Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar



Yüklə 127,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü127,83 Kb.
#151124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SINF O YINLARI BONUS

Ha-yo`q mashqi
Ta’rifi
O`qituvchi bir nima (raqam, predmet, adabiy yoki tarixiy qahramon va
sh.o`.) ni o`ylab qo`yadi. 
O`quvchilar esa unga savol berib, u nimani o`ylab qo`yganligini topishga harakat
qiladilar. O`qituvchi ularning savollariga faqat “Ha”, “Yo`q”, “Ham ha, ham yo`q”
so`zlari bilan javob beradi. 
Savol nojo`ya berilgan yoki o`qituvchi didaktika maqsadlaridan kelib chiqib,
savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. SHunda
u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi.
Mashq yakunlanganidan so`ng albatta qanday savollar kuchli, qandaylari
kuchsiz va nima uchunligi yuzasidan qisqa muhokama o`tkazish shart.
Mashqning maqsadi – bolalarni savollarni tartibsiz berishga
urintirmasmasdan, ularni izlash strategiyasini ishlab chiqishga o`rgatishdan
iboratdir.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarda qo`llaniladi, o`quvchilarda bilim olishga bo`lgan
qiziqishni rivojlantiradi.
Afzalliklari 
O`quvchilarda faol bilim olish nuqtai nazarini mustahkamlaydi va
quyidagilarga o`rgatadi:
tarqoq holatdagi faktlarni yagona bir shaklga bog`lash;
mavjud bo`lgan ma’lumotlarni tizimlashtirish;
o`quvchilarni tinglash va fikrlarini e’tiborga olish.
Qiyinchiliklari
Barcha o`quvchilarni ham dars jarayoniga jalb qila olmaslik (ba’zan).
«Insert» metodi


Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadilar, guruhlar nomlanadi. O`qituvchi yangi mavzuni
e’lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so`raydi.
Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini
ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib
boriladi. Faoliyat yakunlangach, o`qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni
o`quvchilarga tarqatadi. So`ngra shunday topshiriq beriladi:

Yüklə 127,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə