Tadbirkorlik



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

Davlatlar
Kichik biznes
subyektlari soni
Kichik biznes salmog‘i, %
Ming dona
Aholi jon
boshiga,
1000 
kishiga,
dona
Ish bilan
bandlikda
Yalpi ichki
mahsulotda
Amerika Qo‘shma 
Shtatlari
19300
74
54
5 0 - 5 2
Italiya
3920
68
73
5 7 - 6 0
Yaponiya
6450
50
78
5 2 -5 5
Buyuk Britaniya
2930
46
42
5 0 -5 3
Germaniya
2290
37
46
5 0 - 5 4
Fransiya
1980
35
54
5 5 - 6 2
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes subyektlari jon boshiga 
(1000 kishiga) olganda AQShda eng yuqori - 74 taga yetgan b o isa , 
Italiyada 68 tani, Yaponiyada 50 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichning 
nisbatan past darajasi Germaniyada (37 ta) va Fransiyada (35 tani) 
tashkil etgan. Ish bilan bandlikda kichik biznes salmog‘i Yaponiya va 
Italiyada yuqori (78 va 73 foiz), Germaniya va Buyuk Britaniyada past 
(46 va 42 foizni tashkil etgan). Lekin shuni ta’kidlash joizki, kichik 
biznes subyektlarining aholi jon boshiga to ‘g ‘ri kelishi va ish bilan 
bandlikda hissasi jadvalda keltirilgan. davlatlar bo‘yicha keskin farq 
qilishiga qaramay, uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasining katta 
farq qilmasligi kichik biznesning mazkur mamlakatlarda mustahkam, 
barqaror o ‘rin egallab olganidan darak beradi.
Tadbirkorlik 0 ‘zbekistonda ham sezilarli rivojlanib, o ‘z taraqqi- 
yotida m a’lum darajaga erishdi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishishi 
bilan iqtisodiyot va savdo-sotiqni erkinlashtirish, turli mulk shakllarini 
vujudga keltirish, raqobatni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Bu 
masalalarni hal qilish va, umuman, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivoj- 
lanishida tadbirkorlik muhim rol o‘ynashi e'tirof etilib, respublikada
44


tadbirkorlikni shakllantirish va yuksaltirish uchun zarur shart-sharoit 
yaratishga kirishildi. Birinchi navbatda, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlarida tadbirkorlik tan olindi hamda uning 
shakllanishi va rivojlanishiga yo‘l ochib berildi. 1991-yil 15-fevralda 
“0 ‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati to ‘g‘risida”gi birinchi qonun qa­
bul qilindi va u tadbirkorlikning asosiy huquqiy bazasi bo‘lib xizmat qil- 
di. Keyinchalik mazkur qonunga zarur o ‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 
kiritilib, u ancha takomillashtirildi hamda yana bir qator qonunlar va 
qarorlar, qonunosti m e’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan to‘ldirildi va quv- 
vatlandi.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanishida xo ‘jalik erkinligining 
oshishi va m a’muriy-qonunchilik cheklovlarining qisqarishi, tadbirkor­
lik (avvalo, kichik, xususiy, qo‘shma tadbirkorlik)ning davlat tomoni­
dan qo‘llab-quvvatlanishi, tadbirkorlik tashabbusining yangi imkoni­
yatlari va sohalarining ochib borilishi, soliq islohotlari va m a’muriy 
islohotlar ham katta yordam berdi. Mamlakatda sarmoya bozori va biz­
nesni mablag‘ bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaydi, yangi moliya 
muassasalari va axborot ta ’minoti rivojlandi, patent-litsenziya tizimi 
mustahkamlandi, xo‘jalik faoliyatining yangi turlari paydo bo‘ldi 
va kengayib bormoqda. Respublikada tadbirkorlikni tezroq oyoqqa 
turg‘azish, rivojlantirish, jamiyatda o‘ziga munosib o‘rinni egallab oli- 
shi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi va ularni yaxshilash davom 
etmoqda. Ulardan eng muhimi va boshqa shart-sharoitlar uchun asos 
hisoblanadigani m e’yoriy-huquqiy bazadir. Bu baza yildan-yilga ken­
gayib, mustahkamlanib, takomillashib, rivojlanib bormoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994- yil 21- yanvardagi 
“Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofa- 
zasini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni 
bilan xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlikning shakllanishi iqti­
sodiy islohotlaming eng asosiy vazifalaridan biri sifatida e’tirof etil- 
di. Bu vazifani bajarish uchun tadbirkorlikni rivojlantirish siyosati va 
qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi. U 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun- 
lari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga 
asoslanadi.
45


1994-yili 0 ‘zbekistonning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Toshkent shahri bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlan­
tirish mintaqaviy dasturlari ishlab chiqildi. 1995- yil 28- avgustda 
“0 ‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish­
ni qoMlab-quvvatlash” “Davlat dasturi” qabul qilindi. Bu dasturlarga 
har yili tegishli aniqliklar kiritilib, ular uzluksiz amalga oshirilmoqda. 
Bundan tashqari, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash si- 
yosatini samarali amalga oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan qator 
qonunlar, farmonlar, qarorlar qabul qilinib kelmoqda. Ularni ro‘yobga 
chiqarishni tashkil etish va ta ’minlash uchun maxsus davlat organlari 
va nodavlat tashkilotlari tuzildi: 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mul- 
kini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, 
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
davlat qo‘mitasi (u 2005- yilda qayta tashkil etilib, tadbirkorlikni rivoj­
lantirish va qo‘llab-quvvatlash vazifalari Davlat mulk qo‘mitasidan 
unga o ‘tkazildi), tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi 
(2004 yilda uning negizida 0 ‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tuzil­
di), kichik va xususiy tadbirkorlikni rivolantiirishni rag‘batlantirish 
Respublika muvofiqlashtirish kengashi, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi 
Tadbirkorbanku 2006 yilda Mikrokreditbankka aylantirildi, tadbir­
korlik subyektlarini davlat ro ‘yxatidan o ‘tkazuvchi organlar, prokura- 
tura va Adliya vazirligi tizimlarida tashkil etilgan fermer va dehqon 
xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilish boshqar­
masi va bo‘limlari faoliyat yuritib kelmoqda.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlikning rivojlanishida erishilgan yutuqlar 
bilan birga, bir qator qiyinchiliklar va muammolar, ayrim rahbarlarda 
tadbirkorlikka nisbatan noto‘g ‘ri munosabat ham mavjud. Natijada 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o ‘z salohiyatini to‘la namoyon 
qila olmayapti, tegishli mutasaddilar esa uni yetarlicha ishga sola ol- 
mayotirlar. Ayrim sohalar va tarmoqlarda, xususan, sanoatda va mam­
lakat eksportida uning roli juda past. Tadbirkorlikning turli sohalardagi 
o ‘mi va roli 3. 2- jadvalda keltirilgan m a’lumotlardan ham ko‘rinib 
turibdi (manba: 0 ‘zbekiston Respublikasining 2005 - 2008- yillar 
statistik axborotnomasi m a’lumotlari asosida hisoblangan).
46


3. 2- jadval
0 ‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subyektlarining hissasi


Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə