoyon bo’lishi(magnitta predmetlar suv,plastmassa, yogoch, karton orqali ham tortilishi). Magnit o’ziga tortinsh va o’zidan itarishi bilan tanishtirish.
O’simliklar dunyosi. Bolalarni yangi hona o’simliklari bilan tanishtirish. Ularning xususiyatlari: shakli, hajmi, poyasi, barglar, gulining’ rangini ajratish va xarakterlashga o’rgatish. O’simliklariing yorug’likka, issiqlikka, namga, oziklantiruvchi tuprokka ehtiyojlari haqidagi tasavvurni shakllantirish. Bolalarni yerug’likni sevuvchi va salqinga chidamli, suvni sevuvchi va suvsizlikka bardosh beruvchi o’simliklarning tashqi tuzilishiga qarab farqlashga o’rgatish.
Sabzavotlarning (8-9 xili), meva (5 xili)larning va sitrus o’simlik (3-4 xili)larning shakli, rangi, hajmi, ta’mi, ozik-ovkat sifatida qo’llanilishi, belgilarg’a qarab qiyoslash va xarakterlay olish ko’nikmasini shakllantirish, umumlashtirilgan (sabzavotlar, mevalar, gullar) so’zlarni ko’llashga o’rgatish
Bolalarda tabiatdagi go’zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Ular ongiga tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik (tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o’t- o’lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va kushlarga ozor bermaslik. uyalarini buzmaslik, gullarni yulmaslik, bu ning oqibatida gullar, kapalaklar yo’q bo’lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongig a singdirish.
Bolalarning hovlidag’i barcha o’simliklar va xonaki(kishda vaktincha utkazilgan) o’simliklarning yorug’likka, issiqlikka, suvga, (ozuqa) tuproqqa oo’lgan ehtiyejlari hak,idagi tasavvurlarini aniqlash. O’simliklarning o’sish va usmasligi shart-sharoitlarining’ mavjudligi va ularning turlicha talablarga bog’liqligini belgilashga o’rgatish.
Usimliklarning’ o’sishi uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy1iy ishlar orkali tanishtirish.
Bolalarning o’simliklarni turli yo’l bilan ko’paytirish haqidagi bilimlarini kengaytirish. O’simliklar qalamchasidan, piyozidan, butasini ajratib ekishdan . nishi mumkinligini xonaki o’simliklar misolida ko’rsatish. O’simlikning U ishi uchun yorug’lik, suv, issiqlik, ozuqali tuproq zarur ekanligi to’g’risidagi vdimlarini tajriba, amaliy mashg’ulotlar orqali takomillashtirish. Bahor Uldari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bolalarni ularning rangi, shakli. gullari, yaproqlariniig xajmi. belgilarigaqarab kiyoslash asosidaxarakterlashga o’rgatish.
Erta gullaydigan o’teimon, butasimon o’simliklar va daraxtlar bilan I tanishtirishni davom ettirish. Ba’zi daraxtlar(o’rik, bodom) avval gullab, so’ng barg chikarishi, ba’zilari esa barg chiqarib(olma, behi) so’ng gullashini tushuntirish.
Bolalar bilan birgaliqda maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisida daraxt ] va gul ko’chatlarini ekish, tagini yumshatish va sug’orishga o’rgatish. Qurigan shox-shabbalarni qirqish, ko’milgan gul, tok va anor ko’chatlarini ochish va ularii parvarish qilish ko’nikmasini hosil qilish.
Bog’, poliz va gulxonada sabzavot va gul ekinlari yetishtirish xaqidagi bolalar tasavvurlarini boyitish. O’simliklarning ayrim turlari misolida bolalar ularning urugdan ko’karib, to urug bergunigacha bo’lgan o’sish va rivojlanish davrining izchilligini. unib chiqishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni, I ularni parvarishlash usullarini bolalar ongiga singdirish, amalda kuzatish I ishlarini olib borish.
Yovvoyi o’simliklar urug’ini to’kib ko’payishi va madaniy o’simliklarni inson tomonidan yetishtirilishi, madaniy va yovvoyi o’simliklarning inson hayotidagi | ahamiyati, barcha o’simliklarni extiyet qilish va ularni qo’riqlash asosida madaniy va yovvoyi o’simliklar xaqida umumiy tasavvurni shakllantirish. Usimliklar qanday belgilari asosida (xonaki, dala. poliz ekinlari)madaniy o’simliklar] (o’rmon, o’tloq ekinlarini), yovvoyi o’simliklarga bo’linishi to’g’risidagi z tushunchalarini shakllantirish, guruxdagi gullar nomini bilish.
Hayvonot dunyosi. Bolalarni o’zlariga tanish bo’lgan yovvoyi (quyonlar, tulkilar va hokazo) va tabiat burchagida yashovchi hayvonlarning moslashuvchanlik xususiyatlari bilan tanishtirish. Hayvonlarning o’zi yashaydigan muhitga tanasining tuzilishi va xatti-harakat bilan moslanishiga doir belgilarini ajrata bilishga o’rgatish. Uzun baquvvat oyoqlari tez yugurish imkonini beradi (bo’ri), agar hayvonning orqa oyoklari uzunroq bo’lsa, unda hayvon katta-kattasakrab yuradi (kuyon), o’tkir qayrilgan tirnoqlari daraxtlarga tirmashib chiqishga yordam beradi (olmaxon), to’mtok baquvvat, oldingi oyoqlari yon tomonga chiqqan, tirnoqlari yerni qazishgamoslashgan (toshbaqa, ko’rsichqon).
Hayvonlarning tana koplami (himoya uchun xizmat qiladigan rang (kuyon, olmaxon)ga, ignalar (tipratikan), kattiq qoplamga (toshbaqa) ega bo’lib, bular dushmandan o’zini himoya qilishda yordam) himoya va moslashuv xususiyatiga ega ekanligi hakidagi tasavvurlarini kengashirish.
O’simlik (suv quyish, tagini yumshatish) va hayvonlar (ovqaglantirish, kattalar yordamida akvarium yoki kafasni tozalash)ni parvarishlashni bilish.
Kuz faslining o’ziga xos xususiyatlari: kunlar soviy boshlab, kunduzi qisqaradi. Yaproqlar to’kiladi, o’tlar so’liydi. o’simliklar o’sishdan to’xtaydi, chunki ular uchun zarur bo’lgan yorug’lik va issiqliknipg mikdori kamayadi. Sovuq tushishi bilan hasharotlar yashirinadi. kushlarning ko’pchiligi issik o’lkalarga uchib ketadi, hayvonlar qishga tayyorgarlik ko’radilar: tullaydi (barcha hayvonlar), ovqat to’playdi (olmaxon), ovkat yeb semirib ketadilar va uyqu uchun joy izlaydilar (tipratikan, ayiq).
Bolalar uchun yangi O’zbekiston sharoiti uchun xos bo’lmagan uy hayvonlari-shimol bug’usi bilan tanishtirish. Ularning yashash joyi. tashqi qiyofasi fe’l-atvori, inson tomonidan boqilishi va ular yetkazadigan foydalar hakida tasavvurni shakllantirish. Hayvonlarning tanatuzilishi va fe’l-atvori, tabiiy sharoitlarga moslashuvi yungining qalinligi, uning qor ostidagi mox (shimolda o’sadigan o’simlik)ni kovlab olish ko’nikmasi, buguning keng qo’shaloq tuyoqlari bilan loy, tuproqli yer va xatto qiya yerlarda ham yura olishi, o’zining belgilari bilan uy hayvonlari toifasiga kirishi haqida so’zlab berish.
Tabiat burchagida yashovchi qushlar haqida, ularning yashash sharoiti, oziqlanishi, ko’payishi to’grisidagi tasavvurlarini aniqlash. Qushlarning uchishga moslashganligi xaqidagi tasavvurlarini shakllantirish(keng yigma kanotlari, dumi, yengil patlari havoga tayanish va uchish imkonini beradi).
Qish faslining o’ziga xos tabiati haqida tushuncha berish(kunlar qisqa, sovuq, ayozli bo’lishi, ariq va ko’lmaklarning muzlashi. korning paga-pag’a yog’ishi va b.) yer yuzi va daraxtlar usti oppoq qor bilan qoplanganda tabiat qanchalik jozibali ko’rinishiga bolalar e’tiborini qaratish, ularning estetik tuyg’ularini shakllantirish.
Daraxt va butalar bargsiz, harakatsiz holatda. Hasharotlar ham, ular bilan oziqlanuvchi qushlar ham yo’q. Ular issiq o’lkalarga uchib ketishgan. Qishlab koluvchi qushlar o’t- o’lanlarning uruglarini va o’simliklarning mevalarini, odam yashab turgan joy oldidagi ovqat qoldiqlarini yeydilar. Odamlar kushlarni boqib turadilar.
Yovvoyi hayvonlarning bahor davridagi hayoti va tabiatga moslanganligi bilan bo;tlarni tanishtirishni davom ettirish, ular uyqudan uyg'onadilar, dam olish holatidan chiqadilar, tullaydilar, joy quradilar...
Hayvonlarning rivojlanishi haqidagi bilimlarini kengaytirish. Qushlar in(uya) kuradi, tuxum qo’yadi, bolalaydi, baliqlar urug’ ko’yadi va bolalaydi.
Bolalarni akvariumda boqiladigan baliqlarning tana tuzilishi va harakatlari, bularning hammasi hayotga moslashish belgilari ekanligi bilan tanishtirish.Baliklarning tanasi,shakli.hajmi, ko’zlari va og’ziningtuzilishini ajrata bilishga, bu xususiyatlarni ularning xatti-harakti, xususiyatlari(yashash joyi, harakat usuli, ovqatlanishi) bilan qiyoslashga o’rgatish.
Bolalarda bahor haqidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirish: Kunlar issiqroq bo’ladi, kuyosh ravshanroq yoritadi, qor va muzlar eriydi, o’tlar. navro’zgullar paydo bo’ladi, kurtaklar to’lishadi va birinchi gullar, yaproqlar paydo bo’ladi. Jonivorlar uyqudan uyg’onadi(xasharotlar, hayvonlar), uchib ketgan qushlar qaytib kelishi xaqidagi tushunchalarini kengaytirish.
Bolalarga o’zlariga tanish uy hayvonlari, ularning yoz faslidagi hayoti haqidagi bolalar bilimlarini aniqlash, ular haqida umumlashgan tasavvurni mustahkamlash. Qanday belgilar asosida u yoki bu hayvon uy hayvoni guruhiga kirishi haqida bolalar bilimlarini aniqlash.Hayvon va parrandalarning inson uchun foydali tomonlari haqidagi tasavvurlarini aniklash. Ularni parvarish qilishga o’rgatish.
Bolalar bilan hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi hakidagi tasavvurlarini keshaigirish. Qushlar, hayvonlarning bolalari juda nozik tug’ilishi, ular ko’p jixatdan katta hayvonlardan fark kilishi haqida suhbatlashish. Kichik hayvon yeki parranda ko’pincha yung yoki pat bilan qoplanmagan, ko’zi yumuq, mustaqil yura lmaidigan va ovqatlana olmaydigan bo’ladi. Ota- onalari ular haqida gamxo’rlik Qilishlari, isitishlari, ovkatlantirishlari, dushmanlardan qo’riklashi, ovqat izlab topish, yurish, uchish, tirmashib chiqish va sakrashga o’rgatishlari haqidagi tushunchalarini aniqlash va kengaytirish adiqlar baliqchalari haqida gamxo’rlik qilmaydilar. Baliqlarning baliqchalari mustaqil ravishda ovqat izlaydilar, dushmanlardan yashirinadilar.
Yovvoyi va qo’lga o’rgatilgan hayvonlarni taniy olishga bolalarni o’rgatish. Qanday belgilari bilan ular u ye*ki bu guruhga taalluqli bo’lishini tushuntirish.
Yoz fasli haqida umumlashgan tasavvurni shakllantirish: iliq, issiq, yomgir yogadi, momaqaldiroq bo’ladi. Hasharotlar ko’p. Hayvonlar faollashadilar, bolalaydilar. Usimliklar gullaydi, yegiladi, xosil beradi.
Yoz faslida poliz, bog’ va dalalarda mevalar pishishi, ayrim sabzavotlarning yer ostida meva tugishi va pishishi(kartoshka, sabzi, yeryongoq) haqida ma’lumot berish, mevalarni mevasi hididan ajratinp^a o’rgatish, sabzavot va mevalarni inson organizmiga ta’siri va foydasi haqida bolalarga tushuntirish hamda ularni qanday iste’mol qilish haqida suhbatlashish kerak bo'ladi

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə