Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə28/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Nazorat savollari:

  1. Mashg’ulotga tayyorlanayotgan tarbiyachi nimalarga ahamiyat berishi kerak?

  2. O’quv-tarbiya jarayonini rejalashtirishning necha turi qo’llaniladi?

  3. Mashg’ulot necha qismga bo’linadi?

  4. Mashg’ulotlarda qaysi metodlardan foydalaniladi?

Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi mashg’ulotlarida qo’llaniladigan o’qitish vositalari haqida ma’lumot tayyorlang.
2.Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi dasturini tahlilqilib , ekran vositalarining ro’yhatini tuzing.
3.Tabiat xonasi va tirik tabiat burchagini rasmiylashtirish (bezatish) ning estetik tarbiyada tutgan o’rnini izohlang.
Foydalanilgan adabiyot:

  1. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi.

  2. “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” O. Xasanboyeva, X. Jabborova, Z. Nodirova.

  3. http://samudo.uz

  4. http://mtm-jurnal.uz/

  5. http://jlmt.uz/maktabga-ilk-qadam/

11-Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida yer maydonchalarida bolalar mehnatini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish. Yer maydonchalarida bolalar mehnatini tashkil qilish
REJA:
1.Tabiatda bolalar mehnati.
2.Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish.
3.Turli fasllarda tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlar haqida bolalarda tasavvur uyg`otish.
Maqsad: Yer maydonchalarida bolalar mehnatini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish haqida ma`lumot berish
Kalit so`z: Sensor tarbiya, elastikligi, pishiqligi, so`lg`inligi, zichligi, namligi, sifat, jamoa mehnati, yakka topshiriq, fasllar o`zgarishi, ozuqa, navbatchilik, temperature.
Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatga bo`lgan munosabatlar shakillanadi. Tabiatdagi mehnat bolalarda berilgan topshiriqqa ma`suliyat bilan yondashishni tarbiyalaydi. Biroq buning uchun bolalar zarur mehnat malakalarini egallab olgan bo`lishlari, o`z mehnatlarining ahamiyatlarini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnat maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maqsad va natijalarga erishish narsalarning sensor belgilarini nazarda tutishga o`rgatadi. Masalan o`simlikning suvga muhtojligini aniqlash uchun uning holatini barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so`lg`inligi, yumshoqligini, tuproqda esa uning namligi zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim. Mehnat jarayonida bolalar o`simliklar holatining yorug`likka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo`lgan ehtiyojlarining qondirilishiga bog`liq ekanligini anglab oladilar. Bolalar muhitning o`zgarishi qonuniy tarzda o`simliklar holatini ham o`zgartirishini bilib oladilar. Bu munosabatlarni o`zlashtirishlari ularning mehnatga bo`lgan munosabatiga ham ta`sir etadi mehnat ongli va maqsadga yo`naltirilgan bo`lib boradi. Bolalarda mehnatga qiziqish mehnatsevarlik shakllanadi. Tabiatdagi mehnat kuzatuvchan
likni o`stirish usullaridan biridir.Agar kuzatish mehnat bilan bog`langan bo`lsa samaraliroq bo`ladi. Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish. Bolalarning tabiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida va jamoa mehnat tarzida tashkil etiladi. Yakka topshiriq bolalar bog`chasidagi barcha yosh guruhlarda qo`llaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xatti-harakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko`rsatish qo`shimcha tushuntirish maslahat berish topshiriqning bajarilishini nazorat qilish bolaning faoliyatini boshqarish imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko`nikmalarning aniq va mustahkam shakillanishiga shuningdek topshirilgan ish uchun mas`uliyat his etish g`ayrat bilan mehnat qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi.Jamoa mehnat bir vaqtning o`zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va ko`nikmalarini tarbiyalashga imkon yartadi. Mehnatning bu shakli jamoadagi munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir.Bunda mehnatning umumiy maqasadini tushuntirish keishib olish o`z harakatlarini muvofiqlashtirish ishni hamkorlikda rejalashtirish o`rtoqlarga yordam berish ularning mehnatini baholash kabi muhim ko`nikmalar shakllanadi. Bolalar mehnatini tashkil etish shakillaridan biri navbatchilikdir. Tabiat burchagida navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydi. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini takomillashtirish uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.
Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar.
Bunda bolalar tarbiyachining tabiat burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o`simliklarni parvarish qilishga yo`llangan mehnatida ishtirok etadilar. Ular 1-2 ta individual topshiriqlar oladilar( qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxo`rakka solish, o`simliklarni oldindan hozirlab qo`yilgan suv bilan sug`orish va shu kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi asta sekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O`rta guruh.
Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakillari kichik guruhdagi bilan birxildir. Bunda individual topshiriqlar katta o`rin egallasa ham biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o`zini 2-3 kun davomida bajaradilar. Natijada o`rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.
Katta guruhlar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko`nikmasigina emas, balki mehnat topshirig`ini uning natijasini ko`rsatishni topshiriqlarning ketma-ketligini kerakli anjomlarni tanlashni mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida ) ham tarkib toptirish lozim. O`simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo`yicha individual topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi. Navbatchilikni tashkil etishar ekan, tarbiyachi mashg`ulot o`tkazib unda bolalarni navbatchilikning majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2-3 bola navbatchilik qiladi. Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllnamagan bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.
Kuz fasliga tavsiyanoma
Ob-havodagi o`zgarishlar. Kuzda harorat asta-sekin pasayib boradi, buning natijasida o`simlik va hayvonot dunyosi hayotida o`zgarish hamda susayish ro`y beradi(o`simlik barglari sarg`ayadi to`kiladi ba`zi qushlar uchib ketib boshqalari uchib keladi va hokazo). Ana shunday juda issiq vaqtlarda o`simliklar ayniqsa gunafsha dastargul va boshqalar 2 marta gullaydi. Hayvonot dunyosi ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko`rish mumkin: g`urraklar g`urullay boshlaydi, to`rg`aylar sayraydi, qurbaqalar qurillaydi ba`zi bir hashoratlarda esa kuzgi urchish boshlanadi. Odatda sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi ba`zi hollarda esa tunda havoning bulutli bo`lishi kutiladi. Agar kechasi osmon bulutsiz bo`lsa yer ustki qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Agar havo to`lqining harorati nol darajadan past bo`lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Bog`larda kechki olmalar, kechki uzumlar yong`oq pishib yetiladi, shuningdek O`zbekiston uchun xos bo`lgan behi anor pishadi, yovvoyi do`lana olcha va na`matak hamda bolalarning sevimli mevasi bo`lgan jiyda pishadi. Gulxonalarda gultojixo`rozlar, xrizantemalar gullaydi, floks va boshqa gullar esa so`liy bo`shlaydi. Eman chinor va boshqa daraxtlarning bargalari ayrim hollarda qattiq sovuq tushgunga qadar ham ko`m-ko`k bo`lib turadi.
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o`zgarishlar.
Sentabr oktabr oylarida o`lkamizga go`ngqarg`alar uchib kelishadi. Biz ularni bolalar bog`chasi bog`larida ham ko`ramiz. Ular bizga tog`lardan tushib uchib kelishadi( bu qushlar bahor va yoz fasllarida tog`larda yashashadi). Qarg`a turli qoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylarida sentabr oyining ikkinchi yarmida qizilto`shlar(o`rmon sayroqi qushi) paydo bo`ladi. Dastlabki sovuqlar tushishi bilan turnalar va g`ozlar janub tomonga gala-gala bo`lib uchib ketishdi.
Qish fasliga tavsifnoma.
Kalendar bo`yicha qish birinchi dekabrdan boshlanadi. Yerning ustki qatlamini qor qoplashi va suvlarning muzlashi qishning boshlanishidan darakdir. O`zbekistonda qish o`ziga xos xususiyatga ega. Qor qatlamlari muntazam bo`lmay tez eriydi, va qishda bir necha marta qor yog`adi. Odatda qor dekabr oyining boshida yog`adi. Qishning ikkinchi yarmida yanvar oyida fevral oyining boshlarida ko`proq qor yog`adi, mart oyida ham bir oz yog`ishi mumkin. Qishda daraxtlar ``yalang`och`` holda bo`ladilar va nisbiy osayishtalik holatida yashaydilar. Osimliklar yer usti qismi o`sishdan to`xtab, qishki osayishtalikka o`tadi. Dekabr oyida shahar va qishloqlarda aholi yashaydigan punktlarda chumchuqlar, qarg`alar zag`chalar va boshqa qishlaydigan parrandalar yig`iladi. Qor yoqqan vaqtda bu qushlar och qolishadi va hatto ochlikdan o`la boshlaydilar. Qish faslida Sirdayo vohasidagi cho`llarda uchraydigan mahalliy karagan tulkilar junining tusi o`zgaradi. Uy parrandalari ayniqsa tovularda katta jonlanish boshlanib ular tuxum qilishga kirishadilar. Agar havo issiq kelsa fevral oyida ham ekin ekishga kirishish mumkin.
Bahor fasliga tavsifnoma.
Bahor mavsumi kalendar hisobi bo`yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin bahorning kelishi har yili turlicha bo`ladi. Mart oyida qattiq yog`ingarchilik bo`ladi. Harorat +25+29 darajagacha ko`tariladi. Lekin sovuq ham bo`lib turadi. Aprel oyida harorat ko`tarildi. May oyida dalalar ``ko`klam libosini kiyadi``. Boychechak chuchmoma sovrinjon gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o`simliklar lolalarning ko`pgina turlari giatsintlar har xil turli narsislar barg chiqara boshlaydi. Daraxtalar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxt ildizlari yerdagi namlikni o`ziga tortadi. Mart oyida qushlar uchib kela boshlaydi. Qushlarda ko`payish davri boshlanishi sababli ularda uyalariga qaytib kelish zarurati tug`iladi. Qushlar qo`sha – qo`sha bo`lib urchiy boshlaydi.Bolalar bilan mevali bog`larga ekskursiyaga chiqilganda asalarilarning o`rik shaftoli va boshqa o`simlik gullarining biridan ikkinchisiga qo`nib yurganlarini kuzatish mumkin. Mart oyida qurbqalar cho`l baqalari va quruqlikda yashovchi hayvonlar o`z ``konsertlarini,, boshlaydilar. Mart oyida baliqlar ikra yig`ishga va urchishga kirishadilar. Aprel oyida havo yaxshi isiganida tipratikanlar uyqudan uyg`onadilar. Toshkent atrofida va Toshkent viloyatida ``quloqli tipratikan,,lar uchraydi. Bu tipratikan Yevropa tipratikanlaridan kichikroq bo`lib ignalari ham kaltaroqdir. Uning quloqlari katta ( boshining yarmidan ham uzunroqdir) , shuning uchun ham u quloqli tipratikan deb ataladi. Tipratikanlar havzalarda tog`li o`lkalarda va bog`larda yashaydi. Mevali bog`larda qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi kurash olib boriladi.
Yoz fasliga tavsifnoma
Birinchi iyun kalendar hisobi bo`yicha yozning birinchi kuni hisoblanadi. 22-iyun yoz faslida quyoshning eng uzoq nuqtadan o`tagan kuni bo`lib bunda eng uzun kun va eng uzoq nuqtadan o`tgan kuni bo`lib bunda eng uzun kun va eng qisqa tun bo`ladi. Iyun oyida ob-havo yaxshi bo`ladi. Kunlik o`rtacha harorat +20+30 daraja atrofida bo`ladi. Ko`pincha yoz oylarida havo ochiq bo`lib turadi. Bog`larda o`rik olcha erta pishar olma va noklar pishib yetiladi. 3-4 yil ilgari o`tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli olcha hosil bera boshlaydi. Kapalaklar ham gullarga qo`nadilar. Barglarning quyi qismlarida hasharotlarning ignalari izini ko`rish mumkin. Avgust oyida hali kapalak ninachi va qo`ng`izlar bo`ladi.Avgust oyida ko`kqarg`a, jarqaldirg`och ko`rkunaklar singari ba`zi bir qushlar uchib keta boshlaydilar. Laylakalar Toshkentdan sentabr oyida Butun O`rta Osiyodan esa oktabr oylarida uchib ketadilar. Yovvoyi hayvonlarning ham bolalari jumladan bo`ri bolalari ulg`aya boshlaydilar. Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek bo`ri bolalari 5-6 hafta ona suti bilan ovaqtlanadi. Oltinchi haftadan boshlab asta – sekin go`sht yeya boshlaydi. Iyun - iyul oylarida ona echkemar qoyalarning yoriqlariga
1-2 tadan bir necha marta tuxum qo`yadi.Avgust oyida tipratikanlar 5-7 tadan bola tug`adi. Yozda havo issiq bo`lgan taqdirada kechki payt darxtlarga ko`kat devorlarga suv sepiladi. Dalalarda g`o`zalar bedalar kechki makkajo`xori va qish uchun tayyorlanadigan kartoshka hamda boshqa sabzovotlarni parvarish qilish ishlari davom etadi.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə