Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə29/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Nazorat uchun savollar
1.Bog`chada mehnat qilish jarayoni bolalarda qanday shakllantirilib boriladi?
2.Bog`chada mehnatning qanday turlari o`rgatib boriladi?
3.Kuz faslida ob-havoda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?
4.Kuz faslida o`simliklar va hayvonlarda qanday o`zgarishlar sodir bo`ladi?
5.Qishda o`lkamizda yashaydigan hayvonlar va o`simliklar hayotidagi o`zgarishlarni gapirib bering.
6.Bahor fasli qanday oylardan iborat?
7.Yozda qanday mevalar pishib yetiladi?
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi mashg’ulotlarida qo’llaniladigan o’qitish vositalari haqida ma’lumot tayyorlang.
2.Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi dasturini tahlilqilib , ekran vositalarining ro’yhatini tuzing.
3.Tabiat xonasi va tirik tabiat burchagini rasmiylashtirish (bezatish) ning estetik tarbiyada tutgan o’rnini izohlang.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O.Hasanboyeva, X.Jabborova, Z.Nodirova ``Tabiat bilan tanishtirish metodikasi,,Cho`lpon Toshkent -2013
2.A.Xoliqov``Pedagogik mahorat,, Toshkent-2011
3.google.uz
4.ziyonet.uz
5.kitob.uz


12-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini o`tkazish
Reja
1. Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi haqida.
2. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Maqsad: bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlada ta’lim-tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishga o`rgatish
Kalit so`z: quyosh, ekskursiya, mehnat, umumiy kuzatish, didaktik o‘yinlar.
B olalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini rejalashtirishda asosiy qo‘llanma «Bolalar bog‘chasida ta‘lim-tarbiya dasturi» hisoblanadi. Bunda umumpedagogik qoidaga va rejalashtirish prinsiplariga amal qilinadi. Rejalashtirishning asosiy prinsipi bola shaxsini axloqiy shakllantirib, ularda tabiatga doir bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish, tabiatga materialistik nuqtai nazardan qarash bo‘yicha elementar tushunchalar berish, tabiatda kattalar mehnatini hurmat qilish va uni qadrlash, o‘simlik va hayvonlarni sevish hamda asrash ruhida ta‘lim berishdan iboratdir.
Buni amalga oshirish uchun pedagogik tarbiya ishlari to‘g‘ri rejalashtirilgan bo‘lishi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinib ta‘lim va tarbiya berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinishi, bunda turli-tuman ta‘lim formalari va bolalar faolligi hisobga olingan bo‘lishi kerak. Reja aniq sistema asosida izchillik bilan oddiylikdan murakkablikka qarab, bir-biri bilan bog‘langan turli metod va formalardan iborat bo‘lishi zarur. Rejalashtirishning muhim shartlaridan biri — uning real va aniq bo‘lishidadir. Rejaning aniq, real bo‘lishi muayyan bolalar bog‘chasida bajariladigan ishning aniq, umum dastur mazmuniga mos bo‘lishini ta‘minlaydi. Tabiatshunoslikka doir ishlarni rejalashtirganda tevarak-atrofimiz tabiati va tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar o‘z aksini topishi lozim.
Rejalashtirishning bosh maqsadi —«Bolalar bog‘chasida ta‘lim-tarbiya dasturi»ni to‘liq amalga oshirishdir. Shuning uchun ham yilning har bir fasli shunday rejalashtirilishi kerakki u o‘tgan fasl xulosasi va kelgusida qilinadigan ishning davomi bo‘lishi kerak. Tabiat bilan tanishtirish pedagogik tarbiyaning ajralmas qismidir. Bu ishni rejalashtirganda tabiatga doir eng aktual, aniq mazmunga ega bo‘lgan, yoshlarga ular haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berish, tabiatni sevish, asrash, ularda estetik his-tuyg‘ularni hosil qilishdan iboratdir. Tabiatshunoslik ishlarini rejalashtirganda kerakli sharoitning mavjudligiga tabiat burchagi, gulxona, poliz, tabiatda o‘ynash va mehnat qilish uchun kerakli jihozlar,texnika ta‘limi qurollari va boshqalarga alohida e‘tibor berish kerak. Rejada turli ishlarni bajarpsh ko‘zda tutiladi. Ularning xilma-xilligi tabiat hodisalarshishg va ob‘ektlarining ko‘pligidandir. Rejada mashg‘ulot, ekskursiya, mehnat va umumiy kuzatish, alohida kuzatish, tabiat burchagidagi mehnat, polizda, tulxonada, kollektiv va bir gruppa o‘yinlari o‘z aksini topishi zarur. Rejaga har xil ishlarni kiritilishi tarbiyachiga bolalarni har tomonlama tarbiyalashga yordam beradi. Yillik reja umumiy vazifani qamrab olib, butun pedagogik kollektivning maqsadini o‘zida mujassamlashtiradi. Ana shulardan biri tabiat bilan tanishtirish ishini ko‘ngildagidek tashkil qilishdir:
a) bog‘chada uchastkani tashkil qilish. Bunda bajariladigan ish aniq bo‘lib, masalan, mevali daraxt ekish, poliz ekinlari uchun yer ajratish va unga ishlov berish, qum, suv bilan o‘ynash uchun sharoit yaratish qushlarning uchib kelishi uchun uyachalar yasash va hokazo;
b ) tabiat burchagini tashkil qilishda tarbiyachiga yordam berish; kerakli qurollarni keltirish, har xil kattalikdagi qafaslar, akvariumlar, baliqlarni, xona o‘simliklarini, qushchalarni parvarishlash uchun jihozlar va hokazo;
v) har xil ko‘rgazmali qurollar keltirish; kartina, dia va kinofilmlar, tabiatga doir stol ustida o‘ynaladigan bosma o‘yinlar, bolalar uchun tabiatga doir badiiy adabiyotlar, tarbiyachilar uchun biologiya lug‘ati adabiyoti, texnik o‘quv qurollari.
Yillik rejada tarbiyachi bilan birga tabiat bilan tanishtirishning metodik ish formalari rejalashtiriladi. Bunda pedagogik majlislar mazmuni, tabiat bilan tanishtirish sohasidagi ilg‘or tarbiyachilarning ish tajribalarini yoyish va ularni to‘plash formalari (mashg‘ulotni kuzatish va muhokama qilish, ekskursiya, tabiatda bolalar mehkatini tashkil qilish va hokazo). Rejada tabiatshunoslik harakteridagi va metodik temalarda konsultastiya o‘tkazish ham rejalashtiriladi.
Yillik rejaga ota-onalar bilan tabiatni muhofaza qilishga doir pedagogik tashviqotlar olib borish ham kiritiladi.
Perspektiv reja har bir yosh gruppa uchun tuziladi. Uni yil fasllari bo‘yicha tuzish maqsadga muvofiq. Chunki bu tabiatning rang-barang xususiyatlarini hisobga olishga va tabiat hodisalari bilan bolalarni tanishtirishga imkoniyat yaratadi. Perspektiv reja tarbiyachiga dastur materialini to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi, ortiqcha ishlardan qutqaradi. U bolalar bilimini, malaka va ko‘nikmalarini ma‘lum sistema asosida, izchillik bilan borishini ta‘minlaydi.
Rejada jonsiz tabiat haqidagi bilim (ob-havoning mavsumiy o‘zgarishi, tabiiy matyeriallarning xususiyati va hokazo); o‘simliklar haqidagi bilim (masalan, o‘simliklarning organlari, uning xususiyatlari, vazifalari va ularning talabi haqidagi); hayvonlar haqidagi bilim (ularning tashqi tuzilishi, xulq-atvori, tashqi muhitga moslashishi kabi), tabiatda kattalar mehnati haqidagi ma‘lumotlar kiritiladi.
Kalendar rejasini tuzishda mashg‘ulotni o‘tishni rejalashtirishdan boshlash kerak. Mashg‘ulot — dastur mazmuni bo‘lgan tabiat bilan tanishtirish ishini kunlik hayotda amalga oshirish va tabiatshunoslik ishining asosiy formasidir. Kalendar rejada tabiat burchagidagi kuzatish va mehnatning asosiy mazmuni o‘z aksini topishi kerak: tabiat burchagiga yangi ob‘ektni olib kelish, uning holatini, o‘zgarishini kuzatish ishlari rejalashtirilishi kerak. Bu kuzatishni gruppaning hamma bolalari bilan birga olib borish maqsadga muvofiq. Rejada kuzatishning maqsadi, kuzatish yo‘llari va kuzatilgan ob‘ektning natijalarini tahlil qilish ham ko‘rsatiladi. K alendar rejada tabiat burchagida yakka va yarim gruppa bilan olib boriladigan kuzatish ishlari ham rejalashtiriladi. Bundan tashhari tabiat burchagida bolalar mehnati, uning hajmi va mazmuni ham rejalashtiriladi.
Asosiy e‘tibor — bolalarni yangi mehnat turlari bilan tanishtirishga qaratiladi. Rejada bolalarga mehnat tarbiyasi berishda va uni murakkablashtirib borishda bolaning individual xususiyatini hisobga olish kerak. Tabiat burchagida tashkil qilingan mehnat formalari: kollektiv mehnat tartibi, yarim gruppa mehnati, individual topshiriqlarning miqdori va mazmuni, bolada ularning murakkablashib borishi o‘z aksini topishi kerak.
Tabiat burchagidagi mehnat va kuzatish ishlarini ertalab olib borish zarur. Kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi rahbarligida o‘simliklarni artish, deraza oldini va qafasni tozalash, akvarium suvini almashtirish kabi ishlarni bajarish rejalashtiriladi. Kechki tuzatish ishlari hayvonlarning haraktyeriga harab zarur bo‘lsa rejaga kiritiladi. Uchastkadagi kuzatish va mehnat ishlarining asosiy qismi kunduzgi sayr paytida bajarish rejalashtirladi. Kechki sayr paytida esa kech uchun xos bo‘lgan kuzatishlar bajariladi. Bajariladigan ishning maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun har bir tabiatga qilingan sayrda bitta ish, yo mehnat qilish, yo kuzatish olib boriladi. Lekin katta gruppalarda ikkalasi ham bir vaqtda bajarilishi mumkin. Masalan, hamma gruppa bilan kollektiv kuzatish va uncha katta bo‘lmagan yarim gruppa bilan mehnat qilish. Aniq kuzatish ishlari rejalashtirilganda kuzatiladigan ob‘ektlar, kuzatishning maqsadi hamda kuzatish metodlari, usullari ko‘rsatiladi.
Rejalashtirishda ba‘zi konkret temalarni bilmasdan turib ham sayr paytida kuzatish rejasiga kiritish mumkin. Masalan, qushlarni kuzatish deyiladida, qaysi qush ekanligi noma‘lum, yoki ob-havoni kuzatish deyiladi-yu, ob-havoni nimasini (issiq, yomg‘ir, qor, shamolni) kuzatishni oldindan bilmaydi.
Mehnat qilish ishlari rejalashtirilganda qilinadigan ishning mazmuni, tashkil qilish formalari, jihozlash, bolalar hosil qiladigan malaka, uning aniq ro‘yxati berilishi kerak. Mehnat qilish ishlari qayta tashkil qilinganda, faqat mehnatga jalb etiladigan bolaning familiyasi ko‘rsatiladi. Katta va maktabga tayyorlov gruppa bolalari bilan ayniqsa bahor va ezda mehnatning u yoki bbu formasini bajarish rejalashtiriladi. Buning uchun bolalar kuzatishning har xil malakasini egallagan bo‘lishlari kerak. Kalendar rejada tabiat materiallari asosida harakatli o‘yinlarni bajarish ham qayd etiladi. Buni bajarish uchun qanday jihozlar kerakligi aniqlanadi. Bunday materiallar qatoriga qum, suv, o‘yinchoqlar va boshqa tabiat matyeriallari kiradi. Tabiatshunoslikka doir didaktik o‘yinlardan foydalanishda ularning shakli, mazmuniga harab ishlatish rejalashtiriladi. Bunda tarbiyachi bolalar qiziqishini orttirish uchun qaysi materialdan va qanday foydalanish yo‘llarini izlab topadi va bolalar e‘tiborini ko‘proq qaysisiga tortish kerakligini aniqlaydi. Lozim topilsa bu o‘yin turidan ikkinchi marta ham foydalanish mumkin. Bunda boshqa o‘yin turini topish va bolalar oldiga aniq vazifa qo‘yilishi kerak.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə