Tarbiya tizimida innovatsion texnologiyalarning salbiy va ijobiy xususiyatlari Reja: Kirish


Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar



Yüklə 110 Kb.
səhifə8/10
tarix31.03.2022
ölçüsü110 Kb.
#84912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarbiya tizimida innovatsion texnologiyalarning salbiy va ijobiy xususiyatlari

2. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar

Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o‘z zammasiga olmog‘i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi.

Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo‘la oladi. Demak, shundagina o‘quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o‘quv-metodik majmualar tajriba-sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta’lim natijasining sifat ko‘rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo‘naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O‘tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog‘liq tarzda o‘quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o‘quv dasturi tajribadan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, kuzatilayotgan ta’lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo‘llaganligiga emas, balki o‘quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o‘quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko‘lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak.

Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o‘zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o‘zining tayanch metodologiyasiga ega bo‘lgan pedagogika fanining muhim tarmog‘i sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim tizimini yangidan-yangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta’lim modellari va texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgandir.

Pedagogik prognostika o‘quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta’lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta’lim texnologiyalari doirasida o‘quvchi-o’quvchilarga turli darajadagi tushunchalarni hamda mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish yo‘llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o‘quvchi hamda o‘qituvchining jonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog‘i lozim.

Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, xoh o‘quv dasturi yoki darslik, xoh o‘qituvchi faoliyati orqali o‘tishidan qat’iy nazar, o‘quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchi-o’quvchining boshqa o‘quvchi-o’quvchilar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi yoki o’quvchi shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat’iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o‘tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir.

Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo‘lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o‘rinda ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim.

Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, o‘quvchi-o’quvchilar shaxsini hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining sub’ekti, o‘quvchi-o’quvchilar pedagogik jarayonning ob’ekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi-o’quvchi o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti hamkorlikda o‘quv-tarbiya vazifalarini hal etadi.

Ushbu pedagogik texnologiyada ta’lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu g‘oya qay darajada amalga oshirilganligi ta’lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda o‘quv-tarbiyaviy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi muhim omil shaxsga bo‘lgan munosabat hisoblanadi.

Insonning boshqa mavjudotlardan farqi – o‘z oldiga ma’lum bir maqsad qo‘yib, so‘ng unga tomon harakat qilishidadir. Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida muayyan tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tadi. Bu to‘siqlarni bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to‘siqni yengib o‘tish uchun qo‘llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi.

Inson maqsadga yetishda bir necha, ba’zan esa o‘nlab-yuzlab to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri keladi. Bu to‘siqlarni yengish uchun tegishli usullar ma’lum bir tizimda qo‘llanadi. Maqsadga yetishda qo‘llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi.

Usullarni ma’lum bir uslubda qo‘llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.

Ta’lim uslubi – o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchi-o’quvchilar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. O‘qitish uslublari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogikfaoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi.

Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyga bo‘linadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchi-o’quvchilarning ta’lim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish – illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo‘llaniladi.

Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo‘llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o‘qituvchi (pedagog) avvalo muammoli vaziyat yaratadi, savollar qo‘yadi, masalalarni, topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi. O‘quvchi-o’quvchilar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. Bu uslub o‘quvchi-o’quvchilarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi.

Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo‘lgandagina, pedagog o‘zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. O‘qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.

Pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko‘rinishda oladi. Hattoki, o‘quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu yerda maqsadlarni aniqlashtirishning o‘ziga xos pillapoyasini tuzish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan – ta’lim tizimi vazifalariga, ulardan–ma’lum o‘quv yurti, o‘quv predmeti, uning mavzuli bo‘limlari va alohida o‘quv maqsadlariga o‘tish mumkin.




Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə