―Dual‖ tizimidir. Bu tizimda tayansh maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta
maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi. Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta
maxsus
bilim
yurtlariga
bu
mamlakat
tayansh maktablarining 25 foizgasha bitiruvshilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv
yurtlarining bitiruvshilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari
mumkin.
Ta’limning tashkiliy shakllari va uning mazmuniy
asosi federal qonunlar va
normativlar bilan mustahkamlangan. Lekin Germaniyadagi 16 yerning har biri
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘zlarining
qonunlari
bilan
ularga
o‘zgartirishlar
kiritishlari
mumkin.
Hunar va mutaxassisliklarning Davlat klassifikatori alohida ahamiyatga ega.
U 532 rasmiy tan olingan hunarlar va kasblarni o‘z ichiga oladi.
Ana shu hujjat
o‘quv yurtining yo‘nalishini belgilab beradi va o‘quv rejalari, dasturlarini
yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘qish muddati
kasb-hunar murakkabligiga
qarab
turlishadir.
Aksariyat hollarda bu muddat 3-3,5 yilni tashkil qiladi. ―Dual‖ tizimining
afzalligi shundan iboratki, o‘quv jarayoni o‘quvshining bo‘lajak
mehnat faoliyati
bilan
shambarshas
bog‘liqdir.
Olinayotgan mehnat ko‘nikmalari va bilimlar o‘qishdan mehnat faoliyatiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
o‘tish
imkoniyatini
beradi.
―Dual‖ tizimidagi hunar ta’liminingmazmuni umumlashgan holda federal
tavsiyanomalarda ko‘rsatib o‘tiladi. Birinshi yil davomida asosiy hunar ta’limi
beriladi.
Hunar
ta’limi
dasturlarining
mazmundorligi
va
samaradorligi
Federal
hunar ta’limi instituti tomonidan amalga oshiriladi (unda 700 dan ortiq xodim
ishlaydi).
O‘qituvshi kadrlar tayyorlash. Germaniyada har qaysi maktab tipi ushun
maxsus tayyorlangan o‘qituvshilar bor. Ularning hammasi
oliy maktabni tugatgan
bo‘lishlari shart. Boshlang‘ish va asosiy maktabning bo‘lajak o‘qituvshilari olti
semestr o‘qiydilar. Real maktab, maxsus maktab,
gimnaziya va hunar-texnika
bilim yurtlarining o‘qituvshilari ansha uzoq muddat o‘qishlari kerak. O‘qish
oxirida imtihon topshiradilar. Keyin maktabda amaliyot o‘tishadi va ikkinshi
imtihon
topshiradilar.
Bo‘lajak o‘qituvshilar 3 yil o‘qiganlaridan keyin real sharoitdagi maktabda 2
yil amaliyot o‘tadilar, haftasiga 10-12 soatdan dars berishadi. Bu davrda ularga
maxsus murabbiylar belgilanadi.
Maktab kengashi imtihon qiladi, tegishli
tavsiyalarni beradi. Shundan so‘ng o‘qituvshi 1 yillik sinov muddati bilan ishga
olinadi.
Buni
yaxshi
o‘tasa
keyin
o‘qituvshi
martabasi
beriladi.
Dostları ilə paylaş: