Tadbirkorlik



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

QISQACHA XULOSALAR
“Tadbirkor” va “Tadbirkorlik” tushunchalari XVIII asrda R. 
Kantilyon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit, J. B. Sey singari buyuk iqti- 
sodchilar tomonidan olib borilgan tadbirkorlikka oid dastlabki tadqi- 
qotlar natijasida shakllangan. Bu tushunchalarning mazmun-mohiyati 
keyingi bosqichlarda aniqlanib, boyitilib kelingan va bu jarayon hozir 
ham davom etmoqda. Tadbirkorlikning nazariy-amaliy rivojiga XX 
asr buyuk iqtisodchisi U. Shumpeter katta hissa qo‘shgan va buning 
evaziga “tadbirkorlik ideologi” maqomiga sazovor bo‘lgan. Unga ko‘ra 
tadbirkor - novator, ijodkor, ixtirochi, islohotchi va shuning uchun u 
iqtisodiyotni harakatlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.
Tadbirkorlikni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadigan o ‘z bel­
gilari mavjud. Ularga tashabbuskorlik, novatorlik, yaratuvchanlik, is- 
lohotchilik, tavakkalchilik kiradi. Ana shunday belgilarga ega bo‘lgan 
harakat, ish, faoliyat, biznes tadbirkorlik bo‘lib hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati erkinlik, mustaqillik, teng huquqlilik, ixtiyo- 
riylik, moddiy javobgarlik, qonuniylik tamoyillari asosida tashkil etili- 
shi va amalga oshirilishi lozim. Bunday tamoyillar to‘la ro‘yobga chiqa- 
digan shart-sharoitlar yaratilgan va ularga to ‘liq rioya etilgan taqdirda 
tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy jihatdan yuksak 
darajaga ko‘tariladi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga 
o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi.
Tadbirkorlik tavakkalchilik bilan bog‘liq faoliyatdir. Biror ishga 
kirishishdan oldin tavakkal darajasini baholash va unga qarab ish tut- 
ish maqsadga muvofiq. Tavakkal darajasi oddiy holda tavakkal koef­
fitsiyenti orqali ifodalanadi va u tavakkal qilinayotgan yo‘qotish (zarar) 
miqdorini ishga tikilayotgan sarmoya miqdoriga nisbati ko‘rinishida
36


aniqlanadi. Bu koeffitsiyent 0,3 gacha b o isa , tavakkal darajasi maqbul,
0.3.dan 0,7 gacha b o isa , y o i qo‘yish mumkin darajada, 0,7 va undan 
katta b o isa , tavakkal qilish mumkin emas deb hisoblanadi.
Tadbirkorlik jamiyatda mavjud ijtimoiy va iqtisodiy muammolami 
yechishda katta rol o ‘ynaydi. U aholini ish bilan ta’minlash, qishloqlar 
va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish, mahsulot ishlab chiqarib, 
bozorlarni to id irish va eksport qilish, davlat budjetini toidirish, kadr- 
lar malakasini oshirishga salmoqli hissa qo‘shadi. Eng muhimi iqtisodi­
yotni isloh qilib, uni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat 
qiladi.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə