Texnika falsafasi


Antik madaniyat: shakllanish jarayonining asosiy bosqich-lari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə24/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Antik madaniyat: shakllanish jarayonining asosiy bosqich-lari. Antik madaniyat – sivilizatsiya beshigi, zero falsafa, fan, san’at, oqilona fikrlash uslubi aynan shu yerda shakllangan. Yunon-larning yashash shakllari, ularning dahosi yangi zamon odamlarini hanuzgacha qiziqtiradi va qisman ilhomlantiradi. Antik madaniyatga bag‘ishlab minglab tadqiqotlar yaratilganiga qaramay, mazkur madaniyat tabiati va uning shakllanish yo‘llari haqida aniq tasavvur hanuzgacha mavjud emas.
Antik madaniyatga asosan ikki jarayon: inson dunyoqarashi inqirozi deb nomlash mumkin bo‘lgan hodisaga barham berishga urinishlar va jumboqlarga eltuvchi mulohazalar kashf etilishi tufayli yuzaga kelgan ong inqirozidan chiqish yo‘l ochgan bo‘lsa kerak. Qadimgi podsholiklar madaniyatining so‘nggi davrida (taxminan miloddan ming yil avval) yuzaga kelgan birinchi vaziyat qadimgi odam narigi dunyodagi hayotning kishini quvontirmaydigan istiqboli haqida qayg‘urishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Inson joni jasadni tark etgach, o‘liklar saltanatida qayg‘uli hayot kechirgan, aslida bu hayot emas, balki haqiqiy hayotning “soyasi” bo‘lgan. Bularning barchasi inson qattiq tushkunlikka tushishiga olib kelgan. Antik madaniyat-ning ilk davri lirikasida bunday pessimistik kayfiyatlarni aks ettiruvchi she’rlarga duch kelish mumkin.
Ammo pifagorchilar, keyinroq Platon inson qahramon kabi, qahramonona hayotga yaqin alohida hayot kechirib, “o‘z hayotini shodiyona tugatishi”, ya’ni o‘limni mahv etishi, umrboqiylikka erishishi mum-kin, deb hisoblagan. Donishmand (faylasuf)lar hayotining maqsadini ular aynan shundan iborat deb bilgan. Ammo umrboqiylikka erishish yo‘lida o‘ziga xos jasorat sodir etish: zohidlarcha hayot kechiribgina qolmasdan, balki tabiat, son va chizmalarni anglab yetish ham talab etilgan. Gap shundaki, pifagorchi va ilk faylasuflar donishmandlik urug‘larini izlab kelgan Sharq (Bobil va Misr)da kohinlar va mirzalar xudolar va ularning ishlari haqida so‘zlar ekanlar, o‘z hikoyalarini hisoblashlarni namoyish etish bilan to‘ldirganlar. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, yunonlar donishmandlikni o‘zlash-tirgan qadimgi podsholiklar madaniyatida xudolar hayoti va ularning ishlarini bilish hisoblashlarni amalga oshirish, chizmalar bilan ish ko‘rish va tabiat haqida oddiy bilimlar olish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Shu sababli umrboqiylikni ta’minlovchi hikmatlarni bilish hisoblashlar, son va chizmalar bilan uyg‘un, bularning barchasi jamuljam holda insonga o‘z hayotini shodiyona tugatish imkoniyatini beradi, degan tasavvur yunonlar ongiga muhrlangan.
Ikkinchi vaziyat yunonlar mulohazalarni kashf etishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Bizningcha, bu yerda ham Sharq ta’sirini kuzatish mum-kin. Ijtimoiy-madaniy nuqtai nazardan Qadimgi Yunonistonda falsafa va fanning shakllanishi ikki vazifa: boshqa xalqlar (misr-liklar, bobilliklar, forslar, finikiyaliklar)ning donishmandligini (eng avvalo, mifologik tasavvurlarini) o‘zlashtirish va bu donish-mandlikni yunonlarning o‘zlariga tushuntirish berish zaruriyati bilan belgilangan. Bu yerda quyidagi holatlarni e’tiborga olish lozim. Birinchidan, Misr yoki Bobil qadimgi madaniyatlari bilan taqqoslaganda, yunon madaniyati yosh va nisbatan noilmiy bo‘lgan. Shu sababli ilk yunon mutafakkirlari (Fales, Pifagor, Anaksimandr, Geraklit va boshqalar) Sharqdan donishmandlikni bajonidil, lekin o‘z tasavvurlaridan kelib chiqib o‘zlashtirganlar, ya’ni uni qayta anglab yetganlar. Ikkinchidan, erkparvar, savdogar va mustaqil xalq bo‘lgan yunonlar hatto o‘z hurmatli qabiladoshlarining so‘ziga ham ishonmaganlar. Ularni begona donishmandlikka og‘dirish, uning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillar keltirish, u haqqoniy ekanligini isbotlab berish talab etilgan. Boshqacha qilib aytganda, Sharq donishmandligini o‘z shaxsiy e’tiqodi sifatida ilgari suribgina qolmasdan, balki muayyan narsalarga tayangan holda bu donishmand-likni asoslab berish ham lozim bo‘lgan. Uchinchidan, qadimgi yunonlar ongida o‘z xudolari va qahramonlariga sig‘inish hamda savdo andoza-siga muvofiq bo‘lgan “tabiiy” munosabatlar (ekvivalent ayirbosh-lash, hisob-kitob, savdo bo‘yicha sherik yoki uchinchi shaxsga ayirbosh-lashning ekvivalentligini isbotlab berish va sh.k.)ga e’tiqod alohida ziddiyatlarsiz mavjud bo‘lgan.
Yuqorida zikr etilgan uch omil boshqa muayyan holatlar bilan jamuljam holda yunon madaniyatida “AV demak” tuzilishiga ega bo‘lgan voqelik haqidagi mulohazalar (“Hamma narsa suvdir”, “Hamma narsa olovdir”, “Hamma narsa atomlardan tarkib topadi”, “Inson o‘ladi”, “Hayvon nafas oladi” va sh.k.) yaratilishiga olib kelganini taxmin qilish mumkin. Xo‘sh, bu mulohazalar o‘zida nimani ifodalaydi? Bir tomondan, bular yunon mutafakkirlari tomonidan anglab yetilgan Sharq donishmandligi. Masalan, qadimgi bobillik-larning Okean (xudo) yer, baliqlar, odamlar, hayvonlar va hokazolar-ni yaratadi, degan fikrini Fales quyidagicha tushungan bo‘lishi mumkin. “Okean – bir vaqtning o‘zida ham xudo, ham suv, ya’ni donish-mandlik. Odamlar, baliqlar, yer, hayvonlar va hokazolar – inson o‘z ko‘zi bilan ko‘ruvchi, sezgilar yuzasida yotuvchi narsalar. Narsalar mohiyatiga nazar tashlasak, donishmandlikni “bilsak”, ko‘zga ko‘rina-digan bu narsalar o‘rnida suvni ko‘ramiz. Fales bu hikmatni o‘z qabiladoshlariga tushuntirar ekan, ham kohin, ham savdogar sifati-da ish ko‘rgan: u ilohiy asoslarga ham, ko‘z bilan ko‘rish va sezgi organlari bilan his etish mumkin bo‘lgan narsalar va suv, ilohiy asos ayni bir narsa (teng ayirboshlash nuqtai nazaridan) ekanligiga ham ishora qilgan. Fales “Hamma narsa suvdir, chunki xudolarning o‘zlari Stiks suvlarini o‘rtaga qo‘yib ont ichadilar”, degan7.
AV demak” qabilidagi iboralarda yunoncha tafakkur asos-lari – voqelikning ikki tomoni (amalda mavjud bo‘lgan narsani hamda ko‘rish va sezish mumkin bo‘lgan narsa)ni ajratish, mushohada yuritish, ikki predmet o‘rtasidagi ekvivalent munosabatlarni aniq-lashga qarab mo‘ljal olish namoyon bo‘ladi.
AV demak” qabilidagi iboralar yosh yunon madaniyatida juda qo‘l keldi. Madaniyatlararo (Bobil, Misr, Eron, Finikiya va hokazo-lar donishmandligini o‘zlashtirish) va madaniyat (Yunonistonda tur-li madaniyatli shahar-davlatlar mavjudligi) doirasidagi muloqot sharoitlarida bu iboralar yunonlarni qiziqtiruvchi turli xil tasav-vurlarni assimilyatsiya qilibgina qolmasdan, balki bunday assimilya-siyani psixologik jihatdan oqlash imkoniyatini ham bergan. Assimi-lyatsiya qilingan tasavvurlarni oqlash, asoslash tahlil qilinayotgan madaniy jarayonning zaruriy sharti sanalgan, chunki u turli xil ong va tasavvurlar muloqoti ta’sirida, tasavvur va ramziy vositalarni “ayirboshlash” negizida yuz bergan.
Bularning barchasi shunga olib keladiki, rang-barang tasavvur va ma’lumotlarni “A – V demak” qabilidagi iboralar “tili”ga o‘gira boshlaydilar. Birinchidan, fundamental mifologik tasavvur-lar assimiliyatsiya qilinadi va ushbu tilga o‘giriladi. Shu tariqa tabiatning tuzilishi haqidagi ilk tasavvurlar paydo bo‘ladi (“Hamma narsa suv”, “Hamma narsa yer”, “Hamma narsa olov”, “Hamma narsa atomlardan tarkib topgan”, “Hamma narsa o‘zgaradi”, “Hamma narsa o‘zgarmas, harakatsizdir” va sh.k.). Bunday fikrlar ikki xil borliq – mifologik borliq va amaliy (oqilona) borliq kesishgan joyda paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, “A – V demak” qabili-dagi iboralar tiliga modellarda aniqlangan predmetlar o‘rtasi-dagi o‘tishlar o‘giriladi (masalan, hisoblashlarda to‘g‘ri to‘rtburchak maydondan ikkita uchburchak maydonga, bir sondan boshqa sonlarga o‘tish va h.k.). Shu tariqa “to‘g‘ri to‘rtburchak ikkita uchburchakka teng”, “A son V songa teng” qabilidagi iboralar shakllanadi.
Ammo “AV demak” qabilidagi yangicha tasavvurlarning yana bir manbai mavjud bo‘lgan. Har qanday belgi kabi, “AV demak” murakkab belgili iborasi ham ikkilamchi predmetga aylanadi. Bunda muayyan holatda A va V predmetlari andozalar bilan solishtiriladi yoki model belgilar yoinki simvol belgilar bilan almashtiriladi; ushbu solishtirish va almashtirishlarning natijalari ifoda belgi-larida qayd etiladi. Masalan, “Hamma narsa suv” iborasida “suv” ikkilamchi predmet sifatida muhokama qilish va tavsiflash ob’ek-tiga aylanishi mumkin (“ho‘l”, “suyuq”, “shaffof” va h.k.). V predmet (“suv”) ayni vaqtda “AV demak” iborasiga ham kirgani bois, tegishli xususiyatlar (“ho‘l”, “suyuq”, “shaffof” va h.k.) “AV demak” iborasida ham ko‘riladi. Masalan, “Hamma narsa ho‘l”, “Hamma narsa shaffof”, “Hamma narsa suyuq” kabi fikrlar olinishi mumkin (bu yerda mazkur fikrlar kuzatilayotgan dalillarga muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligi muhokama qilinmaydi).
Ikkinchi holatda A va V predmetlari “AV demak” qabilidagi boshqa iboralarga kirishi mumkin. Masalan, “suv” ikkilamchi pred-meti “Suv – bu hayot” yoki “Qon-suv demak” qabilidagi iboralarga kirishi mumkin. Bu yerda ham V predmet ayni vaqtda “AV demak” boshlang‘ich iborasiga kirgani bois, unda tegishli xususiyatlar ko‘riladi (“Hamma narsa hayot”, “Hamma narsa qon”).
Ayni shu ikki holat vujudga kelayotgan yunon geometriyasida ham kuzatiladi. Masalan, geometrik shakllarda, bir tomondan, ob’ektlardagi kabi yangi ko‘rsatkichlar (masalan, AVS uchburchagiga AVD va DBC uchburchaklar, shuningdek, A va S burchaklar kiradi), boshqa tomondan esa – “AV demak” qabilidagi ma’lum iboralar (AVD uchburchak DBC uchburchakka teng) aniqlanadi. Bundan geometrik shakllarda “AV demak” qabilidagi yangi iboralar kelib chiqadi (AVD uchburchakning A burchagi DVS uchburchakning S burchagiga va AVS uchburchakning A burchagi ayni shu uchburchakning S burchagiga teng). Psixologik jihatdan yangi xossalar aynan “AV demak” qabilidagi predmet va iboralarda kuzatiladi, ayni hol murakkab faoliyat bilan belgilanadi (A va V ikkilamchi predmetlar belgilar bilan almashti-rilishi, bu predmetlar “AV demak” qabilidagi boshqa iboralarga kiritilishi, ushbu predmetlarning olingan yangi xususiyatlari “AV demak” qabilidagi boshlang‘ich iboralarga kiritilishi va h.k.).
Nisbatan qisqa vaqt ichida yunon madaniyatida “A – V demak” qabilidagi ko‘p sonli iboralar hosil bo‘ladi. Ularni turli mutafak-kirlar qisman turlicha maqsadlarda ilgari suradilar. Kimdir (Fales, Parmenid, Geraklit) dunyo qanday tuzilishga ega ekanligini tushunishga harakat qiladi. Kimdir (ilk sofistlar, donishmandlik va til o‘qituvchilari) “A – V demak” qabilidagi iboralar va ularni tuzish usullaridan amaliy maqsadlarda (sud amaliyotida, ta’lim berishda, xalq majlislarida bahs-munozara olib borishda) foydala-na boshlaydilar. Kimdir (“inson nutqda kuchli bo‘lishi”ga ko‘maklash-gan so‘nggi sofistlar) bu iboralardan bahslashish san’ati va o‘yinda foydalangan. Yana kimdir (so‘zning tor ma’nosidagi olimlar – pifa-gorchilar, geometrlar, optiklar va h.k.) “A – V demak” qabilidagi iboralardan ezoterik va qisman amaliy maqsadlarda foydalangan. Masalan, ilk pifagorchilar Misr va Bobildan o‘zlashtirgan son va maydonlarning rejalaridagi o‘tishlarni yangi tilda anglab yetgan-lar, so‘ngra olingan “A teng V ga” qabilidagi iboralarda (“A paral-lel V ga”, “A o‘xshash V ga” va h.k., bu yerda A va V – sonlar yoki shakl-lar) sonlar va geometrik shakllarning yangi xususiyatlari (munosa-batlari)ni ko‘ra boshlaganlar; shuning hisobiga ular “A teng V ga” qabilidagi iboralar zanjirini yaratishga muvaffaq bo‘lganlar.
Bu davrning madaniy vaziyatini ham e’tiborga olish lozim. Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi V asrda demokratik xalq boshqaruvi, shahar-davlatlar o‘rtasidagi bahslar, aholi turli qatlamlari manfaatlarining to‘qnashuvi sharoitlarida bahs-muno-zara olib borish, o‘z fikriga boshqalarni ishontira olish, narsalarda ularning xususiyatlarini ko‘rish, “AV demak” qabilidagi yangi iboralarni tuzish ko‘nikmasi ulkan ahamiyat kasb etgan. Umuman olganda, ayrim odam va aholi guruhlarining farovonligi hamda hayoti ayni ko‘nikma va qobiliyatlarga bog‘liq bo‘lgan. Turli tasavvur-lar sohasida kuchli raqobat yuzaga kelgan; ular tinch-totuv mavjud bo‘la olmaganlar, har bir mutafakkir va uning ortida turgan “maktab” o‘z haqiqatini himoya qilgan, o‘z tasavvurlari to‘g‘ri, boshqa barcha tasavvurlar esa noto‘g‘ri ekanligini isbotlashga harakat qil-gan. Boshqa maktablar bilan bunday kuchli raqobatga Parmenid, Zenon, Suqrot va Platon faoliyati misol bo‘lishi mumkin.
Mazkur mutafakkirlar qarama-qarshilik (antinomiya)lar yara-tish jarayonini doimiy ishlatiladigan ongli usul (metod)ga aylan-tirganlar. Stixiyali qarama-qarshiliklar bundan oldin ham yuzaga kelgan, “AV demak” qabilidagi iboralarni tuzish amaliyotining o‘zi shunga yo‘l ochib bergan. Ular ikki yoqlama – kommunikativ (tushunishni ta’minlash) va operativ (A va V predmetlarini opera-tiv ma’noda bir-biri bilan bog‘lash) tabiatga ega bo‘lganlar. Qarama-qarshiliklarning bir a’zosi amalda kuzatiladigan hodisalarni “AV demak” tilida talqin qilish natijasida olingan. Masalan, jism (narsa, sayyora, hayvon, quyosh va h.k.)larning harakatlanishini amalda kuzatish mumkin, shu tufayli ham “Hamma narsa harakatlanadi” degan iborani olish mumkin. Qarama-qarshilikning ikkinchi a’zosi, masalan, Sharq donishmandligini anglab yetish orqali olinishi mum-kin bo‘lgan. Chunonchi, “Hamma narsa suv (okean)” va “Okean harakat-siz” degan tasavvurlardan “Hamma narsa harakatsiz” (eng avvalo, kommunikativ tabiatga ega) degan fikrni olish mumkin bo‘lgan. Qarama-qarshiliklarni ongli ravishda tuzish boshqa maktablarning vakillari bilan bahslashayotgan mutafakkirlar rozi bo‘lmagan “AV demak” qabilidagi iboralarga shubha bildirish va ularni rad etish uchun imkoniyat yaratgan.
Bu davrda stixiyali yoki ongli tarzda olingan ko‘p sonli qarama-qarshiliklardan tashqari, boshqa muammolar ham yuzaga kelgan. Turli mutafakkir va maktablar ayni bir madaniy materialda “AV demak” qabilidagi iboralarning turli guruhlarini ta’riflaganlari bois, ularning qaysilari to‘g‘riroq (“haqiqiy”) degan savol tug‘ilgan. Boshqa bir muammo “AV demak” qabilidagi iboralarda yangicha xususiyatlarni kuzatgan sofistlar faoliyati tufayli yuzaga kelgan. Kuzatish qoidalari mavjud bo‘lmagani bois, “AV demak” qabilidagi turli-tuman iboralarni ta’riflash, bunda A va V pred-metlar haqida hatto aqlga sig‘maydigan (haqiqiy, soxta, shubhali, tushunarli, tushunarsiz va h.k.) fikrlarni ham ilgari surish mumkin bo‘lgan.
Ayni shu davrda naturfalsafiy bilim (tom ma’nodagi bilim) ham shakllangan. Mazkur bilimni ilohiy yoki amaliy fikrlardan ajratish lozim. Bilim – bu “AV demak” iborasidagi A elementga qaratilgan, uni tavsiflovchi V element. Tegishli ravishda, A element ham yangicha ma’no kasb etadi, u bilimni tavsiflaydi. Bilim haqida tasavvurning shakllanishi – ilmiy tafakkurning shakllanishini belgilovchi o‘ta muhim omil. Odatda, inson hamisha bilim bilan ish ko‘rgan, bilim olgan, deb hisoblanadi. Bizningcha, bu yanglish fikr. Bilim haqida tasavvur faqat antik madaniyatda, “A – V demak” qabilidagi iboralarning ishlatilishi munosabati bilan shakllan-gan. Ushbu iboralarni tushunish, V a’zo A predmetni tavsiflashiga urg‘u berish va buni isbotlash mazkur funksiya (Ani V orqali tavsiflash)ning o‘zini ajratish, qayd etishni talab qiladi. Bunday qayd etishning zaruriy sharti – bilim ob’ekti haqidagi tasavvurni ham shakllantirish.
Ammo bu davrda bilim donishmandlik sifatida ham tushunil-gan. Yunonlar bilimdon kishilarni donishmand deb, donishmand-larni esa bilimdon kishilar deb ataganlar. Donishmandga xudolar yo‘l ko‘rsatadi, shu tufayli ham u hamma narsaning asl mohiyatini biladi. U o‘z shaxsiy fikrini bildirmaydi, balki haqiqatni ko‘rsa-tadi. Donishmandlik sifatida tushunilgan bilim “AV demak” qabilidagi iboralar borlig‘igagina emas, balki boshqa borliq shakl-lanayotgan tafakkur borlig‘iga ham kiradi. Fikr yoki poetik jazava-dan farqli o‘laroq, tafakkur – ilohiy aql bilan ish ko‘radigan, unga quloq soladigan (Geraklit ilohiy Logosga, Suqrot esa o‘z ilohiy ovoziga quloq solganidek) mushohada va mulohaza yuritish.
Shu davrdan boshlab tom ma’nodagi ilmiy tafakkur ham, ayrim fanlar ham shakllanadi. Tafakkur haqidagi yangicha tasavvur va qoidalar ilgari olingan (empirik) bilimlar (shumercha-bobilcha jmatematikaning qayta anglab yetilgan bilimlari, ilk antik fanning geometrik bilimlari va h.k.)ga tatbiq etiladi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə