Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə26/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnika haqida tasavvur. Avvalambor, shuni qayd etish lozimki, antik “texne” tasavvurimizdagi texnika emas, balki qo‘lda yasalgan barcha narsalar (harbiy texnika, o‘yinchoqlar, modellar, hunarmandchilik buyumlari, rassomlarning asarlari va h.k.). Eski diniy-mifologik an’anaga muvofiq, narsalarni yasash odamlar va xudolarning birgalikdagi amali sifatida tushunilgan, bunda narsa-lar o‘z mohiyatini aynan ilohiy kuch-g‘ayrat va aqldan olgan. Yangi ilmiy-falsafiy an’anada narsalar yasash nima ekanligini anglab yetish talab qilingan, chunki bu jarayonda xudolar ishtirok etmagan. Hunarmand va rassomlar ishini faylasuflar har kuni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, lekin oddiy inson uchun oydek ravshan bo‘lib tuyulgan ish falsafiy tushunish nuqtai nazaridan ancha mush-kul muammo sanalgan. Buning asosiy sababi shundaki, antik falsafa, eng avvalo, fanni (aristotelcha episteme – ishonchli bilimni) o‘z tahlili predmetiga aylantirgan. Antik “asoslar” va “sabablar” voqelik modellari emas, balki ishonchli (ilmiy) bilimni yaratish me’yor va usullari hisoblangan. Tegishli ravishda, butun dunyoni (shu jumladan, narsalarni yaratish jarayonini ham) bilim, bilish va fan nuqtai nazaridan tushuntirish talab etilgan. Platon ijodida qiziqarli bir mulohazaga duch kelish mumkin9. U uch kurs mavjud deb hisoblaydi: birinchisi – kursini xudo yaratgan g‘oyasi (“ilk obrazi”); ikkinchisi – ushbu g‘oyaning nusxasi hunarmand yasagan kursi; uchinchisi – nusxaning nusxasi, ya’ni kursining musavvir chizgan rasmi. Bizning madaniyatimiz uchun asosiy borliq hunarmand yasagan kursi bo‘lsa, Platon uchun bunday borliq kursi g‘oyasidir. Qolgan antik faylasuf-lar uchun ham amalda mavjud narsalar o‘z-o‘zicha emas, balki “asoslar” va “sabablar”ning gavdalantirilgan ifodalari sifatida amal qila-di. Shu tufayli ham hunarmand (musavvir) narsalarni yaratmagan (bu xudoning ishi sanalgan), balki material va o‘z san’atida tabiatan mavjud bo‘lgan narsanigina aniqlagan. Bunda tabiatning o‘zi yangi davrdagidan o‘zgacha tasavvur qilingan.
“Tabiat ma’lum asos va o‘zi tasodif tufayli emas, balki o‘z-o‘zidan, birlamchi tarzda xos bo‘lgan narsa va hodisalar uchun harakat hamda osoyishtalik sababidir”10, deydi Aristotel. Tabiat deganda, inson ta’siri tufayli emas, balki o‘z-o‘zidan yuz beruvchi o‘zgarish (yangi davr mutafakkirlarining ta’biri bilan aytganda, “tabiiy o‘zgarishlar”) va harakatlarni tushuntirish imkoniyatini beruvchi borliq tushuniladi. O‘z-o‘zidan yuz beruvchi o‘zgarishlar manbai faqat xudo bo‘lishi mumkin bo‘lgani bois, tabiat bir vaqtning o‘zida ham jonli, ham organik, ham ilohiy yaxlitlik sifatida idrok etiladi. Masalan, Aristotelning tasavvurida Osmon – ham osmon, ham barcha o‘zgarish va harakatlar manbai, ham birinchi harakatlantiruvchi kuch, barcha o‘zgarishlar sababi, shuningdek, o‘z-o‘zini kuzatuvchi (mulohaza yurituvchi) ilohiy mavjudot sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zi yaratgan metod – mulohaza asoslarini (borliq turlarini) aniqlash va ushbu asoslar ierarxiyasini belgilashga tayanib, Aristotel inson kuzatuv-chi barcha harakat va o‘zgarishlarning eng birinchi asosi va manbaini izlaydi. Ayni shunday asosni u “tabiat” deb ataydi. O‘z-o‘zidan hara-katni Aristotel mavjud emas deb hisoblagani, lekin doim harakat-lanuvchi va harakatlantiriluvchi narsalarni farqlagani bois, u harakatsiz “birinchi harakatlantiruvchi kuch” mavjud degan xulosaga keladi: “birinchi kuch sifatida harakatlantiruvchi qandaydir abadiy kuch mavjud bo‘lishi... va harakatsiz birinchi harakatlantiruvchi kuch mavjud bo‘lishi lozim”11. Fikrini davom ettirar ekan, Aristotel tabiatda harakat hamisha mavjud bo‘lganiga havola qilib, quyidagi qoidani isbotlaydi: “birinchi harakatlantiruvchi kuch abadiy hara-kat va cheksiz vaqtni boshqaradi. Binobarin, u bo‘linmas va tarkibiy qismlarga ham, biron-bir kattalikka ham ega emas”12. Xo‘sh, amalda nima barcha harakatlar va o‘zgarishlar manbai bo‘lishi, harakatsiz bo‘lishi, tarkibiy qismlarga ham, kattalikka ham ega bo‘lmasligi, abadiy harakat va cheksiz vaqtni boshqarishi mumkin? Bu savolga Aristotel kutilmagan va ajabtovur javobni beradi: birinchi hara-katlantiruvchi kuch – ilohiy aql, borlig‘i “tafakkur haqida fikr-lash”, ya’ni refleksiya bo‘lgan faol tirik mavjudot13. Shunday qilib, Aristotelga ko‘ra, tabiat –harakatning birinchi asosi va ilohiy aql. Barcha narsalarning ilk obrazlari (g‘oyalari, mohiyatlari)ni tabiatga aynan xudo joylashtirgan. Inson ilm bilan shug‘ullanish jarayonida narsalarning “asoslari” va “sabablari”ni, ya’ni ularning ilk obraz-larini aniqlagan, shundan keyingina tegishli narsalarni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Platon fikriga ko‘ra, inson muayyan narsani uning g‘oyasiga taqlidan yaratadi, bu g‘oyani esa Bunyodkorning o‘zi yaratgan. Aslida umrboqiylikka erishishgina qadrli, bu esa falsafa va fan bilan yashashni nazarda tutadi. To‘g‘ri vazifani yechish olijanob ish hisobla-nadi, chunki u insonni haqiqiy borliqqa yaqinlashtiradi, teskari vazifani yechish esa tuban ish, zero u insonni mazkur borliqdan uzoq-lashtiradi. Antik mutafakkirlarning tasavvurlarida ikki yoqlama-lik ziddiyatlilikka duch kelish mumkin. Bir tomondan, ular ilmiy bilimlar (ayniqsa, arifmetika va geometriya)ning amaliyot va texni-ka (san’at) uchun ahamiyatini inkor etmaganlar. “Lagerlar qurish, joylarni egallash, qo‘shinlarni joylashtirish va boshqa turli har-biy tadbirlarni amalga oshirish chog‘ida, jang vaqtida ham, yurish-larda ham geometriya bilimdoni va undan bexabar odam o‘rtasidagi farq, albatta, seziladi”, – deb yozadi Platon. Boshqa tomondan esa, bu ahamiyat ilohiy aqlni sof kuzatish sifatidagi ilmiy bilimning ahamiyati bilan tenglasha olmaydi. O‘z fikrini davom ettirar ekan, Platon unga aniqlik kiritadi: “Ammo buning uchun geometriya va sanoqning kichik bir qismi kifoya qilgan bo‘lur edi. Biroq uning keng qo‘llaniladigan asosiy qismiga e’tibor qaratish lozim: u biz-ning maqsadimizga qaratilganmi, ilohiy aqlni kuzatishda bizga yordam beradimi?”14.
Aristotel esa quyidagicha mulohaza yuritadi. U “Metafizika” asarida “tajribali”, lekin fandan bexabar bo‘lgan odamlarni ham tajribali, ham fan bilan tanish odamlar bilan solishtirar ekan, shunday deb yozadi: “Faoliyatga nisbatan tajriba san’atdan sira farq qilmasa kerak, aksincha, biz tajribaga muvofiq ish ko‘ruvchi odamlar hatto umumiy tasavvurga ega, lekin tajribasiz kishilarga qaraganda ko‘proq muvaffaqiyatga erishishlarining guvohi bo‘lamiz... Shu tufay-li ham umumiy tasavvurga ega bo‘lgani holda, tajribasiz bo‘lgan odam... ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadi... Ammo shunga qaramay, biz bilim va tasavvurni tajribadan ko‘ra ko‘proq san’atga tegishli deb hisoblay-miz va san’at kishilarini oqillik jihatidan tajriba kishilaridan ustun qo‘yamiz, zero har kimda oqillik bilim darajasiga qarab kamroq yoki ko‘proq bo‘ladi: gap shundaki, kimdir sababni biladi, kimdir esa bilmaydi”15. Bu yerda ilgari surilgan nuqtai nazar ikki yoqlama xususiyatga ega: bir tomondan, fan bilan qurollangan (sabab-larni biladigan) “san’at kishilari”, ya’ni texniklar sof tajriba kishilariga qaraganda samaraliroq ish ko‘rishlari lozim, boshqa tomondan esa – ular tajribali kishilarga qaraganda ko‘proq yanglishadilar.
Ammo bu nuqtai nazarning o‘z mantiqi bor. Antik mutafakkir-lar nuqtai nazaridan texnik harakat tabiiy hodisa – narsa yaratuvchi o‘zgartirishdir. Ammo o‘zgarish jarayoni ham, narsa ham fan o‘rganuv-chi g‘oya yoki mohiyatlarga mansub emas. Platon fikriga ko‘ra, texnik harakat doirasida yuz beruvchi o‘zgarish (paydo bo‘lish) borliq emas, narsalar esa g‘oyalar emas, balki g‘oyalarning nusxalaridir. Aristo-tel fikriga ko‘ra, ham borliq va narsalar o‘zaro muvofiq kelmaydi, o‘zgarish esa “ehtimol tutilgan borliqdan haqiqiy borliqqa o‘tish”dir. So‘nggi holda o‘zgarish ongli talqin kasb etadi, eng muhi-mi – faoliyat haqidagi tasavvur bilan yaqinlashadi.
Aristotel Platonning g‘oyalar konsepsiyasini inkor etgan bo‘lsa-da, narsalar yaratish jarayonida bilish va bilimlar, ayniqsa, muhim rol o‘ynashi haqidagi farazdan kelib chiqib, mazkur jarayon-ning mohiyatini aniqlashga harakat qilgan. U bilish va fikrlash bilimlarda harakatlanish, mulohaza yuritish – oxirgi bo‘g‘inni topish, amaliy ish esa, aksincha, oxirgi bo‘g‘indan boshlab, bundan oldingi mulohazada olingan bilim va munosabatlarga tayangan holda harakatlanish, deb hisoblagan. Aristotel fikriga ko‘ra, bu narsani yaratish jarayonidir.
Garchi Aristotel tabiiy o‘zgarish va narsalarni yaratish jarayonlarini ajratgan, hatto “tabiat” tushunchasini muomalaga kiritgan bo‘lsa-da, u bilimning amaliy harakatga model sifatida muvofiqligi “tabiat” tushunchasi bilan biron-bir tarzda bog‘liq ekanligini tushuna olmagan. Bu tabiiy hol, zero antik davrda tabiat va tabiiylik haqidagi tasavvur yangi davr madaniyatidagi shunday tasavvurdan ancha farq qilgan. Lo‘nda qilib aytganda, tabiiylik sun’iylikka qarama-qarshi qo‘yilgan. Tabiat borliq turlaridan biri sifatida, aniqroq aytganda, “o‘zgarishlari o‘z-o‘zida zohir bo‘lgan asos” sifatida tushunilgan. U tabiat qonunlari, kuch va energiyalari manbai sifatida, muhandislik harakatining zaruriy sharti sifati-da qaralmagan. Borliq asoslari ierarxiyasida tabiat (o‘zgarishlar, harakat, o‘z-o‘zidan harakat manbai sifatida) muhim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, lekin bu rol birinchi darajali ahamiyat kasb etmagan. Harakat va bilimning aloqasini aniqlar ekan, Aristotel tabiat-ning tuzilishiga emas, balki faoliyatning mohiyatiga qarab mo‘ljal olgan. Natijada antik davrda olingan bilimlar va ulardan foydala-nish usullari, Aristotelga ko‘ra, ayrim hollardagina mo‘ljallangan, ijobiy samara bergan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Aristotelning buyuk kashfiyotini ayrim, o‘ta iste’dodli muhandis-olimlargina, masalan, Evdoks, Arxit, Arximed, Gipparx samarali o‘zlashtirish va undan (ayrim sohalardagina) foydalanishga muvaffaq bo‘lganlar. (Boz ustiga ularning ko‘pchiligi Platonning texnika bilan shug‘ulla-nish g‘oyalari osmondan uzoqlashtirib, umrboqiylik sari yo‘lni qiyinlashtiradi, degan o‘gitini doim yodda saqlagan.) Antik texnik-larning aksariyati esa eskicha usulda, ya’ni ko‘rsatma tarzida ish ko‘rgan, ularning ko‘pchiligi o‘z faoliyatida falsafaga emas, balki magik risolalarga tayangan, ularda amaliy faoliyatga ruhlantiruvchi tamoyillarni topgan (masalan, “bir stixiya boshqa stixiyani boshqa-radi”, “bir stixiya boshqa stixiyani mag‘lub etadi”, “dondan don, insondan inson yaralganidek, oltin ham oltin keltiradi” kabi)16.
Kelib chiqishiga ko‘ra bu tamoyillar mifologik tabiatga ega bo‘lgan (arxaik madaniyatdan o‘zlashtirilgan), lekin antik davr va o‘rta asrlar madaniyatida ularga yanada ilmiyroq (tabiiyroq) yoki oqi-lona (retsepturaviy) tus berilgan. Shu tufayli ham bu yerda gap ruh yoki xudolar va ularning o‘zaro munosabatlari haqida emas, balki stixiyalar, ularning o‘xshashligi yoki antipatiyalari, tabiiy o‘zgarish-lar haqida boradi17. Mazkur yo‘lga kirgan texniklar bilim va harakat (borliq)ning yagonaligi tamoyiliga ham qisman qaytadilar. Ular-ning ko‘rsatmalarida real texnologik harakatlar va magik marosim tadbirlarining tavsiflari qarama-qarshiliklarsiz (ularning ongi uchun) birikadi. Magik formulalar amaliy (texnologik) harakatlar uchun nazariy asos beradi, amaliy harakatlar magik borliqni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ammo antik madaniyatda hunarmandlardan sira farq qilmagan texniklardan tashqari, oz sonli texnik olimlar (bo‘lg‘usi muhandis va tabiatshunos olimlarning muboshirlari) ham ish ko‘rganlar. Yevdoks, Arxit, Arximed, Gipparx, Ptolemey fan va tajriba, donish-mandlik va san’at (texnika) haqidagi falsafiy mulohazalarni teran tushunibgina qolmasdan, balki ayrim falsafiy g‘oyalardan o‘z ijod-larida ham foydalanganlar. Zero, Platon va Aristotel g‘oyalar (mohiyatlar) va narsalarning, binobarin, fan va tajribaning ham aloqasini aniqlagan. Ammo bu aloqaning texnikada amalga oshirili-shi qayd etilmagan. Masalan, Platon geometrik chizmalarni g‘oya va narsalar oralig‘iga, “geometrik maydon” sohasiga joylashtiradi. Aristotel ham geometrik chizmalar (va sonlar)ni mohiyatlar sifatida ham, narsalar sifatida ham idrok etmaydi: u ularga xayoliy konstruksiyalar, narsalardan ajratib olingan muayyan xossalar sifatida yondashadi. Ushbu xossalar bilan ularga mustaqil mohiyatlar sifatida qarab ish ko‘radi, so‘ngra bu qanday natijalarga olib kelganini kuzatadilar18.
Bunday falsafiy mulohazalar real ob’ektlarni matematik ob’ektlar sifatida qayta tasavvur qilish (ya’ni, real ob’ektlarni matematik ontologiyada tavsiflash) imkoniyatini ta’minlagan, deb faraz qilish mumkin.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə