Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə26/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Nazorat savollari
1. Tabiat bilan tarishtirish metodlari necha guruhga bo‘linadi va ular qanday guruhlar?
2. Kuzatish uslubining mohiyati nimada?
3. Tabiat bilan tanishtirishda tabiiy jismlarning ahamiyati qanday?
4. Kuzatish necha turli bo‘ladi? Ular haqida gapirib bering.
5. Kuzatishda tarqatma materiallardan foydalanishning ahamiyati qanday?
6. Amaliy uslub va uning turlari haqida gapirib bering.
7. Tabiatda bolalar mehnatining ahamiyati qanday?


Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi mashg’ulotlarida qo’llaniladigan o’qitish vositalari haqida ma’lumot tayyorlang.
2.Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi dasturini tahlilqilib , ekran vositalarining ro’yhatini tuzing.
3.Tabiat xonasi va tirik tabiat burchagini rasmiylashtirish (bezatish) ning estetik tarbiyada tutgan o’rnini izohlang.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. http://jlmt.uz/tabiat-qoyniga-sayohat/
2. http://uz.denemetr.com/docs/768/index-93721-1.html?page=2
3. O.Hasanboyeva,H.Jabborova,Z.Nodirova “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” T.2012
4.”Kompleks tabiat” o`quv –uslubiy majmua

9-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiatda oddiy tajribalarni o’tkazishga o’rgatish




Reja:
1.O’yin mehnat o’rtasidagi aloqadorlik, oddiy tajriba yuzaga kelishi.
2.Turli yosh guruxda tajribani tashkil etishning usuli.
Maqsad:Bolalarga tabiatda oddiy tajribalarni o`tkazishga o`rgatish, mashg`ulot turlari,mashg`ulot o`tkazish metodikasi haqida tushuncha berish.
Kalit so`z: hodisalar, elementar, tajriba, ehtiyoj, qiyoslash, o’yin, mehnat, tarbiyachi rahbarligi, yorug‘lik, namlik, issiqlik.

Bolalar hodisalarni, predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqa hamda munosabatlarning sabablarini aniqlashlarn uchun elementar tajribalardan foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o’tkaziladigan kuzatishdir. U predmet yoki hodisaga aktiv ta’sir etishni, ularni qo’yilgan vazifaga muvofiq o’zgartirishni nazarda tutadi. Bu o’zgartirishda bolalar faol ishtirok etadilar.


1. O’yin mehnat o’rtasidagi aloqadorlik, oddiy tajriba yuzaga kelishi.
Tajribadan o’yin, mehnat yoki maxsus mashg‘ulotlar jarayonida paydo bo’lgan bilish vazifalarini hal qilish usuli sifatida foydalaniladi, biroq bunda boshqa usullardan (kuza- tishlar, evristik suhbat) foydalanishning imkoni bo’lmasligi mumkin. Vazifani tarbiyachi o’rtaga tashlaydi, biroq u bolalar tomonidan ham o’rtaga tashlanishi mumkin. Vazifa tushunarli va aniq Ifodalangan bo’lishi lozim. Bilish, vazifasining hal etilishi maxsus izlanishni: taxlilni, ma’lum va noma’lum ma’lumotlarni qiyoslashni talab qiladi. Taxlil natijasida bolalar hodisalarning sabablari haqida fikrlarini - taxminlarini aytadilar, hal qilish usulini - tajriba sharti va tashkil etilishini tanlaydilar.
Tajriba shartining muhokamasi tarbiyachi rahbarligi ostida o’tadi. Tajribaning hamma shartlari tenglashtirilishi va faqat ulardan bittasi - tajribaning natijasiga ta’sir etadigani alohida ajratilishi, bolalarga ko’rsatilishi hamda ular tomonidan tushunilishi lozim.Tajriba uzoq muddatli qiyoslanadigan yoki qisqa muddatli kuzatish tarzida o’tkazilishi mumkin. Uzoq muddatli qiyoslanadigan kuzatishda natijalar kechik- tirilganligi tufayli tajribaning ayrim alohida harakterli bosqichlarini rasm sxemalarda qayd qilish lozim. Agarda vazifa qisqa muddatli kuzatish jarayonida hal etiladigan bo’lsa, tajribaning natijalari darhol muhokama qilinadi: bolalar bilan birgalikda tajriba o’tadigan sharoit taxlil qilinadi, natijalar qiyoslanadi, xulosalar chiqariladi.
Uzoq muddatli harakterdagi tajriba davomida tarbiyachi bolalarning qiziqishlarini sodir bo’layotgan o’zgarishlarga jalb qilib turadi, ularni nima uchun tajriba o’tkazilayotganligini anglashlariga olib keladi.
Tajribaning yakunlovchi qismi olingan tajribalar asosida xulosalar chiqarishdir. Tarbiyachi bolalarni mustaqil xulosalar chiqarishga undaydi.
Tajribalarni tashkil etish jarayonida tirik ob’yektni halok bo’lishiga olib kelmaslik, ularning hayotiy muhim ko’rinishlarini buzmaslik qerak. Shuning uchun ham sezilarli o’zgarishlar paydo bo’lishi bilanoq (masalan, qorong‘i joyda o’simliklarning nihollari sarg‘ayadi va so’lib qoladi) sharoitni darhol o’zgartirish zarur.
2.Turli yosh guruxda tajribani tashkil etishning usuli.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o’simlikning o’sishi uchun yorug‘lik zarurligi haqidagi bilimni egallab olganlaridan so’ng o’tka- ziladi. Bolalar oldiga bilish harakteridagi vazifa qo’yiladi. «Suli» qaerda yaxshi o’sadi: qorong‘i joydami yoki yorug‘ joydami?» o’rtaga tashlangan tahminini muhokama qilib, tarbiyachi bolalarni tekshirishga undaydi — tajribani uyushtirady. Unib chihqan sulili ikki tuvak (yashik)ni joylashtirilganligi turlicha bo’lgan sharoitga qoyiladi: bittasini - qorong‘i joyga, ikkinchisini quyosh nuri yaxssh tushib turadigan deraza tokchasiga joylashtiriladi.
O’simliklar joylashtirilgan sharoit bolalar bilan muhokama qilinadi. Barcha sharoitlar (o’simliklarning bo’yi, miqdori, yashiklarning katta-kichikligiii, sug‘orish vaqtidagi suvniig miqdori) bir xilligi, faqat yoritilganlik darajasiniig har xilligi aniqlaiadi. O’simliklarning ko’rinishidagi o’zgarishlar yuzasidan uzoq muddatli kuzatishlar o’tkaziladi va bu o’zgarishlarning sabablari aniqlanadi. Bolalar tajriba davomidagi eng aniq ko’ringan o’zgarish- larning rasmini chizib boradilar.
Tajriba yakunida, o’zgarishlar aniq bo’lib qolganda, tarbiyachi bolalarga o’simliklarni qiyoslashni va xulosalar chiqarishni taklif qiladi.
Olingan xulosalarni tasdiqlash uchun qorong‘iroq joyda o’sgan o’simliknn yorug‘ joyga qo’yiladi. Sodir bo’layotgan o’zgarishlar yana ta’kidlanib muhokama qiliiadi.
Tajribalardan bolalarni qum, suv, tuproqning xususiyatlari bilan tanishtirishda foydalaniladi. Ularning yordamida suvning bir agregat holatdan ikkinchisiga o’tish sabablari, o’simlikning o’sishi uchun zarur bo’lgan sharoit aniqlanadi, shuningdek hayvonlarning ba’zi xatti-harakatlari tushuntiriladi.
Tajribalar yordamida ko’pgina bilish harakteridagi vazifalarni hal etish mumkin: o’simlik qaerda yaxshiroq o’sadi: issiq joydami yoki sovuq joydami? O’simlik sovuq joyda o’sa oladimi? Agar suv sovuqqa qo’yilsa, u nima bo’ladi? Qorni xonaga olib kirilsa-chi? va shu kabilar.
Tajribalar ko’pincha maktabgacha katta yoshdagn bolalar bilan bo’ladigan ishda qo’llanadi. Kichik va o’rta guruxlarda tarbiyachi ayrim izlanish harakatlaridan foydalanadi. Masalan, o’rta guruxda mushukni kuzatish davomida, bolalar mushuk qanday ovqatni afzal ko’radi degan xulosaga kela olishlari uchun tarbiyachi ularga mushukning oldiga sabzi, konfet, go’sht qo’yishni taklif etadi.
Yoki, mushuk eshitadimi yoki yo’qmi degan savolga javob topish uchun tarbiyachi mushukni pichirlab chaqirishni, tirnoq bilan stolning ustini tirnab qitirlatishni taklif etadi va so’ngra bolalardan so’raydi: “Mushuk eshitadimi? Uni eshitishini qaerdan bilding? Nimasi bilan eshitadi?” “Mushuk qaysi qog‘ozda go’sht, qaysi qog‘ozda non o’ralganligini hididan bila oladimi?” deb so’rash mumkin. Shundan so’ng yechim usulini taklif etadi: “Ikkita bir xil qog‘ozdan biriga go’sht, ikkinchisiga nonni o’rang-da, mushukning oldiga qo’ying”. Shundan so’ng tarbiyachi “Mushuk go’sht qaerda turganligini bildimi? U buni qanday bildi?” deb so’raydi.
Kichik va o’rta gurux bolalari bilan boshqa hayvonlarni kuzatishning navbatdagisini tashkil etar ekan, tarbiyachi o’sha bilish harakteridagi vazifalarni qo’yadi, bolalarni esa yechim usulini mustaqil topishga undaydi.
O’rta guruxda bilish harakteridagi vazifalarni hal etiladigan bo’lsa, izlanish harakatlari bolalarning deyarli barcha kuzatishlariga kiritilishi lozim.
Ayrim izlanish harakatlarida maktabgacha katta yoshda ham o’yin, mehnat, kuzatishlar jarayonida foydalaniladi.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə