Tarbiya tizimida innovatsion texnologiyalarning salbiy va ijobiy xususiyatlari Reja: Kirish



Yüklə 110 Kb.
səhifə5/10
tarix31.03.2022
ölçüsü110 Kb.
#84912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarbiya tizimida innovatsion texnologiyalarning salbiy va ijobiy xususiyatlari

Tamoyillar:

  • ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikningyuqori darajasi, katta bloklarda o‘rganish faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, va lining mo‘ljaldagi asosini qo‘llash;

  • shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv;

  • insonparvarlik;

  • zo‘rlab o‘qitmaslik;

  • o‘quv vaziyatlarining konfliksizligi’, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yodga solish);

  • V.F. Shatalov metodining o‘ziga xosligi:

  • materiallar katta hajmda kiritiladi;

  • materiallar bloklar bctyicha joylashtiriladi;

  • o‘quv materiali tayanch sxema-konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tayanch konspekt ko‘rgazmali sxemani tashkil yetmoqda. V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal o‘zaro uzviy bog‘lovchi ramzlar (ishora, so‘z, sxema, rasm va h.o) bo‘lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi.

Tayanch konspekt - o‘quv materiallari o‘zaro bog‘langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g‘oyalar tizimi o‘mida qo‘llana oladigan ko‘rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko‘rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.

V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg‘ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o‘quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi.

V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo‘lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni o‘z ichiga oladi:

1. Nazariyani sinfda o‘rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo‘r, ko‘rgazmali qurol, O‘TV bilan) bo‘yalgan plakat — tayanch konspekt bo‘yicha qayta tushuntirish; plakat bo‘yicha qisqacha bayon qilish; o‘quvchilarning o‘z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo‘yicha keng mustahkamlash.

2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspekt+darslik+ota-onalar yordami. O‘quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o‘qituvchining tushuntirganlarini yesla, berilgan materialni kitobdan o‘qi; o‘qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so‘zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni so‘zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla.

Birinchi takrorlash - konspektni o‘zlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o‘quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o‘qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi bir vaqtning o‘zida «asta» va magnitafon orqali so‘rab boradi yozma ishdan so‘ng og‘zaki so‘rash boshlanadi.

Tayanch konspektni og‘zaki so‘zlab olish - o‘zlashtirishdagi tashqi nutq (og‘zaki) faoliyatining yeng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.

Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o‘zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro‘yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.) o‘zaro so‘rash va o‘zaro yordam; o‘yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.).

Nazorat, baholash. V.F.Shatilov o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashqi nazoratni o‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo‘qligi va past bahodan qo‘rqishning yo‘qligi. Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash.

O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan ko‘zguga qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga yega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani ye’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga yega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, awalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi hamda o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv faoliyati tizimi maktab o‘quvchilarida yeksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o‘qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o‘qitishda ham keng tarqaldi.

G.K.Selevko pedagogik texnologiyani rejalashtiriladigan natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb ta’riflaydi. Texnologik jarayon tuzilmasini axborotlarning uch asosiy harakat yo‘nalishi bilan tavsiya etiladi. Bu tuzilmada G.K.Selevko uch shahobchani belgilaydi:

Asosiy shahobcha — mazmunning harakati bo‘lib, u axborotning manba (o‘qituvchi)dan qabul qiluvchi (o’quvchi)ga uzatish (o‘quvchilar ye’tiboriga uzatish, o‘quv-bilish faoliyatiga rahbarlik qilish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni idrok yetish, o‘zlashtirish va mustahkamlash). Unda axborotlarni qo‘shimcha boshqarish manbalari — kitoblar, texnik vositalar, kompyuterlar va o‘quvchi tomonidan ularni mustaqil idrok etish (o‘z-o‘zini boshqarish jarayoni) muhim holat hisoblanadi.

Boshqarishga ta’sir o‘tkazish shahobchasi. U o‘z ichiga rejalashtirishni (strategik va taktik), ta’limiy axborotlarning asosiy psixologik harakati korreksiyasini qamrab oladi.

Jarayonlar haqidagi (qayta bog‘lanish, nazorat, baholash, qo‘shimcha axborotlar shahobchasi) axborotlar o‘qituvchidan o‘quvchiga uzatilish shahobchasi.


Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə